Milliy bozor narxi – bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning
xususiyatini aks ettiruvchi narx.
Jahon bozori narxi – muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan
baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladigan narx.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi – taklifga nisbatan
xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘lishi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib borishi o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |