Mirzo ulug’bek nomidagi



Download 416,46 Kb.
bet4/8
Sana26.02.2022
Hajmi416,46 Kb.
#465368
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
akbarov abbosbek f 1908 hfx mi

6.Alohida mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy tanlovlar o‘tkazish.
Ish jarayonida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari, qonunlar
Avvalo shuni aytish lozimki, korxonalarning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug‘urta qilinishlari shart (“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunining 22- moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq, ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida tekshirish va hisobga olib borishi shart.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida” Nizom tasdiqlangan (kelgisida Nizom). O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shaklidagi korxona, muassasa, tashkilotlarda, shuningdek mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda xodimlar bilan ro‘y bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olib borish tartibi belgilab berilgan. Mazkur Nizom:
sud hukmiga binoan jazoni o‘tayotgan fuqarolarga ishlab chiqarishdagi ish davomida;
ish beruvchilarga;
pudrat va topshiriq shartnomalari bo‘yicha fuqarolik-huquqiy (kontraktlar) bitimlari asosida ish bajarayotgan shaxslarga;
tabiat hodisalari va texnogen xarakterdagi favqulodda hodisalarning oqibatlarini tugatishda ishtirok etayotgan shaxslarga;
yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga, basharti maxsus xalqaro shartnomalarda o‘zgacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni bajarish uchun korxonalarga ishlashga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek, muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslarga;
korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi, tekshirib ko‘riladi.
Nizomga muvofiq, korxona hududida hamda uning chegarasidan tashqarida mehnat vazifalarini bajarish vaqtida, shuningdek, ishlab chiqarish manfaatlarini ko‘zlab qilingan harakatlar natijasida yuz bergan hodisalar, korxona transportida ishga kelish va qaytish vaqtida yo‘lda, korxona hudidada (tanaffus vaqti ham shunga kiradi), shanbaliklarni o‘tkazish vaqtida, ishlab chiqarish obyektlarida yuz bergan avariyalar, vaxta usulida ish tashkil qilingan qishloq hudidida yoki smena tugagan, dam olish vaqtida, ish vaqtida o‘zining shaxsiy transportida, basharti bunga ish beruvchi tomonidan ruxsat berilgan bo‘lsa, yuz bergan hodisalar ish beruvchining topshirig‘i bo‘yicha transportda yoki yayov kelayotgan xodim bilan, shuningdek faoliyati xizmat ko‘rsatish obyektlari o‘rtasida qatnash bilan bog‘liq xodimlar bilan ish vaqtida yuz bergan, shanbaliklar vaqtida uning joyidan qat’iy nazar, otalikka olingan korxonalarga yordam ko‘rsatish vaqtida, o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda xodimga boshqa shaxs tomonidan ish vaqtida yetkazilgan tan jarohati va boshqalar baxtsiz hodisalar sanaladi.
Tabiiy o‘lim, o‘z-o‘zini o‘ldirish, jabrlanuvchi o‘z sog‘lig‘iga qasddan shikast yetkazganligi, shuningdek jabrlanuvchi jinoyat qilayotgan paytda olgan jarohatlar kabi hodisalar tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
Nizomga ko‘ra, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli xodim kamida bir kun mehnat qobiliyatini yo‘qotsa yoki uni tibbiy xulosaga muvofiq boshqa yengilroq ishga o‘tkazish zarurati kelib chiqsa, bunday baxtsiz hodisa N-1 shaklidagi akt bilan rasmiylashtiriladi.
Jabrlanuvchining talabiga binoan, tekshiruv tugagan kundan e’tiboran, uzog‘i bilan 3 kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to‘g‘risida dalolatnoma berishi shart (Mehnat kodeksining 222-moddasi).
Ish beruvchining buyrug‘iga asosan, ish beruvchining vakillari hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi xodimlaridan iborat tarkibda komissiya tuziladi. Komissiya 3 kun ichida tekshiruv o‘tkazib, uch nusxada akt tuziladi va bunda baxtsiz hodisaning kelib chiqish sababi, kimning aybi bilan ro‘y berganligi va uning oldini olish choralari ko‘rsatiladi. Akt ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi va jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, korxonadagi mehnat muhofazasi xizmati rahbariga (muhandis, mutaxassis), barcha tekshirish materiallari bilan davlat mehnat-texnika inspeksiyasiga yuboriladi.
Guruh tarzidagi (ikki va undan ortiq) xodimlar bilan ro‘y bergan baxtsiz hodisalar alohida tartibda tekshiriladi. Shuningdek, baxtsiz hodisa tufayli o‘lim sodir etilgan yoki nogironlik kelib chiqqan bo‘lsa, shunda alohida tekshiruv o‘tkaziladi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha davlat inspektori zarur hollarda: shikoyatga asosan, baxtsiz hodisa ochiq qolganda va boshqa sabablarga ko‘ra uning qachon sodir bo‘lgan vaqtidan qat’iy nazar, mustaqil ravishda tekshiruv o‘tkazilishi mumkin. Davlat inspektori tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosa tuzadi, bunda u baxtsiz hodisa va unga oid holatlarga xarakteristika berib, baxtsiz hodisaning asosiy sabablari va mehnat muhofazasi qoidalarini buzgan shaxslarni ko‘rsatib o‘tadi. Ro‘y bergan baxtsiz hodisa tufayli besh va undan ko‘p bo‘lgan kishilar halok bo‘lgan bo‘lsa, bunday hodisa Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tuzilgan komissiya tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi. Maxsus tekshiruv komissiyasi 15 kun ichida baxtsiz hodisani tekshiradi, korxonada mehnat muhofazasining holati yuzasidan tekshirish o‘tkazadi, maxsus tekshiruv yuzasidan akt tuzadi va uni barcha materiallar bilan qo‘shib rasmiylashtiriladi. Davlat bosh mehnat texnika inspektori tomonidan barcha tekshiruv materiallari prokurorga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, tegishli vazirliklarga, kasaba uyushmalarining yuqori organlariga yuboriladi.

Download 416,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish