MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
PO’LAT QIRG’IZBAYEVICH HABIBULLAYEV NOMIDAGI FIZIKA FAKULTETI
5140200 – FIZIKA YO’NALISHI
3 – BOSQICH 1908 GURUH TALABASI
AKBAROB ABBOSBEK SHAHOBIDDIN O’G’LINING
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI fanidan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:
“OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA PROFESSOR-O’QITUVCHILAR, XODIMLAR VA TALABALAR MEHNAT SHAROITI XAVFSIZLIGINI OSHIRISH”
Reja:
Hayot faoliyati xavfsizligi haqida umumiy
Xavf va xavfsizlik
Mehnat muhofazasi sharoiti
Ish jarayonida yuzaga keladigan kasb kasalliklari baxtsiz hodisalar, qonunlar
Mehnat jarayonidagi inson organizmiga zararlar
Mehnat jarayonidagi zararlardan himoyalanish chora tadbirlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O‘zbekiston Respublikasi MDH davlatlarida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida qat’iy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ayniqsa “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning amalga kiritilishi yangi bosqichni boshlab berdi. Natijada ta’lim tizimi va mazmun - mohiyati bozor munosabatlari sharoitidan kelib chiqib takomillashtirildi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o‘zi taqozo etadi. Respublikada ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va tarbiya berish tizimi islohotlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat talablari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog‘lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana shu maqsadga erishish uchun Prezidentimiz rahnamoligida yangi davrda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko‘rsatadigan, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishning mezonini va rivojlanishini belgilovchi “Harakatlar strategiyasi” hayotga tatbiq etilmoqda.
Xavf va xavfsizlik
Xavfsizlik – ma’lum darajada xavf tug‘ilishi bartaraf etilgan faoliyat holatidir. Faoliyat bilan barcha shug‘ullanadi Shuning uchun xavfsizlik hamma tirik insonlarga turli munosabatda bo‘ladi.
Bilim sohasida mehnat muhofazasini nisbatan mustaqil deb tan olgan holda, faoliyatning har xil turlari va inson yashaydigan sohalarning yaqin aloqada bo‘lishiga e’tibor berish kerak.
Faoliyat va mehnatning shakllari xilma-xildir. Ular turmushda, jamiyatda, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va boshqa hayot sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma’naviy jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin, ya’ni bir-biri bilan to‘g‘ri va qayta aloqada bo‘ladigan inson va muhit elementlaridir. Qaytma aloqalar moddiy dunyo reaktivligining umumiy qonunlariga asoslangan bo‘lib, “inson-muhit” tizimi ikki maqsadlidir. Bitta maqsad ma’lum samaradorlikka erishishdan tashkil topsa, ikkinchisi-ko‘ngilsiz oqibatlarni bartaraf qilishdan iboratdir.
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyat ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzod har doim o‘zining xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong‘inlar, avariyalar va talafotlardan ulkan zarar ko‘rib kelmoqda.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda HFX muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi va xalq xo‘jaligining faoliyati xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo‘shadi.
Xavf - hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo‘lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog‘lig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita, ma’lum 7 sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya’ni ko‘ngilsiz oqibatlarni olib keladi.
Tahlilning maqsadiga ko‘ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta’rif mavjud bo‘lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o‘ziga tortuvchi, hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
Xavf energiyaga ega bo‘lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o‘zida joylashtirgan hamma tizimlarni hamda ishning hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarini o‘zida saqlaydi.
Identiflkatsiya jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muhim bo‘lgan xavflar nomenklaturasi va ularning paydo bo‘lish ehtimolligi, joyini yakkalash, ko‘zda tutilgan zarar va shunga o‘xshash o‘lchamlar aniqlanadi.
Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyatlar to‘plamini xarakterlaydi, unga ko‘ra xavflar paydo bo‘ladi, u yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi.
Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil og‘irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof-muhitga keltiradigan zarar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |