Mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana24.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#700409
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja mustaqiln ish1 (2)

2. Quyidagilar: 
Rangli va qora metall parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga muvofiq;Jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan 
maishiy 
maqsaddagi 
rangli 
metall 
parchalari 
va 
chiqindilarining 
ro‘yxati muvofiq tasdiqlansin. 


3. “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va respublika viloyatlari shaharlari va tuman markazlarida 
ushbu qarorga ko‘rsatilgan rangli metallar parchalari va chiqindilarini 
jismoniy shaxslardan qabul qilish punktlarini tashkil qilsin. 
4. Belgilansinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tashkilotlarning, shaxsiy 
quyish va metall prokati ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan tashkilotlardan 
tashqari (bankrotlik va tugatish hollaridan tashqari), tashkilotlarning o‘z 
quyish va metall prokati ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan tashkilotlar bundan 
mustasno (bankrotlik va tugatish hollaridan tashqari), bankrotligi, tugatilishi, 
rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi tartibotlarini o‘tkazish davomida 
belgilangan tartibda hisobdan chiqariladigan tarkibida rangli va qora metallar 
bo‘lgan tabiiy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalar “O‘zmetkombinat” AJ 
va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga erkin (shartnomaviy) narxda 
topshirilishi kerak.2019-yil 1-iyundan boshlab elektrotexnika sanoati 
tashkilotlariga:mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish 
faoliyati natijasida hosil bo‘lgan rangli metall parchalari va chiqindilarini o‘z 
ishlab chiqarish quvvatlarida yoki tegishli rangli metallar ishlab chiqaruvchi 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda mahsulotni qaytarish asosida qayta ishlagan 
holda ishlab chiqarishda foydalanishga ruxsat berilsin;rangli metall parchalari 
va chiqindilarini topshirish prognoz ko‘rsatkichlari belgilanmaydi. Rangli 
metallurgiya 30-yillarda mahalliy mineral xom ashyo resurslari zamirida 
sanoatning alohida tarmog'i tarzida shakllandi. Respublikamiz hududi rangli 
metall xom ashyolariga juda boy. Bir qancha rangli metall zahiralari bo'yicha 
O'zbekiston MDHdagina emas, balki jahonda oldingi o'rinlarda turadi. 
Masalan, u oltin zahiralari bo'yicha dunyoda 4-o'rinda, uni qazib olish 
bo'yicha 7-o'rinda turadi. Mis, uran zahiralari bo'yicha dunyoning oldingi 
o'nlik mamlakatlari qatoridan o'rin olgan. Bu yerdagi rangli rudalar tarkibida 
rux, qo'rg'oshin, kumush, molibden, volfram, kadmiy, indiy, tellur, selen, 


reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqalar ko'pdir. Rangli va nodir metallning 
yirik zahiralari Markaziy Qizilqum, Janubiy Tyanshyan', Chotqol-Qurama, 
Nurota, Molg'uzor, Janubiy Farg'ona mintaqalarida joylashgan. Topilgan 
konlarni sanoat miqyosida o'zlashtirish yo'lga qo'yilmoqda. Shuning uchun 
ham endilikda O'zbekiston rangli metallar ishlab chiqarish bo'yicha jahonda 
oldingi 
o'rinlardan 
birini 
egallamoqda. 
Oltin qazib olish sanoati. O'zbekistonda birmuncha oldin mazkur sanoatning 
tarmog'i shakllangan bo'lsa ham, u o'zga regionlarga xizmat qilar edi. Faqat 
mustaqillik natijasida oltin sanoatida rivojlanish ning yangi bosqichiga 
qadam 
qo'yildi. 
Mamlakatda olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida kattagina oltin 
zahiralariga boy bo'lgan Muruntov, Olmaliq, Marjonbuloq, Chormitan, 
Kuchbuloq, Kauldi, Chodak, Kizilolmalisoy, g'o'zaksoy, Qoraqo'ton, 
Pirmirob kabi 30 dan ortiq oltin konlari topilib, ularning bir qismi sanoatda 
ishlatilmoqda. Markaziy Qizilqumdagi Muruntov oltin konining butun 
dunyoga dong'i ketgan.Mamlakatimizda oltin sanoatini rivojlantirishga 
alohida e'tibor berilmoqda, bu ishga chet el investisiyalari, mutaxassislari, 
texnika va texnologiyalari jalb qilinmoqda, qator tashkiliy ishlar amalga 
oshirilmoqda. 1992 yili «O'zbekoltin» birlashmasi negizida endilikda 
O'zbekiston Respublikasining qimmatbaho metallar davlat qo'mitasi tashkil 
etildi va u 1994 yilda O'zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish 
korxonalari uyushmasi («O'zolmosoltin»)ga aylantirilgan. «O'zolmosoltin» 
uyushmasi (Toshkent shahri) va uning boshqaruvi Navoiy shahrida bo'lgan 
«Qizilqumkamyobmetal-loltin» konserni (1991 yildan) faoliyat ko'rsatmoqda. 
«O'zolmosoltin» tarkibida Angren (Angren shahrida), Marjonbuloq (Jizzax 
viloyati), Chodak (Namangan viloyati), Kauldi {Toshkent viloyati), Zarmitan 
(Samarqand viloyati) oltin qazib olish konlari, shuningdek, «Qizilqum» 
(Toshkent), «Zarnisa» (Angren) oltin izlovchilar artellari, O'rta Osiyo rangli 


metallar ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti (Toshkent), «Olmos» 
olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati, Burchmulla) va boshqa oltin 
qazib 
olish 
sanoati 
bilan 
bog'liq 
tashkilotlar 
bor. 
Mamlakat 
oltin 
qazib 
olish 
sanoatining 
ikkinchi 
yirik 
markazi 
«Qizilqumkamyobmetalloltin» konsernining bosh korxonasi - Navoiy 
konmetallurgiya kombinatidir. Mazkur kombinat mamlakat oltin sanoatining 
durdonasi hisoblanadi. U dastlab 1958 yilda Muruntov va Qizilqumning 
boshqa sochma oltin konlarini ishga tushirish maqsadida qurilgan. Uning 
asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq 
shaharlarida joylashgan. Mazkur shaharlarda yangi quvvatlarni ishga 
tushirish va shu orqali oltin qazib olish sanoatining quvvatini oshirib borish 
yil sayin jadallashmoqda. Shuning ham O'zbekistonning jahon oltin sanoatida 
mavqei oshib bormoqda. 1991 yilda O'zbekiston jahonda oltin qazib olish 
bo'yicha sakkizinchi o'rinda °Ulgan bo'lsa, endilikda u yettinchi o'ringa 
chiqib oldi. 



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish