Tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat. 1. Molekulada atomlar bir-biri bilan valentliklariga muvofiq holda muayyan ketma-ketlikda birikkan. Atomlarning bog‘Ianish tartibi kimyoviy tuzilish deyiladi. 2. Moddalarning xossalari uning molekulasining tarkibiga qanday atomlar va qancha miqdorda kirishigagina emas, balki ular bir-biri bilan qaysi tartibda birikkanligiga, ya’ni molekulaning kimyoviy tuzilishiga ham bog‘liq. 3. Molekulani hosil qilgan atomlar yoki atom gruppalari birbiriga ta’sir etadi, molekulaning reaksiyaga kirishish xususiyati ana shu ta’sirga ham bog‘Iiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |