Nizomga ko‘ra, barcha baxtsiz hodisalar hamma vaqt hisobga olinib, maxsus jurnalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Mazkur nizomda:
1) guruh tarzidagi baxtsiz hodisalar haqida xabar berish;
2) ishlab chiqarishda ro‘y bergan baxtsiz hodisani ro‘yxatga olish tartibi;
3) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oqibatlari haqida ma’lumot berish;
4) baxtsiz hodisa haqidagi N-1 shaklidagi aktni to‘ldirish tartibi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa to‘g‘risida xabar berish sxemasi tasdiqlangan.
Bosh davlat texnika inspektori maxsus tekshiruv o‘tkazayotgan komissiyaning xulosasi bilan kelishmasa, zarur deb topgan hollarda, o‘zining xulosasini berishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlamoq lozimki, mehnat qonunchiligida baxtsiz hodisalar yuzasidan tuzilgan xulosalar xususida kelib chiqqan nizolarning qaysi organ tomonidan va qanday hal qilish tartibi belgilanmagan.
Ish beruvchi dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tmagan shaxslarning ishlashiga ruxsat bergani, shuningdek tibbiy ko‘rsatmalarga zid holda ishga qo‘ygani uchun javob beradi. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘tkazishda xodimning ishga yaroqliligi masalasi har bir alohida shaxsiy tarzda, tananing funkional holati, patomantiqiy jarayon xarakteri va qanday ifodalangani, yoshi, kasb tayyorgarligi, ish staji va mehnat sharoitlari hisobga olingan holda hal qilinadi. Kasbga yaroqlilik, salomatligiga qarab vaqtincha yoki doimiy boshqa ishga o‘tkazish haqidagi xulosa ish beruvchi tomonidan bajarilishi zarur.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganda kasb kasalliklari alomatlari aniqlansa, xodimlar tashxis va kasallikning kasbga aloqadorligini oydinlashtirish maqsadida maxsus tekshiruvga tegishli tibbiyot muassasalariga, jumladan sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tibbiyot oliy o‘quv klinikalariga yuboriladilar.
Kasb kasalligi klinikasida tekshiruv davri ichida tekshiriluvchiga kasallik varaqasi berilmasdan, amaldagi qonunchilikka binoan uning ish haqi saqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli buyrug‘i bilan kasb kasalliklarini xabar qilish, tekshirish, qayd qilish, va hisobga olish tartibi haqida Yo‘riqnoma ham tasdiqlangan. Mazkur yo‘riqnoma barcha davolash profilaktika muassasalari uchun zaruriy va asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida kasb kasalliklarini hisobga olish tizimi quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
– kasb kasalliklarini nazorat qiluvchi sanepidstansiyalarga zudlik bilan xabar qilish;
– kasb kasalliklari hodisalarining maxsus tekshiruvini o‘tkazish;
– zararli ishlab chiqarish omillarining odam salomatligiga ta’sirini bartaraf etish va ularning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar o‘tkazish;
– O‘zbekiston Respublikasi kasb kasalligiga chalinish holatini tahlil etish va kasb kasalliklarini profilaktika qilishning mukammal dasturlarini va nazorat etish usullarini amaliyotga joriy etish;
– aholi salomatligi haqidagi ma’lumotlarning umumiy tizimida ayrim xastaliklar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Xulosa, Mazkur yo‘riqnoma xodimlar va aholi orasida kasb kasalliklarini tekshirish, qayd qilish va hisobga olishning umumiy tartibini belgilab beradi.
Bugun O‘zbekiston hududida kasb kasalliklari hodisalari maxsus ravishda hisobga olinadi va tekshiriladi. Bu xastaliklar ro‘yxati yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Yuqorida eslatilgan Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan kasb kasalliklari ro‘yxatini qo‘llashga doir yo‘riqnoma ham tasdiqlangan.
Kasb kasalligiga tashxis qo‘yishda, bajariladigan ishlar yoki uning kasbga aloqadorligida, mehnat qobiliyatini aniqlash ekspertizasida, tibbiy va mehnat qobiliyatini tiklash masalalarini hal etishda, shuningdek xodimlar sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni korxonalar va tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan qoplashga aloqador masalalarni ko‘rib chiqishda ushbu ro‘yxat asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. Mazkur ro‘yxatga noxush ishlab chiqarish omillari (pnevmokneozlar, tebranish kasalligi, zaharlashnish va boshqalar) ta’sir ko‘rsatishi tufayli kelib chiqadigan kasb kasalliklari, shuningdek muayyan noxush ishlab chiqarish omili - kasb omili ta’sir ko‘rsatishiga aloqador ekanligi va organizmda huddi shunday o‘zgarishlar (bronxit, allergik kasalliklar, katarakta va boshqalar)ning rostmana ta’siri keltirib chiqargan boshqa xastaliklar kiritilgan. Mazkur xastalik kasbga aloqador ekanligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kasallik klinik kechishi shaklining tavsifi, ekomantiqiy omil va bajariladigan ishlar turi, mehnat staji, muayyan ishlab chiqarish sohasidagi aniq mehnat sanitariya-gigiyena sharoitlari hisobga olinishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli buyrug‘i bilan kasb kasalliklariga chalingan bemorlar dispanserizatsiyasini o‘tkazish tartibi haqida nizom tasdiqlangan (9-ilova). Mazkur Nizom bemorlarni amaliy sog‘lom va kasallanishga moyil no‘qsonlarni ambulatoriya-poliklinika muassasalarida dispanserizatsiya o‘tkazishning bir qismi hisoblanadi. Dispanser hisobiga kasb kasalliklari, jumladan, kasallikning boshlang‘ich va klinik belgilari ham ifodalangan (kam ifodalangan) shakllari bilan kasallangan bemorlarning dispanserizatsiyasi tizimida ularni mehnatga to‘g‘ri joylashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bemorlarning sog‘lig‘ini qayta tiklashning asosiy shartlaridan biridir.
Kasb kasalliklarining zo‘rayishi va asoratlarining oldini olish maqsadida kasb kasalliklari ifodalangan turi bilan kasallangan barcha bemorlar kasb kasalliklari klinikalarida har yili davolanadilar va ular butun umri davomida dispanser nazorati ostida bo‘lishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |