1.Metallurgiya sanoatining rangdor va qora metallarning asosiy
tarmoqlari.
Rangli metallurgiya
— metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi.
Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho
metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini
tayyorlash bilan shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan
buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho
metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar,
qurilish materiallari kabi yoʻldosh mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli
metallurgiya mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi.
Konchilik korxonalari, boyitish fkalari, metallurgiya va metalga ishlov berish
zdlari tarmoqning ishlab chiqarish majmuini tashkil etadi.Boshqa foydali
qazilmalarga Karaganda rudalarda rangli va nodir metallar miqdori juda kam
boʻladi. 1 t rangli metall olish uchun 100 t dan to oʻn minglab t gacha ruda
qazib olinadi va kayta ishlanadi. Rudalarning 65% dan koʻprogʻi ancha
tejamkor usul — ochiq usulda qazib olinadi. Ruda xom ashyosida asosiy
elementlar — alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, qalay, volfram,
molibden bilan birga yoʻldosh elementlar — oltin, kumush, platina metallari,
kobalt, mishyak, reniy, indiy, rubidiy, galliy, selen, tellur va boshqa, baʼzan
qimmati jihatdan "asosiy" metallardan ustunroq boʻlgan metallar ham
uchraydi. Boyitish fkalarida jami rudalarning 90% dan koʻprogʻi samarali
flotoreagentlarni qoʻllagan holda flotatsiya usulida boyitiladi.Oʻzbekistonda
Rangli metallurgiya mahalliy mineral xom ashyo resurelari negizida 20-
asrning 30-yillaridan rivojlandi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho
metallar (oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, molibden, simob va
boshqalar) konlari, Qoramozor misqoʻrgʻoshinrux koni, Obirahmat,
Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoʻytosh, Langar rangli metallar,
Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Koʻkpatos, Qizilolmalisoy oltin,
Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux, Qalmoqqir mis konlari va
boshqa topilib, ular sanoat miqiyosida oʻzlashtirilishi bilan respublikada
Rangli metallurgiya shakllandi. Respublika rang metallar ishlab chiqarish
boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarga chiqdi. Oʻzbekiston jahon mamlakatlari
orasida oltin zaxiralari boʻyicha 5, oltin qazib olish boʻyicha 7oʻrinda turadi .
Mis, qoʻrgʻoshin — pyx ishlab chiqarish, asosan, Ohangaron — Olmaliq
konsanoat hududida QoʻrgʻoshinkonOltintopgan polimetall konlari,
Qalmoqqir mis konlari negizida shakllandi. Tarmoqning yetakchi korxonasi
tugal metallurgiya sikliga ega boʻlgan Olmaliq konmetallurgiya kombinatidir.
Volfram va molibden metallurgiyasining yirik korxonasi Chirchiq shahridagi
Oʻzbekiston qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar k-ti boʻlib, kt
Ingichka volfram (1943; Samarqand viloyati) va Qoʻytosh volframmolibden
(1937; Jizzax viloyati) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib
olinadigan molibden negizida ishlaydi. Ktda 1molibden quymasi 1956-yil
olingan, 1957-yildan qattiq qotishmalar ishlab chiqarila boshladi. Kt
mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, poʻlat eritish, kon burgʻilash
sohalarida keng qoʻllaniladi. 1996-yildan ktda respublika ehtiyojlarini tula
qoplaydigan elektr lampochkalari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.
60-yillardan rangli metallarning ikkilamchi quymalarini olish uchun
qurilgan quvvatlar Toshkent shahrida ishlamoqda. Korxonada alyuminiy
parchalari qaytadan eritilib, xalq xoʻjaligiga yetkazib beriladi. 1990-yillardan
Oʻzbekiston metallurgiyasida kamyob yer elementlari metallurgiyasi
shakllanmoqda. Kamyober metallarining alyuminiy va magniy bilan
qotishmalari — yengil qotishmalar, magniy bilan qotishmalari — oʻtga
chidamli qotishmalar turli sanoat tarmoklarida keng qoʻllaniladi.
Respublikada zamonaviy ilgor texnologiyani joriy etilishi natijasida kukunlar
metallurgiyasi ham rivojlanmokda..
Do'stlaringiz bilan baham: |