Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi 4-kurs 402-guruh talabasining manbashunoslik va tarixshunoslik fanidan kurs ishi. Mavzu: “Samarqand shahri tarixi tarixshunosligi


I-Bob.Mustaqillik davrda Samarqand shahri madaniyatiga oid tadqiqotlar



Download 87,12 Kb.
bet2/8
Sana23.05.2022
Hajmi87,12 Kb.
#607438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Samarqand shahri tarixi tarixshunosligi (Mustaqillik davri tadqiqotlarda)

I-Bob.Mustaqillik davrda Samarqand shahri madaniyatiga oid tadqiqotlar
I.I. Arxeologik yodgorliklarning mustaqillik yillarida o’rganilishi va ahamiyati
Samarqand juda boy va qadimiy tarixga ega. Shaharning paydo bo‘lishi va rivojlanishi nihoyatda murakkab jarayonda kechgan. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda tosh davridanoq Zarafshon vodiysi ibtidoiy ajdodlar tomonidan o‘zlashtirilgan. Bunga vodiyning serunum tuprog‘i, mo‘tadil iqlim va odamzod yashash uchun qulay sharoit mavjudligi sabab bo‘lgan. Urgut tog‘laridagi Omonqo‘ton, Bulung‘ur tumanidagi qo‘tirbuloq, Narpaydagi Zirabuloq, Samarqand shahridagi «Dinamo» o‘yingohining yonida topilgan ibtidoiy odamlar yashagan manzilgohlar fikrimizning dalilidir. qolaversa tosh asrdan keyingi bronza davrida Zarafshon vodiysining bir necha joylarga odamlar istiqomat qilganlar. hozirgi Samarqand hududida hali shahar paydo bo‘lmasdan ancha oldin Universitet xiyobonining janubiy tomonida Lolazor mahallasi o‘rnida, Obi Rahmat arig‘ining chap qirg‘og‘idan qo‘rg‘oncha mahallasida va Sartepa mavzeining janubiy qismida eng qadimgi qishloqlar yuzaga kelgan.
1970 yilda YuNESKO tashabbusi bilan Samarqandning 2500 yilligi nishonlagan. Bu yubiley o‘sha davrda qadimshunoslarimiz qo‘lga kiritgan yutuqlar asosida qayd qilingan edi. Mustaqilik sharofati tufayli Samarqandning paydo bo‘lish tarixi yanada ham qadimiyroq ekanligi aniqlandi. o‘zbek arxeologlari M. Isomiddinov va A.Otaxo‘jaevlarning fransiyalik olimlar Pol Bernar, Frans Grene, va Klod Rapenlar bilan hamkorlikda Afrosiyobda olib borilgan tadqiqotlari natijasida uning eng quyi madaniy qatlami o‘rganildi. Natijada yer sathidan 10- 15 metr chuqurlikda miloddan avvalgi IX - VII asrlarga taaluqli ashyolar topildi. Bular qo‘lga yasab rangli naqsh berilgan idishlarning parchalari va shuningdek, guvaladan tiklangan 7 m . qalinlikdagi mudofaa devori qoldiqlaridir. Topilgan ushbu namunalar Fransiyaning Jiv-Syur-Ivst shahridagi radioaktiv laboratoriyasida tadqiq qilindi. Laboratoriyadagi tahlillar bu ashyolar bundan 2750 yil ilgari yaratilganligini ko‘rsatdi.
Samarqand shahri nomining kelib chiqishi va uning ma’nosiga kelsak, bu boradagi bahslar hamon davom etmoqda. Ko‘pchilik Sharq mualliflari «Samarqand» so‘zining birinchi qismi, ya’ni «Samar» so‘zi shu shaharda asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishi nomi bilan bog‘laydilar. Ammo tarixda bunday ismli kishi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. So‘zning ikkinchi qismi «Kent» (qand) – qishloq, shahar degan ma’noni bildiradi. Bu haqda juda ko‘plab rivoyatlar bitilgan. Ayrim yevropalik olimlar, bu qadimdan qolgan, sanskritcha «Samaria»ga yaqin, ya’ni «yig‘ilish, yig‘in» so‘zidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik davr manbalarida shahar «Marakanda» deb atalgan. Bu balkim «Smarakanda»ning yunoncha aytilishidir. X - XI asrlarda yashagan olimlar Abu Rayhon Beruniy va Mahmud qoshgariy shahar nomining kelib chiqishini «Semizkent», ya’ni «semiz, boy qishloq, shahar» so‘zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.
Qadimgi Sug‘d, jumladan Samarqand xalqi o‘z tarixi davomida bir necha marta chet el bosqinchilarga qarshi o‘z mustaqilligini saqlab qolish maqsadida mardonavor kurashib kelgan. 329-327 (m.o) yillarda Samarqand aholisi Spitamen boshchiligida Aleksandr Makedonskiy bosqiniga qarshi kurash olib boradi. Yunon-Boxtar va Kushon podsholiklari davrida Samarqandda hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyat va shaharsozlik yuksak darajada rivojlanadi. VI asrdan boshlab Sug‘d davlati, jumladan Samarqand ham Turk hoqonligi tarkibiga kiradi. Ammo Samarqand hukmdorlari o‘z siyosatlarida mustaqil edilar.
Samarqand orqali sharq va g‘arb savdosi amalga oshirilar edi. Buyuk ipak yo‘lida Samaraqand muhim bo‘g‘in hisoblanar edi. Shahar savdogarlari Xitoy, Eron, Misr, Suriya, hindiston, Vizantiya bilan savdo sotiq qilar edilar. Aynan Samarqandda sharq va g‘arb madaniyatlari o‘zaro to‘qnashgan va bir-birini boyitgan. Shu bois sharqda keng tarqalgan maqolalardan birida «g‘arbda Rim, Sharqda Samarqand» deyilgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak Samarqand va Rim insoniyat taqdirdagi buyuk xizmatlarni nazarda tutib «Boqiy» shaharlar nomni olganlar.
XI asrdan boshlab Samarqand qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. 1089 va 1130 yillarda uni saljuqiylar bosib olgan, XII asrdan qoraxitoylarga tobe bo‘lgan. 1210 yildan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibida bo‘lgan. 1212 yili samarkandliklar Xorazmshohga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan. 1220 yili Chingizxon qo‘shinlari Samarqandga bostirib kirib, shaharga o‘t qo‘ygan va aholining ko‘p qismini qirgan, tirik qolganlar shahardan chiqib ketgan. Bir necha yildan so‘ng Samarqand qayta tiklana boshlagan. Marko Polo Samarqandga kelmagan, u Samarqand haqidagi ma’lumotlarni otasi va amakisidan olib kitobiga kiritgan.
XIV asrning o‘rtalariga kelib mug‘ullarga qarshi Movarounnahrda xalq harakatlari boshlandi. 1365 yilda Samarqand aholisi sarbadorlar boshchiligida shaharda hokimiyatni o‘z qo‘llariga oldilar va uni 1366 yilning bahorigacha boshqardilar.
1370 yilda Amir Temurning Movarounnahr hukmdori deb e’tirof etilishi Samarqand tarixi uchun yangi sahifa ochib berdi. Temur va temuriylar hukmronligi davrida Samarqand davlat poytaxti sifatida XIV asrning oxirlari XV –asrlarda Sharqning eng go‘zal shahri, Markaziy Osiyoning yirik iqtisodiy, siyosiy, madaniy markaziga aylandi. Bu davrda Samarqandda o‘nlab binolar, g‘arbiy qismida esa shahar qal’asi ( 34 ga ) barpo etildi. Uning ichida ikkita qasr - Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy, hunarmandchilik ustaxonalari, savdo rastalari, karvonsaroylar, hammomlar, shifoxonalar va boshqa madaniy – maishiy binolar qurildi. Amir va amirzodalar qal’adan tashqari Bog‘i Naqshi Jahon, Bog‘i Bihisht, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Shamol, Bog‘i Maydon, Bog‘i Zog‘on, Bog‘i Nav, Bog‘i Feruza, Davlatobod, Bog‘i Baland kabi bog‘lar bunyod etdilar. Shahar ichkarisi va tashqarisida Bibixonim Jome masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shoxi Zinda majmuasi, Ulug‘bek madrasasi, rasadxonasi kabi ko‘plab mashhur me’moriy obidalar yaratildi. Samarqand zamonasining yirik ilmiy markazlaridan biriga aylandi. Taftazoniy, Jurjoniy, qozizoda Rumiy, g‘iyosiddin Jamshed, Ali qushchi kabi olimlar jahoniy shuhrat topdilar. Ulug‘bek boshchiligidagi Samarqand ilmiy maktabining mahsuli bo‘lgan «Ziji jadidiy Ko‘ragoniy» asarida keltirilgan astronomik, matematik mushohadalar va faktlar o‘zining aniqligi bilan hamon dunyoni hayratga solmoqda. Jahon mumtoz adabiyotining yirik namoyondalari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham Samarqandda ta’lim olganlar.
Samarqand XVI asrda shayboniylar davlatining poytaxti bo‘lganda ham, Buxoro xonligi davrida ham muhim iqtisodiy va madaniy markaz bo‘lib qolaverdi. Ammo Buxoro xonligi davrida kechgan o‘zaro urushlar shahar taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shunga qaramasdan iqtisodiy va ma’naviy an’analar davom etdi. hattotlik va minatyura san’atining Samarqand maktabi vujudga keldi. Yalangto‘sh Bahodir hokimligi davrida Registon maydonida Sherdor (1619-1636), Tillakori (1646-1660) madrasalari, Xo‘ja Axrori Vale qabri oldida Nodir devonbegi madrasasi va boshqa binolar qurildi.
1868 yil mayidan boshlab Samarqand ham Chor Rossiyasining mustamlakasiga aylandi va tashkil etilgan Samarqand viloyatining ma’muriy markazi bo‘ldi. Bu davrda ham shahar o‘z iqtisodiy va madaniy ahamiyatini yo‘qotmadi. Erksevar samarqandliklar bir necha marta mustamlakachilarga qarshi bosh ko‘tardilar. Ayniqsa 1868 va 1916 yillarda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlar mustamlakachiliklarni shoshirib qo‘ydi. Rus chorizmi mustamlakasi yillari eski shahar yonida Yevropa shaharsozligi an’analari asosida yangi shahar qad ko‘tara boshladi. Yangi tipdagi binolar, xususan, xristian cherkovlari, hozirgi universitet xiyoboni bunyod etildi. Sho‘rolar hukmronligi davrida o‘tkazilgan milliy xududiy chegaralanish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasining birinchi poytaxti (1925-1930 yil) Samarqand shahri bo‘ldi. Ammo chor mustamlakachilik davrida bo‘lgani singari Sho‘rolar hukmronligi davrida shaharning tarixiy qismi e’tibordan chetda qoldi.
Samarqand boy tarixiy va madaniy merosga ega shahar. Turli davrlarda bu yerda jahon mumtoz adabiyotining namoyandasi Rudakiy va olim hamda shoir Umar Xayyom, kalom ilmining asoschisi Abu Mansur Motirudiy va fiqx ilmining bilimdoni Burxoniddin Marg‘iloniy, naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi Xo‘ja Axrori Valiy, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiylar yashab ijod etdilar, davlat va jamoat arboblari F.Xo‘jaev va Sh.Rashidovlar kamol topdilar, hadis ilmining buyuk bilimdoni Ismoil Chelakda dafn qilingan al-Buxoriyning otasidir, u kishining asl ismi Muhammad bo’lishi kerak, Ismoil al Buxoriy Samarqand yaqinida abadiy qo‘nim topgan. Tarixiy manbalarda Samarqandda Balxiy, Damashqiy, Bag‘dodiy, Nishopuriy, Astrobodiy, hamadoniy, Buxoriy, Nasafiy, Marvaziy, Xo‘jandiy, Marg‘inoniy, Axsikati, Dobusiy, Termiziy, Shoshiy taxallusli yuzlab allomalar yashab ijod qilganliklari va shu yerda dafn etilganliklari qayd etiladi. Turkiston jadidlarining yo‘lboshchisi, istiqlol uchun tolmas kurashchi Mahmudxo‘ja Behbudiy va mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov shu yurt farzandlaridirlar. Shoir va yozuvchilar hamid Olimjon va Sadriddin Ayniy, akademiklar Ibrohim Mo‘minov va Yah’yo g‘ulomov, Vohid Abdullaev va Akbar Otaxo‘jaev, Botirxon Valixo‘jaev va Yuriy Buryakov, professorlar Mavlon Jo‘rakulov va Temur Shirinovlar singari ko‘plab olimlar Samarqand ilm-fani va madaniyatini XX- XXI asr boshida dunyo miqyosiga olib chiqdilar. Ana shuning uchun ham Samarqand Sharqda uyg‘onish davrini boshlab bergan markazlardan biri, obrazli qilib aytganda, uning o‘ziga xos durdonasi hisoblanadi. YuNESKOning 2001 yil Finlyandiyada o‘tkazilgan 25 sessiyasida Samarqand me’moriy-tarixiy yodgorliklarning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilganligi bejiz emas. Zero shahar hududida 73 ta yirik tarixiy-me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan.
Samarqand hozirgi paytda halqaro turizm rivojalangan shaharlardan biridir. Sayyohlar xizmatida «o‘zbekturizm» milliy kompaniyasining Samarqand bo‘limi, bir qator xususiy sayyohlik agentliklari, «Afrosiyob», «Prezident-otel» kabi zamonaviy hamda ko‘plab xususiy mehmonxonalar, bir qator istirohat bog‘lari hamda sport inshootlari.
Azaldan tadbirkorligi bilan olamga tanilgan samarqandliklar uchun istiqlol katta imkoniyatlar yaratdi. Shaharda mayda va o‘rta biznes jadal rivojlanmoqda. Samarqand respublika avtomobilsozlik sanoatining markazlaridan biriga aylandi. hozirgi paytda Samarqandda 7 ta oliy o‘quv yurti, ko‘plab kollej va litseylar, 3 ta teatr, 7 ta muzey, 4 ta ilmiy-tadqiqot instituti, YuNESKOning Markaziy Osiyoni o‘rganish xalqaro instituti, o‘zRFA mintaqaviy bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Amir temur, Mirzo Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Abu Mansur Moturidiylarning muborak to‘ylari keng nishonlandi. Yurt boshimizning bevosita tashabbuslari bilan har yili 18 oktyabrda Samarqand shahri kuni nishonlanib kelinmoqda. 1997 yildan boshlab esa har ikki yilda bir marta «Sharq taronalari» xalqaro festivali Samarqandda o‘tkazilmoqda.
«Samarqand nafaqat muqaddas obida va betakror tarixiy mo‘jizalari, balki zamonaviy ishlab chiqarish salohiyati bilan, eng qimmatli boyligi – bag‘ri keng, qalbi go‘zal mehnatkashlari bilan butun dunyoda mashhur», - degan edilar Respublika Prezidenti I.A.Karimov 1996 yili Samarqand shahriga Amir Temur ordenini topshirish chog‘ida so‘zlagan nutqlarida. Mustaqillik davrida shahar alohida nufuzga ega bo‘ldi. Yuqorida ta’kidlanganidek, jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biri bo‘lgan Samarqand bundan keyin ham o‘z ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va madaniy salohiyati bilan xalqimizga xizmat qilaveradi.
Mustaqillik qadimiy Samar­qand taqdirini ulug‘ va buyuk yaratuvchilik tomonga o‘zgartirib yubordi. Bir necha yillardan buyon qarovsiz yotgan noyob me’morchilik yodgorliklari ta’mirlandi, asl qiyofasiga qaytdi. Prezidentimiz Islom Karimov ko‘rsatmalariga asosan Shohi zinda, Hazrati Hizr, Registon, Chokardiza, Imom Buxoriy, Doniyor payg‘ambar, Xo‘ja Ahror Valiy va o‘nlab boshqa aziz-avliyolar qadamjolari ta’mirlandi, obod qilindi, asl tarixiy holatiga qaytarildi. Bunday ulug‘ bunyodkorlik ishlari Samarqandning eski shahar qismida so‘nggi 4-5 asr ichida birinchi bor amalga oshirildi.
Ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan islom madaniyati durdonalari ko‘z qorachig‘iday asralmoqda. Bular orasida 1492 yilda ko‘chirilgan mufassir Husayn Voiz al-Koshifiyning qalamiga mansub “Tavsiri Mavohib” nomli Qur’on tafsiri va 1451 yilda ko‘chirilgan hadislar to‘plami o‘zining qadimiyligi va bezalishi bilan alohida ajralib turadi. Qur’oni karimning 50 dan ortiq nusxasi Samarqandda, O‘zbekiston Madaniyati tarixi davlat muze­yida saqlanmoqda. O‘lchamiga ko‘ra, (1,5x1,04 metrli) Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Amir Temur Nas­rulloh Qur’oni ham shu yerda saqlanmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida Samar­qandda diniy bag‘rikenglik an’analari yuksaklikka ko‘tarildi. Bugungi Samarqandda musulmon masjidlari bilan bir qatorda xristian, katolik cherkovlari, yahudiylarning sinagogalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Buning oqibatida shaharda millatlararo va dinlararo totuvlik hukm surmoqda.
Samarqandning tarixiy shuhratini qayta tiklash borasida olamshumul ishlar amalga oshirilmoqda. YuNYeSKO rahnamoligida Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik (1994 y.), Amir Temurning 660 yillik (1996 y.), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998 y.), Imom Moturudiyning 1130 yillik (2000 y.) yubiley tantanalari o‘tkazildi. Mustaqillik sharofati bilan har ikki yilda bir marotaba Samarqandda “Sharq taronalari” musiqa festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Samarqand ayni paytda ham O‘zbekistonning yirik ilm-fan va ma’rifiy markazlaridan biri. Unda 7 ta oliy o‘quv yurti, qator ilmiy-tekshirish institutlari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi, YUNESKO­ning Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati tarixi instituti ishlab turibdi.
Samarqand qisqa muddat ichida tanib bo‘lmas qiyofaga kirdi. Bu yerdan sayyohlarning qadami uzilmaydi. Tobora ko‘rkam va obod bo‘lib bormoqda. Uni majoziy ma’noda moziy va bugunning o‘rtasidagi ko‘prikka qiyos qilish mumkin. Uni bugun tom ma’noda ko‘hna va navqiron Samarqand deb atasak to‘g‘riroq bo‘lad1
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2009-yil 5-dekabr kuni Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirish chog‘ida tariximzining betakror ulug‘ligi, yurtimizda kechgan sivilizasiyalarning naqadar qadimiyligi, ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan tarixini, yodgorliklarini ko‘zqorachig‘iday asrashimiz lozimligi, bu meros xalqimizning, ayniqsa yoshlarning ma’naviy ehtiyojiga aylanganligi, ushbu buyuk merosimiz yoshlar ongining shakllanishiga asosiy mezon bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidlagandi.
Barkamol avlodni tarbiyalashda, milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda Vatanimizdagi tarixiy obidalarni, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning o‘rni beqiyosdir. Milliy tuyg‘u, g‘urur uyg‘otadi, ota-bobolarning o‘tmishini chuqurroq tanishishga undaydi.
Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivildizasiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari shu kungacha ko‘hna fayzini, mahoratini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi. Beshavqat davr sinovlaridan omon qolgan eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ziyod qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid 10 minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimizning asosi – iftixorimiz – deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz. Vatanimiz hududidan ham arxetiktura yodgorliklari va ko‘plab qadamjolar ro‘yxatga olingan va ularning tarixini keng yoritish, yoshlar ongiga singdirish ham bugungi kundagi dolzarb vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunga binoan Respublikamiz hududida 2006 yil 1 yanvar holatida davlat hisobida 7734 nomlanishdagi madaniy meros obyektlari bo‘lib, ulardan 1526 tasi respublika ahamiyatiga, 6208 nomlanishdagi obyekt mahalliy ahamiyatdagi madaniy meros obyektlaridir.
«…Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odati va an’analarini hayotiy qadriyatlardan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi»1. O‘zbekistonda ko‘plab millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ularni tinch totuv yashashlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Millatlararo totuvlik g‘oyasi – umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu yerdagi tinchlik barqarorlikni kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida:” …O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilishni ta’minlaydi, ularni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi» deb qayd qilingandir.
Yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashda tarix fanining, tarixiy obidalar va ziyoratgohlarning o‘rni beqiyosdir. Tarix-xalq ma’naviyatining asosidir. 3U qalb ziyosi, ijodkorlik, shijoati bilan yashab, o‘z tarixini o‘z qo‘li bilan yaratib kelmoqda.
Darvoqye, kishi o‘z tarixini qanchalik chuqurroq va teranroq anglasa, o‘z vataniga, xalqiga, ma’naviy-madaniy qadriyatlariga, diniga, urf-odatlariga hurmat va ehtiromi baland bo‘ladi. O‘zlikni anglash, mustaqillikni qadriga yetish uchun ham tarixni chuqur o‘rganish kerak. … «Ma’naviyatini tiklash, tug‘ulib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak»4.
Parijda taqdimoti bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan «Muqaddas shaharlar» deb nomlangan ikki qismdan iborat hujjatli filmda «Sobiq ittifoq davrida, O‘zbekistonda din unutilishiga mahkum etilgandi, muqaddas qadamjolar vayrona qilingandi. 1991 yil mustaqillikka erishgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatdagi milliy va diniy qadriyatlarni qayta tiklashga eng ustuvor vazifa sifatida alohida e’tibor qaratdi»5 deb ta’kidlanadi.
Darvoqye, mustaqillik sharofati bilan muqaddas qadamjolarimiz va ziyoratgohlarimizga e’tibor kuchaytirildi. Bu albatta yoshlar tarbiyasida ham katta ahamiyat kasb etadi.
Sohibqiron Amir Temur ham davlat tepasiga kelgan dastlabki kunlardan boshlab buyuk bobokalonlarimiz islom dinining to‘g‘ri yo‘lboshchilari bo‘lgan aziz avliyolar qo‘nim topgan maskanlarga maqbaralar o‘rnattirdi, obodonlashtirdi, bu bejiz emas albatta. Inson borki, ulug‘ insonlar ruhidan madad olib yashaydi, ularning o‘gitllariga amal qiladi.
Islom ta’limotchilari qabrlari ustiga o‘rnatiladigan maqbaralar ularning islom dinini to‘g‘ri talqin qilishdagi bebaho xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik ramzi sifatida qo‘yildi6.
O‘zbekiston «Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya» ratifikasiya qilgan mamlakatlardan biridir. Ushbu Konvensiya BMTning YuNESKO tashkiloti tomonidan 1972 yil 16-noyabrida Parij shahrida qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi butun dunyodagi tarixiy yodgorliklarini asl holicha saqlab, kelajak avlodlarga yetkazishdan iborat. Konvensiya 8 bo‘lim, 38 moddadan tashkil topgan.
Ushbu konvensiyani ruyobga chiqarish va uning me’yorlarini milliy qonunchiligimizga moslashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunni 2001 yil 30 – avgustda qabul qildi.Qonun strukturaviy jihatdan 8 bo‘lim va 36 moddadan iborat holda tuzilgan.
Konvensiya va qonunni ro‘yobga chiqarish maqsadida Respublikamizda, xususan Samarqand viloyatida bir qator e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Samarqand tarixiy me’morchilik qadriyatlarini bosh rejasi ishlab chiqildi.
Mustaqilik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan o‘zbek xalqining buyuk farzandlari, tarixiy shaharlarning yubileylarini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish davrida o‘sha davrlarga ta’luqli tarixiy yodgorliklar va me’moriy obidalar qayta ta’mirlanib qolmasdan, milliy an’analar bilan sug‘orilgan ko‘plab ajoyib zamonaviy me’moriy majmualar – Samarqand viloyatidagi Imom al-Buxoriy, Samarqand shahridagi Imom al-Motrudiy,Quvadagi Axmad al-Farg‘oniy,Marg‘ilonda Burxoniddiy al-Marg‘inoniy maqbaralari, Toshkentda “Motamsaro ona”, “Shahidlar xotirasi” majmualari, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug‘bek,Alisher Navoiy,Termizda Alpomish,Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykallari, “Avesto” haykaltaroshlik kompozisiyalari barpo etildiki, ular madaniy merosimizni boyitdi.
1998 yil hadis ilmining sultoni Imom al- Buxoriy tavalludining 1225 yilligi munosabati bilan bunyod etilgan yodgorlik majmuining ochilish marosimida Birinchi Prezidentimiz quyidagi fiklarni ta’kidlagandilar: «...Biz Imom al-Buxoriy maqbarasini ul zotning sha’n-shavkatiga munosib, yon atrofi munavvar go‘shaga, ziyoratga kelgan mo‘min musulmonlarga ruhiy ma’naviy kuch ato etadigan qadamjoga aylantirishni niyat qilgan edik.
Allohning inoyati bilan ezgu niyatimiz ijobat bo‘lgan shu qutlug‘ kunda men bu muazzam yodgorlik majmuining shunchaki ziyoratgoh emas, balki go‘zal O‘zbekistonimizni butun dunyoda tanitadigan, har bir insonni hayot va abadiyat haqida o‘ylantiradigan aziz maskan bo‘lib qolishiga ishonaman…»7 .
Insonlar o‘zlarining qilgan ishlari bilan o‘zlarini abadiylikka muhrlaydilar. Islom dini targ‘ibotchilari, ta’limotchilari ham o‘z faoliyati orqali ko‘pchiligi yuksak e’zozlarga loyiq bo‘lishdi.
Mustaqillik yillarida buyuk shaxslarning xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorliklar majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga,milliy ong va milliy g‘ururni yanada kamol toptirish hamda xalqimiz,yoshlarimiz ma’naviy hayotida katta ahamiyatga egadir.
Buyuk olmon mutafakkiri G. Fabrisius «Hech kim o‘limga chap berolmaydi, lekin odamlar o‘zlarining buyuk ishlari bilan o‘zlariga shunday haykal qo‘yadilarki, bu haykal quyosh turguncha turadi»- deb ta’kidlagan.



Download 87,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish