A. M. Butlerovga qadar molekulalarning tuzilishini, ya’ni atomlar orasidagi kimyoviy bog‘- lanish tartibini tushunib bo‘lmaydi, deb hisoblanar edi. Ko‘pchilik olimlar hatto molekulada atomlar real mavjudligini ham inkor qilar edilar. A. M. Butlerov bu fikrning noto‘g‘riligini isbot qildi. U atom va m olekulalarning real mavjudligi, m olekuladagi atomlarning kimyoviy tuzilishini bilish mumkinligi haqidagi to'g'ri materialistik va falsafiy tasawurlarga asoslandi. U moddalarning kimyoviy o‘zgarishlarini o ‘rganish orqali molekulaning tuzilishini tajriba yo‘li bilan aniqlash mumkinligini ko‘rsatib berdi. Aksincha, molekulaning tuzilishini bilgan holda birikmaning kimyoviy xossalarini aytib berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |