Radioaktiv modda va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan hamma korxonalarda radiatsiya xavfsizligi xizmati (RXX) radiatsion nazorat olib boradi.
Zararli nurlanishlardan himoyalanish.
Elektromagnit to‘lqinlarning ta’sirini oldini olish maqsadida sanitar qoidalar asosida nurlanishning ruxsat etilgan miqdorlari aniqlangan. VCH, UVCH va SVCH qurilmalaridan nurlanuvchi elektromagnit tebranishlar intensivligi (elektr maydonining kuchlanishi)-V/m.da, magnit maydonining kuchlanishi –A/m.da yoki mkVt/sm2 da o‘lchanadi.
Elektr maydonining kuchlanishini nazorat qilish PZ-1 asbobi yordamida amalga oshiriladi. Elektr maydonlaridan himoya qilish uchun turli xil ekranlashtiruvchi qurilmalar va maxsus kiyimlar ishlatiladi. Bunday qurilmalar 129 albatta yerga ulangan bo‘lishi va ularning yerga ulash qarshiligi 100 Om.dan katta bo‘lmasligi talab etiladi.
Yuqori chastotali (UVCH) qurilmalarda ishlovchilar har yili bir marta, o‘ta Yuqori chastotali (SVCH) qurilmalarda ishlovchilar har 6 oyda bir marta majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari SVCH qurilmalarida ishlovchilarga bir yilda ikki oy tanaffus beriladi.
Inson organizmining elektr tokiga qarshiligi.
Elektr tokidan shikastlanishda inson tanasining qarshiligi muhim rol o‘ynaydi. Inson organizmining elektr tokiga qarshiligi 1000 Om dan 100 000 Om gacha bo‘lib, u quyidagi omillarga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Elektr tokining inson organizmiga turli ta’sirlari
Inson tanasidan o‘tayotgan tok: termik, elektrolitik, biologik ta’sirini va mehanik jarohatlanish olishi mumkin.
Termik ta’sir - teri to‘qimasining hujayrasi qizishidan kuydirishigacha olib kelishi mumkin.
Elektrolitik ta’sir - organizmning suyuqliklari parchalanishi natijasida qonning va hujayralarning kimyoviy va fizik xususiyatlari o‘zgarilishi kuzatiladi.
Biologik ta’siri - tananing bioenergetik jarayoni buzilishi, ya’ni tirik hujayralarning to‘lqinlanishi va mushaklarning keskin qisqarishiga olib keladigan holat. Elektr tok bilan shikastlanishni ikki turini ko‘rsatish mumkin: elektr jarohat va elektr zarb.
Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak mehnat shaklini tashkil qilar ekanmiz, kundalik yoki doimiy holatlarda ish jarayonimizda ming bir xavf ostida ish olib boramiz va bunga majburmiz. Shunday ekan mehnat sharoiti xavfsizligini to’g’ri tashkil etish va uni kuzatib, o’rganib borish bizning doimiy va eng dolzarb ishimiz bo’lib hissoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. 2017.
2. Fundamentals of General Ecology, Life Safety and Environment Protection. Mark D Goldfein, Alexei V Ivanov, Nikolaj Kozhevnikov, V Kozhevnikov. NovaSciencePublishers, Inc. (April 25, 2013).
3. Mehnat muhofazasi maxsus kursi. /Darslik. Yuldashev O.R. – Т.: Tafakkur qanoti, 2015. 336 b.
4. Hayot faoliyati xavfsizligi./ Darslik. O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabbarova, O.T.Hasanova. – Т.: Tafakkur qanoti, 2014. 268 b.
5. Mehnatni muhofaza qilish./O‘quv qo‘llanma. A.A’zamov, T.Tursunov, Sh.Shomurotova, N.Lutfullayeva. – Тoshkent: Sano-standart, 2013.232 b.
6. Ishlab chiqarish texnomantiqiy jarayonlarining yong‘in xavfsizligi./ Darslik. Mansurxodjayev N.A.,Yoqubov U.A. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi Oliy texnik maktabi. – Тoshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2013.347 b.
7. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси.-Тошкент, 1992.
8. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат Кодекси.
9. “Меҳнатни муҳофаза қилиш тўғрисида”ги (янги таҳрири) Ўзбекистон Республикаси Қонуни. 2016 йил 22 сентябрь.
10. Ишлаб чиқаришдаги бахтсиз ҳодисаларни ва ходимлар саломатлигининг бошқа хил зарарланишини текшириш ва ҳисобга олиш тўғрисидаги Низом. Вазирлар Маҳкамасининг қарори № 286, 06.06.1997, –Т.: 1997.
11. Ишлаб чиқариш хоналари микроиқлимининг санитар-гигиеник нормативлари № 0324-16.
12. Иш жойларида рухсат этилган санитария нормалари №0325-16.
13. www.lex.uz - ЎзР Адлия вазирлиги сайти.
14. www.bilim.uz - ЎзР Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги сайти.
15. www.ffv.uz- ЎзР Фавқулодда вазиятлар вазирлиги сайти. 229
16. www.mintrud.uz – ЎзР Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги сайти.
17. https://www.healthandsafetyatwork.com/
18. www.healthyworkinglives.com/
19. www.safetyrisk.net/free_safety_ebooks.com/
Do'stlaringiz bilan baham: |