www.qmii.uz/e-lib
5
fandan amaliy mashgulotlarda mavjud xujjatlarni turli ishlab chiqarish (xizmat
kursatish) xolatlari uchun qoidalar va tartiblarini urganadilar.
1-Mavzu. XUJJATCHILIKNING RIVOJLANISHI
1.XUJJATLARNING PAYDO BULISHI VA TARIXI
Kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a‘zolari uzaro
munosabatlaridagi muayyan muxim xolatlarni muntazam va qat‘iy qayd etib berishga
extiyoj sezganlar. Ana shu extiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy xujjatlar
vujudga kelgan.
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillaridagi shoxi Xammurapining
adolatpesha qonunlar majmui, undan xam qadimdanoq shox Ur-Nammu (miloddan
avvalgi 2112-2094 yillar) ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi
“xujjatlar” deb ataladigan targ’ibot vositalarining nechogliq olis va murakkab tarixga
ega ekanligini kursatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy
tuzilmalarning almashina borishi, aniqrogi, kishilar orasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi barobarida xujjatlar xam takomillashib
borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida urxun-enesey, sugd, eski
uygur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda kuplab xujjatlar, umuman yozma
manbalar ma‘lum.
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma,
qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin xujjatlar nisbatan keng tarqalgan.
Yorliqlar mazmunan xilma-xil bulgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash
va xokazo. Bu urinda Tuxtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yagayloga
yullagan yorligi, Temur Qutluqning 1397-yildagi yorligi, Boburning otasi Umarshayx
Mirzoning margilonlik Mir Sayid Axmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorligi,
Toshkent xoqimi Yunusxujaning 1797 yil 2-iyunda Peterburgga-Rossiya podshosiga
uz elchilari orqali yuborgan yorligi va boshqalarni eslab utish mumkin.
Mazkur davr yorliqlarida uziga xos lisoniy qolip shakllangan, yorliqlar matn
jixatidan an‘anaviy tarkibiy qismlarga ega bulgan. Masalan, eslab utilgan
www.qmii.uz/e-lib
6
yorliqlarning birinchisi -“Tuxtamish suzim Yagaylaga “ deb, ikkinchisi -“Temur
Qutluq suzum “ deb, uchinchisi esa - “Sulton Umarshayx Baxodur suzim “ deb
boshlangan. Bayonda xam muayyan qolip bor, shuningdek, albatta, yorliq raqam
qilingan sana va joy kursatilgan.
XIX asrda Quqon xonligidagi keng tarqalgan xujjatlardan biri “patta “ lardir.
Pattada ma‘lum kishiga muayyan miqdordagi pul, maxsulot, don yoki boshqa
narsalarni berish lozimligi xaqidagi ma‘lumot aks ettirilgan. Patta matnlarida xam
uziga xos doimiy tarkib va muayyan nutqiy qolip turgunlashgan. Umuman, utmish
xujjatlaridagi muayyan turgun tarkib va nutqiy qolip uzbek xujjatchiligi uzok tarixiy
tajriba va tadrijiy takomil maxsuli ekanligining dalilidir.
Uzbekiston Respublikasida xam xujjatlarni rivojlanishiga yetarli e‘tibor
berilmoqda. Uzbekiston jumxuriyatining inqilobiy kumitasi 1924 yilning 31
dekabrida 48-raqamli muxim bir qaror qabul qildi. Bu qarorning nomi quyidagi cha
ifodalangan: “ Ishlarni uzbek tilida yurgizish xam Uzbekiston jumxuriyatining
inqilobiy kumitasi xuzurida markaziy yerlashtirish xay‘ati va maxallalarida muzofot
yerlashtirish xay‘atlari tuzilish(i) tugrisida “. Ushbu qaror, unda ta‘kidlanishina,
shuro idoralarining ishlarini maxaliy xalkka yakinlashtirish va ishchi-dexkonlarni
shuro tuzilish ishiga aralashtirish maqsadi bilan qabul qilingan.
Bu qarorni joriy qilish yuzasidan, tabiiyki, muayyan ishlar amalga oshirila
boshladi, xususan maxsus ish qogozlari tayyorlandi. Lekin 1930-yillarning ikkinchi
yarmidan boshlab uzbek tiliga bulgan e‘tibor rasman susayib borgan. Usha
murakkab tarixiy jarayon, xalqlarning milliy uzliklarini anglashlaridan xoqimiyatning
daxshatli darajadagi qurquvi, bu qurquv xukumron bulgan qatagon davrining achchiq
samarasi bugun xech kimga sir emas.
Aytish lozimki, yaqin utmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi xujjatlar
uzbek tilida yozilgan. Ammo bu xujjatlarning tilini sof uzbekcha deb aytish ancha
qiyin. Yaqin-yaqinlargacha “ Berildi ushbu spravkani falonchievga shul xaqdakim,
xaqiqatdan xam bu urtoq shul joyda yashab turadi“ qabilidagi 20-yillarda rus tilidan
andoza olish tufayli shamoyilga ma‘lumotnomalar yozib kelindi. Umuman, uzbek
xujjatchiligining boy va uzoq tariximizning ilk bosqichlaridan ibtido olgan an‘anasi
www.qmii.uz/e-lib
7
mavjud bulsa-da, Oktyabr inqilobidan keyin jumxuriyatimizda xujjatchilik bevosita
uzbek tili negizida rivojlantirilmadi. Bu soxadagi asosiy yunalish nusxa kuchirishdan
iborat bulib qoldi. Ana shuning va boshqa bir qancha omillarning oqibati natijasida
uzbek tilining rasmiy ish uslubi deyarli takomil topmadi. Uzbek tiliga davlat maqomi
berilgan bugungi kunda uzbek tilida mukammal xujjatchilikni yaratish eng dolzarb
vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: