Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi
Umumiy havo almashtirish. Ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil zararli moddalarni shamol yo‘naltirish vositasi bilan birgalikda chiqarib yuborishning imkoniyati bo‘lmasa, yoki ajralib chiqayotgan moddalar texnomantiqiy jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan bo‘lsa, unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo‘llash imkoniyati yo‘qoladi.
Ana unday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko‘p ajralib chiqayotgan zonaga o‘rnatish kerak. Ishlab chiqarish zonalarida yig‘ilgan havodagi zararli moddalar shaxta va fonarlar, shuningdek havo almashtirish maqsadida o‘rnatilgan havo qabul qilish vositalari orqali chiqarib yuborilishi mumkin.
Sof havoni esa yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vositalarning biri yordamida amalga oshirish mumkin. Qanday yo‘l bilan xonaga sof havo berish va zararli moddalar yig‘ilgan havoni chiqarib yuborish usullari, zararli moddaning xona bo‘ylab tarqalish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan,agar sexda ko‘plab issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan mashina va mexanizmlar o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning sexda joylashish holatiga asosan shamollatish usullari belgilanadi. Bundan tashqari har xil zararli faktorlarga ega bo‘lgan jihozlarni sex bo‘ylab joylashtirish ham katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham sanoat korxonalari loyihalanayotgan vaqtda iqlim sharoitini, quyosh nurlarining tushish holatlari va sexdagi jihozlarni to‘g‘ri joylashtirish masalalari qoniqarli hal qilingan bo‘lsa, shamollatish vositalarini o‘rnatish ham shunchalik osonlashadi. Shamollatish vositalarini o‘rnatishda, shamollatish sxemasining iqtisodiy kamxarj bo‘lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf qilinadiganini tanlash zarur.
Titrashning inson organizmiga ta’siri va undan himoyalanish.
Titrash, insonga titrash bilan ishlovchi jihozlar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar bilan kontaktda bo‘lgan vaqtda ta’sir etadi. Titrashdan ko‘p holatlarda, ishlab chiqarish jarayonlarini intensifikatsiyalashda ham foydalaniladi, masalan, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning qarshiligini kamaytirishda, ish unumdorligini oshirishda, don tozalash mashinalari ish sifatini yaxshilashda va h.k. Shunga bog‘liq holda titrashlar transport, transport-texnomantiqiy va texnomantiqiy turlarga bo‘linadi.
Texnomantiqiy titrashlar qo‘zg‘almas mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarning ishlashi davrida hosil bo‘ladi. Insonning uzoq vaqtli titrash ta’sirida bo‘lishi ikki xil, ya’ni umumiy va mahaliy (lokal) kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Umumiy kasallanish doimiy titrash sharoitida 2-4 oy ishlagandan so‘ng boshlanadi. Bunda bosh og‘rig‘i, ko‘rishni susayishi, tana haroratining oshishi, oshqozon va yurak-tomir tizimida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Lokal ko‘rinishdagi kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim a’zolariga, masalan, qo‘l, oyoq va h.k. tasir etishi natijasida kelib chiqadi.
Bunday vaqtda nerv va suyak-bo‘g‘im tizimi ish faoliyati buziladi, arterial bosim oshadi, muskul kuchlari va insonning og‘irligi kamayadi hamda tomirlarning tortishishi kuzatiladi
Titrash kasalligini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar.
Titrash ta’sirini kamaytirishda yuqorida ko‘rsatilgan texnik tadbirlardan tashqari profilaktik tadbirlar ham qo‘llaniladi. Buning uchun titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlashga 18 yoshga to‘lmagan, tibbiy ko‘rikdan va yo‘riqnomadan o‘tmagan shaxslarga ruxsat etilmaydi.
Titrash bilan ishlovchi jihozlar ishlatiladigan xonaning harorati 160C dan kam bo‘lmasligi lozim. Agar bunday jihozlar tashqi muhitda 107 ishlatilsa, ish joyi yonida isitiladigan va harorati 220C dan kam bo‘lmagan dam olish xonalari bo‘lishi zarur.
Ishchi titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlaganda, har 1 soatda 10-15 minut tanaffus qilishi va jihoz bilan ishlashning umumiy vaqti ish smenasining 2/3 qismidan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bunda uzluksiz ishlash vaqti 15- 20 minutdan oshmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |