Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. - Vazirlikning markaziy apparati;
- Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari;
- Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya;
- “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi;
- “UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ;
- “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi” davlat muassasasi;
- “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” DUK;
- “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK;
- “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK;
- “ALOQALOYINA” DUK;
- “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK;
Respublika maxsus aloqa uzeli” DUK; - Respublika maxsus aloqa uzeli” DUK;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi;
- Davlat feldyegerlik xizmati;
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga tegishli bo‘lgan fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab;
- Toshkent shahridagi Inxa universiteti;
- “O‘zbekiston pochtasi” AJ;
- “O‘zbektelekom” AK;
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: - axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, elektron hukumatni joriy qilish faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish;
- davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy qilishda, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni tashkil qilishda, yagona elektron reyestrlar va ma’lumotlar bazalarini, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimlarini shakllantirishda yagona texnologik yondashuv amalga oshirilishini ta’minlash;
- davlat boshqaruviga va iqtisodiyotning real sektoriga innovatsiyalarni joriy qilishga, raqamli iqtisodiyot o‘sishini rag‘batlantirishni sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish, shu jumladan, ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy qilish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hisobiga ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |