Mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana24.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#700409
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja mustaqiln ish1 (2)

Qora metallurgiya
— metallurgiya sanoatining sohalaridan biri. 
Domna, poʻlat eritish, prokat metallurgiyasi, metall buyumlar ishlab 
chiqarish, ruda xom ashyosini qazib olish, boyitish, maydalash, koks 
kimyosi ishlab chiqarishi, ferroqotishmalar va oʻtga chidamli materiallar 
tayyorlash, noruda xom ashyo qazib olish va qora metallarni qayta 
eritish tarmoqlarini oʻz ichiga oladi. Sovuqlayin yoki qizdirib ishlangan 
prokat, poʻlat trubalar va metall buyumlar Qora metallurgiya mahsu-
lotlarining muhim turlari hisoblanadi.Kishilik jamiyati taraqqiyotida 
mehnat qurollari va qurol-yarogʻlar juda muhim ahamiyat kasb etgan. 
Ular, asosan, yogʻoch, suyak, tosh va temirdan tayyorlangan. Qora 
metallurgiya xalq xoʻjaligining koʻpgina tarmoqlarini rivojlantirishning 
asosi hisoblanadi. Kimyo sanoati, rangli metallurgiya, qurilish 
materiallari sanoati mahsulotlari bilan birga qora metallar mashinasozlik 
va qurilishda asosiy konstruksion material hisoblanadi. Oʻzbekistonda 
yetakchi 
mashinasozlik 
tarmoqlari 
ishlatadigan 
konstruksion 
materiallarning umumiy hajmida qora metallar asosiy oʻrinni 
egallaydi.Oʻzbekistonda bir necha kichikroq temir konlari bor. Sanoat 
ahamiya-tiga molik temir konlari — magmatogen genezisli, magnetit-
gematit tarkibli Surenota (Toshkent viloyati) hamda asosan titan-
magnetitli Tebinbulok temir koni (Qoraqalpogʻiston) shular jumlasidan. 
Oʻzbekistondagi temir konlari resurslari: Jizzaxdagi temir koni — 150 
million t, Surenota temir koni — 50 million, t, Tebinbuloq temir koni — 
100 million t dan koʻp. Oʻrta Osiyoda birinchi zamonaviy metallurgiya 
kombinati 1944-yil ishga tushirilgan Oʻzbekiston metallurgiya sanoatida 
500 ming tonnaga yaqin poʻlat, 450 ming tonnaga yaqin tayyor prokat 
ishlab chiqariladi (2005). O‘zbekistonning rangdor metallurgiyasi ancha 


yosh ishlab chiqarish tarmoqlaridandir. Shunga qaramay uning hissasi 
O‘rta Osiyo Respublikalarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning 
2.3 qismidan ko‘pi to‘g‘ri keladi.Konlarni ishga solish jarayonida 
Respublikamizda 1935 yillarda volfram, molebden, 1941 yilda flyuorit, 
1952 yilda qo‘rg‘oshin, rux, 1956 yilda esa mis qazib chiqarish va 
boyitish va hamda ularni konsentratlarini tayyorlash sanoati vujudga 
keldi. Dastlabki davrlarda O‘zbekistonning rangdor metallurgiyasi 
rudalarni qazib chiqarish, boyitish, hamda tayyorlangan konsentrantlarni 
boshqa Respublikalarga tayyor mahsulot olish uchun jo‘natish bilan 
shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda u mazkur sanoat hamma ishlab chiqarish 
bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi to‘la siklli sanoat tarmog‘iga aylandi.Bu 
sanoatning korxonalari Olmaliq, Mirintov (Zarafshon), Navoiy tog‘ 
metallurgiya kombinatlari, O‘zbekiston qiyin eriydigan va issiqqa 
bardoshli qotishmalar kombinati (Chirchiq) Ingichka hamda Qo‘ytosh, 
kon 
boshqarmalari, 
“O‘zbekiston 
oltini” 
kombinati 
va 
boshqalardir.Olmaliq 
tog‘ 
metallurgiya 
kombinati 
rangdor 
metallurgiyaning yirik korxonalaridan biridir. Bu kombinat mis, 
polimetal rudalarni qazib olish, boyitish, mis va rux eritish korxonalarini 
birlashtiradi.Mis, Qalmoqqir va Sarichekuv konlaridan qazib olinadi 
hamda kombinat tarkibiga kiruvchi boyitish fabrikasi boyitilib, mis 
zavodida eritiladi. Qo‘rg‘oshin kon va Oltintopgan polimetall konlaridan 
qazib olinadigan rudalar qo‘rg‘oshin, rux boyitish fabrikasida boyitiladi. 
rux konsentrantlari kombinat tarkibidagi rux zavodida eritiladi. 
Qo‘rg‘oshin konsentrantlari esa eritish uchun xozircha Respublikadan 
tashqariga chiqarilmoqda. Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinatining rux 
va qo‘rg‘oshin sanoati bilan bog‘liq korxonalari tarkibiga sulfat 


kislotalari 
ishlab 
chiqaruvchi 
korxona 
xam 
kiradi. Umuman 
Respublikamizda rangdor metallurgiyaning mis, rux va qo‘rg‘oshin 
tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari juda yaxshi. 
Mis sanoatining istiqboli ishlab turgan Qalmoqqir, Sarichekuv 
konlarida hamda shu nihoyadagi Dalneye, Baliqti kabi konlarini ishga 
solish bilan cheklanmaydi. Respublikaning bir qator boshqa nohiyalarida 
ham istiqboli mis konlari topilgan. Ulardan muhimlari Janubiy 
O‘zbekistondagi Xandiza Charchar, Buxoro viloyatidagi Qizilqum, 
Farg‘ona vodiysi va boshqa joylardagi mis konlaridir. Bu 15 dan ortiq 
mis konini ishga solish, mis sanoatini xom ashyo bazasini kengaytiradi, 
yangi boyitish fabrikalari qurish, Olmaliq tog‘ metallurgiya 
kombinatidagi mis zavodini quvvatini oshirish imkonini beradi. 
Qalmoqqir mis konlari negizida tugal metallurgiya sikliga ega bo‘lgan 
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidir. Kombinatning mis majmuasiga 
Qalmoqqir mis koni (1954) ruda boyitish fabrikaga (1957) metallurgiya 
zavodi (1962) dan qurg‘oshin-rux kompleksi Qurg‘oshinkon (1950), 
Oltintopgan (1955), Chlata (1971), Ruda boyitish fabrikasi (1954) 
metallurgiya zavodi (1970) dan iborat.O‘zbekistonda mis, qo‘rg‘oshin 
va rux sanoatining bir yerda joylashganligi muhim qulayliklar 
tug‘diradi. Bu esa ularning chiqindilaridan xalq xo‘jaligida foydalanish, 
rangdor metallurgiya konlari o‘rtasida bog‘lanish va ularning kime 
sanoati bilan koorperasiyasini amalga oshirish imkonini beradi. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish