Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti



Download 38,55 Kb.
bet2/2
Sana26.04.2022
Hajmi38,55 Kb.
#583152
1   2
Bog'liq
Obbosxonov Zikrilloxon. Hikmatlar xazinasi

Odam nomi yaxshilik bilan eslash tufayli boqiydir, Hayotlik ayyomining hosili yaxshi nom orttirishdir, – deydi. Bu Voiz Koshifiy axloqiy taʼlimotining yetakchi gʻoyasidir. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayotida va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini qator hikoyat va rivoyatlar bilan koʻrsatadi. Husayn Voiz Koshifiy yaxshilik va yomonlik, adolat, vijdon, burch tushunchalari haqida ham atroflicha fikr yuritadi. Axloq normasi insonlarning xulq, feʼl atvorlarini tartibga solib turuvchi axloqiy talablardir. Koshifiy ijobiy xislatlarni kishilarda boʻlishi shart boʻlgan insoniy fazilat deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlik, saxiylik, saxovat, rostgoʻylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, baland himmatlik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir taʼriflab oʻtadi. Koshifiy axloqli inson deganda, ilm-maʼrifatga intiluvchi, haqiqat va adolatni sevuvchi, adolatsizlikka qarshi kurashuvchi, mard, harakatchan, olijanob, saxiy, ochiq qalbli insonni tushungan. Axloq masalalarini yoritishda Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” (Husayn Boyqaroning oʻgʻli – Abdulmuhsin Mirzoga bagʻishlangan) asari eng mashhur va muhim ahamiyat kasb etadi. Koshifiy oʻz asarlarida siyosat, davlatni boshqarish masalalari boʻyicha ham oʻz davri uchun muhim fikrlarni olgʻa suradi. U davlatni odilona boshqarishda siyosatdan foydalanish kerakligini alohida taʼkidlaydi: Jahonda pok suv ichmakka boʻlmas hech kim qodir, Agar shohlar siyosat tigʻin eliga qilmasa zohir, – deydi. Siyosat mamlakatni boshqarish uchun zarur, u shaxsiy ish emas, balki ijtimoiy ishdir. Siyosat adolatli boʻlsa, mamlakat, jamiyat rivoj topadi, xalqi farovon yashaydi. Siyosatni odil podshohlar adolat bilan boshqarishlari kerak:
Mamlakat tobqoy siyosatdin nizom, Gar siyosat boʻlmasa yetgay xalal, Topmagʻay olam ishi aslo tuzut. Besiyosat hech vaqtu hech mahal. Yoki: “… Adl (adolat – R. M. ) siyosatsiz mavjud boʻlmas. Siyosat yoʻq boʻlsa, sardorlik zaif. Na uchunkim mulku-millat ziynati, dinu davlati musallahi siyosatdur”, deb mamlakat taraqqiyotini, adolat qaror topishini ham Koshifiy siyosatga bogʻlaydi. Demak, Husayn Voiz Koshifiy shoir, yozuvchi, olimgina emas, balki dono siyosatchi ham boʻlgan. Uning jamiyat, davlat, tinchlik, ixtiloflarni osoyishtalik bilan hal etish zarurligi toʻgʻrisidagi fikrlari hozir ham oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda. Voiz Koshifiy Alisher Navoiyning maʼnaviy davrasida boʻlgan XV asr Xuroson va Movarounnahr madaniyatining rivojiga katta hissa qoʻshgan hamda oʻz asarlari bilan soʻnggi avlodlarga katta taʼsir koʻrsatgan mashhur allomalardan boʻlib tarixda qoldi. U qomusiy ijodi bilan oʻz davri maʼnaviy yuksalishi yoʻlida faol xizmat qildi va nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun Sharq umuminsoniy, madaniy boyliklarini kuchaytirishga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Keyingi XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy-ma’rifiy tafakkur taraqqiyoti ikki yo’nalishda bordi. Birinchisi O’rta Osiyoning o’zida ro’y berdi. Ikkinchisi Hindistonda Boburiylar davridagi O’rta Osiyolik mutafakkirlarning ijodida namoyon bo’ldi (Bobur, Humoyun, Akbar, Shohjahon va boshqalar). XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida O’rta Osiyo ma’naviy-ma’rifiy qarash rivoji Boborahim Mashrab (1653-1711) nomi bilan chambarchas bog’liq. Mashrabdan boy ma’naviy badiiy meros qolgan. Mashrab o’sha vaqtda Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e’tiqod qilib, o’zining isyonkorona she’rlari bilan jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga harakat qilgan. O’z g’azallarida axloqiy, ma’naviy poklikka erishish, hayotdagi illatlarga qarshi kurashni kuylaydi. U o’zi yashagan davr hokimlaridan adolatni kutadi. Hatto ularga murojaat qilib, xalq to’g’risida g’amxo’rlik qilishni, ularning arz-dodiga quloq solishni so’raydi. Mashrab kishilarni boylikka hirs qo’ymaslikka, o’zgalarga yaxshilik qilishga, sahiylikka, halol bo’lishga, o’z mehnati evaziga yashash, nafsni tiyishga chaqiradi. Mashrab o’z ijodida xulq-odob masalalariga katta e’tibor berib, odamlarni yaramas hatti-harakatlardan, takabburlik va yolg’on so’zlashdan saqlanishga undaydi. Uning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashida farzandning ota-onani hurmat qilishi, ularni yuksaklikka ko’tarish g’oyasi muhim o’rin tutadi. Xususan, farzanddan otaning rozi bo’lishi lozimligi, aks holda yomon oqibatlarga olib kelishi haqida yozadi. Mashrab ijodidagi bunday g’oyalarning mustaqil O’zbekiston yoshlarini ma’naviy kamolga etkazishda ahamiyati katta. XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida ijod qilgan O’rta Osiyolik mutafakkirlardan biri Mirzo Abdulqodir Bedildir (1644-1721). Undan juda boy ma’naviy meros qolgan. Unga Sharq Gegeli degan unvon, tavsif berilganki, bu uning zamonasining hamda Sharqning buyuk va yuksak ma’naviyat-ma’rifat egasi bo’lganligini ko’rsatadi. Bedil o’z asarlarida avvalo inson haqida, mirishkor dehqon haqida alohida mehr, hurmat va ehtirom bilan gapiradi. U insonni irqiy, milliy va diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar hurmat va ehtiromga sazovor oliy zot deb biladi. Bu haqida shunday deydi: “Har kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u mal’undir”. Qanday ajoyib fikr. Ushbu fikr har qanday davr uchun ham adolatli va oliyjanobdir. Inson borliqning, olamning toji. Inson o’z baxtini o’zi yaratadigan zot deb qaraydi“Odam abadiy yashashi mumkinmi?” – degan savolga mutafakkir ijobiy javob beradi. Bedil insonga ikki xil abadiylik xosligini aytadi. Birini umumiy abadiylik – hamma narsaga, shu jumladan odam tanasiga ham xos moddiy abadiylik. Ikkinchis xususiy abadiylik – o’z faoliyati, mehnati, yaxshi ishi bilan insonlarga manfaat etkazgan kishilarga xos. Bedil tiriklining ma’nosini – daraxt o’tkazish, ekin ekish, ularni parvarishlash, bechoralarga xayr-sahovat ko’rsatish, ojizlarga yo’l ko’rsatish, bemorlarni borib ko’rish va boshqalardan iborat deb qaraydi. Insonning abadiyligini belgilovchi omillardan biri ilmdir deydi mutafakkir. Inson umrining boqiyligi, adabiyligi haqidagi bunday qarashlar tahsinga sazovor. Zero, tarixda abadiy nomi qolgan ma’naviy tirik siymolar faqat ilm-ma’rifat va o’zlarining yaxshi ishlari bilan o’z nomlarini abadiyatga muhrlab ketganlar. Ular yoqqan ilm-ma’rifat shamlari necha asrlar bo’lsinki insoniyat yo’lini yoritib kelmoqda va yana necha asrlar yoritgusidir. Bunday siymolar qatoriga dunyoviy va diniy ilmlar sohiblari kiradi. XVII-XIX asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida Turdi, Huvaydo, Gulhaniy, Mahmur, Nodirabegim, Uvaysiy, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Feruz va boshqalarning o’rni va roli ham beqiyosdir. XIX asrda O’rta Osiyoda ma’naviyat va ma’rifat rivoji Ahmad Donish (1827-1897) ijodi va ma’rifatparvarlik faoliyati bilan chambarchas bog’lanib ketganligini alohida qayd etish lozim. U inson turli fanlarni egallab, dunyo sirlaridan voqif bo’la oladi, deydi. “Biz – dunyoni gullab-yashnatish uchun, yer osti boyliklarini topish uchun, dunyoning ajoyib sirli tomonlarini tadqiq etish uchun, uning hamma qit’alarini va aholisini bilish uchun tug’ilganmiz” deydi Ahmad Donish. U ilmni, ma’rifatni rivojlantirish, xalqni savodxon qilish orqali qoloqlikdan qutilish mumkin deb ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. O’zbek ma’rifatchiligi Muqumiy, Furqat, Avaz O’tar, Zavqiy va boshqalar ham alohida o’rin tutadi. Ma’rifatparvarlik g’oyalari Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulqodir Shakuriy, Is’hoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Abdulla Qodiriylar kabi jadidchilar faoliyati va ijodida, millat ozodligi uchun kurash bilan bog’lanib ketganligini alohida qayd etish lozim. Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko’rinishidir. Ma’rifatning lug’aviy ma’nosi bilim demakdir. Ma’rifatni hayotga singdirish esa maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’rifat bilim va madaniyatning mazmuni bo’lib, maorif esa ushbu mazmunni yoyish qurolidir. Ma’rifat asosan umumiy va o’rta maxsus bilim beruvchi maktab va o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Ma’rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo’lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning barcha turlarini va shakllarini o’z ichiga oladi. Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o’tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Jadid so’zi arabchadan yangilanish, yangi usul ma’nolarini anglatadi. U yangi, zamonaviy maktab, matbuot, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari va tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari quyidagilardan iborat bo’lgan : Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan tozalash, millatni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish, milliy davlatni bunyod etish, konstitustion, parlament va prezident idora usulidagi ozod jamiyatni qurish, turkiy tillarga davlat maqomini berish, milliy qo’shin tuzish va hokazolardan iborat bo’lgan. Turkistondagi jadidchilik harakati milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan tarixiy ijtimoiy harakatdir. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati katta bo’lgan, bu davrda jamiyatning ma’naviy inqirozi chuqur ildiz otgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirmasdan turib, ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ymasdan turib ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin emas edi. Jadidchilar millatni qoloqlik, hurofot botqog’idan oilb chiqish uchun harakat qilishi bilan birga shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy bilimlar berish asosida isloh qilish g’oyalarini ilgari surganlar va buni amalda ko’rsatib berganlar. Jadidchilik harakati milliy uyg’onish va milliy ong yuksalishida katta ahamiyat kasb etgan. Shunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy va ma’rifiy qarashlari xalqimizning boy ma’naviy merosining ajralmas qismi sanaladi. O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy va ma’rifiy qarashlarida inson va uning fazilatlari, ta’lim-tarbiya, axloq muammolari markaziy o’rinni egallab keldi. Unda komil inson muammosi o’ziga xos ravishda o’z yechimini topganligini alohida qayd etishimiz mumkin. 2.2 Milliy tiklanishga yuz tutgan o‘zbek ilm-fani keyingi uch-to‘rt yilda milliy manfaatlarimizga mos tarzda jadal yuksala boshladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridanoq ilm-fan vakillari bilan fikr almashish, akademik fan taraqqiyotiga alohida e’tibor qaratish va fan rivoji yo‘lidagi mavjud muammolarni zudlik bilan hal qilish kun tartibiga chiqdi. Darhaqiqat, vatanimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi mahsuli — qadimiy yozma manbalar xalqimizning buyuk ma’naviy boyligidir. Ularni asrab-avaylash, kelajak avlodga beshikast yetkazish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda yuz mingdan ziyod qadimiy qo‘lyozma asar mavjudligi haqida ma’lumotlar bor.
Darhaqiqat, yurtimiz qadimdan dunyo ilm-fani rivojlangan mintaqalardan biri sifatida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Barcha davrlarda bobolarimiz ilmning millat va davlat kelajagidagi o‘rnini juda yaxshi anglagan. Buning yorqin dalili sifatida muhaddislar sultoni — Imom Buxoriy bobomizning o‘n ikki asr oldin “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan fikrlarini keltirish mumkin. Qadimdan qaysiki davlatda hukmdor olim-u ulamolarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, o‘sha yurt, albatta, ravnaq topgan. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi, Bag‘doddagi “Bayt ul-hikma” yoki temuriylar davri ilm-fani o‘z davrida rivojlanishning yuksak cho‘qqisiga erishgan va hali-hanuz jahon ilm-fani rivojida asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ma’naviy ildizimiz bo‘lmish yozma merosning tadqiqi va talqiniga xolisona yondashuv, boy tariximizning bizga ma’lum va noma’lum sahifalarini yoritishga, tabiiyki, mustaqillik yillarida imkon yaratildi. Keyingi yillarda manbalar tadqiqi va ularni saqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, Prezidentimizning 2017- yil 24- maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida O‘zFA Sharqshunoslik instituti qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganish bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy muassasa etib belgilandi. Mamlakatimiz rahbari Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan yuz mingdan ortiq nodir qo‘lyozmaga dunyo ahli havas qilishini aytdi. Bu, albatta, bizga cheksiz g‘urur bag‘ishlaydi. Shuning bilan birga, zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, o‘tmishda yaratilgan bu nodir qo‘lyozma kitoblarni o‘zbek va xorijiy tillarda bugungi o‘quvchining talabiga mos ravishda nashrga tayyorlash ishlarini jadallashtirishimiz darkor. Ularning chop etilishi xalqimizga o‘tmishning bebaho merosi va madaniyati durdonalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Institut fondidagi qo‘lyozmalarni mavzu bo‘yicha kataloglashtirish ishlarining davomi sifatida falsafa hamda filologiyaga oid asarlar qo‘lyozmalari kataloglarining dastlabki jildlari tayyorlandi. O‘rta asrlarda yashagan termizlik olimlar tomonidan islom ilmlari, tasavvuf, adabiyot va tibbiyot sohalari bo‘yicha ta’lif etilgan 300 ta asarning 1419 ta ilmiy tavsifidan iborat “Termizlik olimlar asarlarining jahon fondlaridagi qo‘lyozmalari” katalogi chop etildi. Imom Termiziy markazining tashkil etilishi va respublikada termizlik olimlarning ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlarning faollashgani munosabati bilan Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy, Xoja Samandar Termiziy, Adib Sobir Termiziy kabi olimlarning diniy, didaktik va adabiy mazmundagi asarlari ilk bor o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjima qilinib, to shu kungacha 15 ta kitob shaklida e’lon qilindi. Yozma meros yodgorliklarini targ‘ib qilish maqsadida institut fondidagi Alisher Navoiy asarlarining XIV–XVI asrlardagi miniatyuralari va boshqa qo‘lyozma kitob bezaklarini o‘z ichiga olgan “Kitobat san’ati durdonalari” nomli kitob-albom nashr etildi. Nashr tadqiqot, miniatyuralarning o‘zbek, ingliz, rus tillaridagi tavsiflari bilan ta’minlangan. Institut fondida saqlanayotgan qo‘lyozma merosni dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbekiston madaniy merosi” ruknida “Aniq va tabiiy fanlar”, “Islom, falsafa va tasavvuf” hamda “Tarixiy asarlar va hujjatlar” nomli katalog-albomlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop qilindi. Institut xodimlarining mustaqillik yillarida olib borgan tadqiqotlari natijalari asosida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti nashrlari (1991–2018 yillar)” bibliografiyasi e’lon qilindi. Unga 513 ta kitob va chet elda nashr etilgan 355 ta ilmiy maqola kiritilgan. Bugungi kunda olim va mutafakkirlarimizning tarixiy merosini chuqur o‘rganish borasida Xorazm Ma’mun akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek astronomiya maktabi vakillarining ilmiy asarlarini nashr qilish ishlari ustida ham qizg‘in tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ko‘p jildlik “Tanlangan asarlar” silsilasini to‘ldirish ishlarining davomi sifatida mazkur silsilaning 4-jildini tashkil qiluvchi, allomaning dorishunoslikka oid “Kitob us-saydana fit tib” (Tabobatda dorishunoslik) kitobining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi hamda shu silsilaning uchta astronomik risola o‘rin olgan yangi — 8-jildi nashr etilishi ko‘zda tutilgan. Abu Ali ibn Sinoga nisbat berilgan arab tilidagi “Qonuncha” asarining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi, Jamshid Koshiyning astronomiyaga oid “Ziji xoqoniy” asarining tanqidiy matni va tadqiqi tayyorlanadi.
Islomshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar islom ilmlari bo‘yicha Burhoniddin Marg‘inoniyning hanafiy fiqhiga oid arab tilidagi “At-tajnis val mazid” (“Yangi qo‘shilgan masalalar”) asarining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi, Abu Hafs Nasafiyning arab tilidagi “Mashori’ ash-sharoi’” (Fiqhiy masalalar) asarining asl matni nashr qilinadi. Institut fondidagi noyob nusxalarning nashri borasida Husayn Voiz Koshifiyning Alisher Navoiy uchun atalgan “Mavohibi Aliyya” nomli asari avtografi faksimile shaklida chop etilishi rejalashtirilgan. Shu o‘rinda O‘zbekiston va Ummon sultonligi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar natijasida Sharqshunoslik instituti uchun qo‘lyozmalarni saqlash va tadqiq etishga mo‘ljallangan, jahon talablariga javob beradigan maxsus bino qurib berilganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Bino qo‘lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, raqamlashtirish uchun dunyo standartlaridagi jihozlar va boshqa moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan. Albatta, bu institut faoliyatini takomillashtirish va u yerdagi noyob xazinani zamon talablari asosida raqamlashtirishga xizmat qilmoqda. Xalqaro jamoatchilikni allomalarimizning dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirish, ilmiy markazlar hamda dunyoning yetakchi olimlarini mazkur yo‘nalishdagi tadqiqot ishlariga jalb etish, beqiyos ma’naviy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrash hamda xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Buyuk alloma va shoirlarimiz yaratgan asarlar nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo hamjamiyati madaniy merosi xazinasidan munosib o‘rin egallagan. Manbalarning asosiy qismi O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar xazinasida saqlanadi hamda u haqli ravishda YuNESKOning Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. Fondda IX‒XX asrning birinchi yarmida yaratilgan turli soha va mazmundagi asarlar, hujjatlar jamlangan. Shu sababli Sharqshunoslik instituti Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston tarixi, fani va o‘tmish madaniyati bilan shug‘ullanuvchi barcha xorijlik olimlarning eng muhim ilmiy dargohlaridan biriga aylangan. Institut qo‘lyozmalari chet ellik olimlar olib borayotgan ilmiy izlanishlar uchun asosiy tarixiy manba vazifasini o‘taydi. Ularning yakdil fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyoning haqqoniy tarixini institut jamg‘armasidagi birlamchi asarlarsiz tasavvur etish mumkin emas.
“Uzbekistan Today” tashkiloti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomining 13-jildi yaratildi. Unda vatanimizdagi me’moriy yodgorliklar tarixi hamda undagi turli mazmun va xat uslubida bitilgan matnlar talqini o‘zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etildi. Bu turkumdagi nashrlar nafaqat ilmiy-ommabop maqsadda foydalanish, balki turizmni rivojlantirishda ham qo‘l kelmoqda. Sharqshunoslik instituti tegishli tashkilot bilan hamkorlikda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” turkumida “Tarixiy asarlar va hujjatlar”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Badiiy adabiyot”, “Islom, falsafa va tasavvuf” va “Miniatyura va xattotlik namunalari” nomli kitob-albomlarni nashrga topshirdi. 2019- yili avgust oyida “O‘zbekiston — buyuk yo‘llar va tamaddunlar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” madaniy meros haftaligi doirasida mazkur besh jildlik kitob-albomlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida institut 2017- yili dekabr oyida K.Kekelidze nomidagi Gruziya qo‘lyozmalar milliy markazi, 2019- yili iyun oyida Yaponiyaning Aichi san’at universiteti, iyulida Ummon Sultonligining Arxivlar boshqarmasi, sentyabr oyida Qozog‘iston Respublikasi Nodir qo‘lyozmalar va kitoblar milliy markazi bilan o‘zaro ilmiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Qo‘lyozmalar vaqt o‘tgani sari o‘z xususiyatini yo‘qotib boraveradi. Shu sababli ularni saqlash choralarini ko‘rish, faksimile nashrlarini tayyorlash, maxsus texnik jihozlar orqali qadimgi kitoblarning elektron shakllarini yaratish, raqamlashtirish zarur. Buning uchun esa fondida qo‘lyozma asarlar mavjud muassasalar moddiy-texnik bazasini boyitish asosiy masalalardan hisoblanadi. Ajdodlar qoldirgan bebaho qo‘lyozmalarni ta’mirlash sohasida yetarlicha malaka, tajriba va ko‘nikmaga ega restavratorlar tarafidan zararlangan qo‘lyozmalar, hujjatlar ta’mirlanib, ularga ikkinchi hayot baxsh etilmoqda. Respublikamizdagi o‘rta asr manbalarini ta’mirlash jarayonini faollashtirish va sifatini oshirish maqsadida institut bazasida qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiyasi bo‘yicha xorijiy mutaxassislarning trening kurslari tashkil etilmoqda. Manbalar restavratsiyasi sohasida ilmiy tadqiqotlar ham o‘tkazilib, malakali mutaxassislarning ko‘p yillik tajribalari asosida O‘zbekistonda birinchi marta “Tarixiy hujjatlarning konservatsiyasi va restavratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi. Chet ellik tadqiqotchilarga qulayliklar yaratish hamda xorijiy tashkilotlardagi biz uchun ahamiyatli qo‘lyozmalar bo‘yicha o‘zaro almashinuvni yo‘lga qo‘yish, qo‘lyozma va nodir manbalarni raqamlashtirish maqsadida eng nodir manbalarning raqamli nusxalari yaratilmoqda. Kelgusida bosqichma-bosqich barcha manbalarning elektron nusxalari yaratiladi. Bu esa nodir manbalarning umrini uzaytirishga xizmat qilish bilan birga, asarlarni boshqa xorijiy markazlarga tanishtirish va ular bilan o‘zaro almashuvini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratadi. Germaniyaning Gerde Xenkel fondi bilan hamkorlikda Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning ingliz tilidagi elektron katalogi yaratildi. Bu katalogdan bugungi kunda dunyoning xohlagan joyidan turib foydalanish mumkin.
— Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida yurtimiz hududidan yetishib chiqqan yetuk daholarning betakror merosini chuqur o‘rganish, ularni doimiy harakatdagi qo‘llanmaga aylantirish borasida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Malumki mamlakatimiz rahbari “O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”, deb aytib o’tgan edilar. Shubhasiz, bu Uyg‘onish — Uchinchi Renessansda yurtimiz hududidan yetishib chiqqan mutafakkirlarning betakror merosini chuqur o‘rganish, uni doimiy harakatdagi qo‘llanmaga aylantirishning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Darhaqiqat, IX–XI asrlarda Movarounnahrda nafaqat musulmon ma’naviy madaniyati rivojlandi, balki aniq va tabiiy fanlar, ayniqsa, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tilshunoslik, mumtoz musiqa, tasviriy san’at, turkiy adabiyotning asoslari yaratildi. Shuning uchun bu davr haqli ravishda Birinchi Uyg‘onish davri deb e’tirof etiladi. Ana shu davrning mahsuli sifatida X asrning oxiri — XI asrning boshlarida Xorazm Ma’mun akademiyasi paydo bo‘ldi. Amir Temur davlatining yuzaga chiqishi nafaqat Movarounnahr, balki butun Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va adabiyoti, ilmu fanining yuksalishi uchun qulay sharoit yaratdi. Bu davlatning ravnaqi tufayli ona yurtimizda ikkinchi madaniy yuksalish sodir bo‘ldi. O‘lkamizdagi “Oltin davr” deb yuritiladigan ikkinchi madaniy yuksalish haqida gapirganda, ko‘z oldimizda nomi ilmu ma’rifat osmonida yorqin yulduz kabi porlagan Mirzo Ulug‘bek siymosi hamda u bunyod etgan Samarqand rasadxonasi va akademiyasi, ularda faoliyat yuritgan benazir olimlar gavdalanadi. Amir Temur va temuriylar davri me’morchiligi namunalari, xususan, Samarqanddagi Shohi Zinda, Go‘ri Amir va Registon majmualari jahon me’morchiligi durdonalari qatorida e’tirof etilgan. Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ulkan ilmiy-ma’naviy meros keyinchalik jadidlar deb atalib, nomlari dunyoga tanilgan ko‘plab ilm-fan, adabiyot va madaniyat arboblarining yetishib chiqishiga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qildi. Buning ma’nosi shuki, tarixiy sharoitlar qanday bo‘lganidan qat’i nazar, xalqimizga xos ulug‘ qadriyatlardan biri — ma’naviy vorisiylik an’anasi hech qachon uzilib qolmagan. Prezidentimizning tantanali marosimda so‘zlagan nutqi ma’naviy-madaniy hayotimizdagi ana shunday burilish nuqtalaridan biri sifatida qaralishi va mamlakatimiz madaniy-ma’naviy hamda ilmiy-texnik taraqqiyotining navbatdagi bosqichi dasturi sifatida qabul qilinishi lozim. Bugun xalqimizning keng muhokamasiga taqdim etilgan Prezidentimizning “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy va madaniy merosini nashr etish, keng omma va yosh avlodga sodda, tushunarli shakllarda yetkazish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, ularning amaliyotga tatbiq etilishi xalqimizni o‘tmishning bebaho merosi va madaniyati durdonalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Xulosa.Malumki , xalqimizda “ beshikdan qabrgacha ilm o’rgan “ degan naql bor. Bu naql bejiz aytilmagan , chunki haqiqatdan ham bizning yurtda qadimdan insonlar ilmga alohida e’tibor qaratishgan. Shu maqsadda bolalarga ham ya’ni insonning yoshlikdan bilim olishiga , zehnini kuchaytirishga , hunar o’rganishiga , ilm marralarini egallashiga katta e’tibor berishgan. Shuning uchun ham bolalarga yoshligidan ertaklar , rivoyatlar , o’g’itlar , dostonlar , she’rlar aytib ularni ilmga qiziqishini kuchayishiga imkon yaratishgan. 5-6 yoshda bolalar bir necha kitobni yod olib , o’sha davr adabiy va mahalliy tilllar bo’lgan turkiy va forsiy tillarni ham bilishgan. Ulg’aygan sari nutqi ravonlashib , ilmi kuchayib borgan. Har bir jumlani chuqur va teran ma’no bilan so’zlashgan . Bunday yutuqlarga erishishda albatta bir tomondan qadimdan ota-bobolarimiz qonidan o’tgan zukkolik , ilmga tashnalik bo’lsa , ikkinchi tomondan esa insonlarning yoshligidan mazmunga boy maqol, matal va hikmatlarni eshitib ulg’ayganining natijasi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ajdodlarimiz qadimdan mana shu narsaga e’tibor qaratishgan va bunda ulkan mazmunga boy hikmatlarning o’rni beqiyos hisoblanadi.
O’rta asr ulamosi Koshifiy “ Har bir ishni maslahat bilan qilishning foydasi ko’pdur . Birinchidan , kengashli to’y tarqamas . Ikkinchidan esa , kishi agar maslahat qilgan ishini amalga oshirolmagan taqdirda ham boshqalar unga ta’na toshini ota olmaydilar va uni ma’zur tutadilar . Uchunchidan esa , bir kishining o’zi tanho bo’lajak ishni atroflicha mushohada qilaolmaydi. Agar ko’pchilik bosh qotirsa , har kimdan biror bir fikr chiqadi va bamaslahat bu fikrlardan eng oqili tanlab olinishiga imkoniyati tug’iladi” deya aytib o’tgan edi. Bundan ko’rinib turibdiki ajdodlarimiz tarixan har bir ishni , hox oddiy ish bo’lsin , hox davlat darajasidagi masalami , qanday bo’lishidan qatinazar maslahat bilan amalga oshirishga katta e’tabor berishgan.
Tish bilan temirga naqshlar solish ,
Tirnoq bilan tog’dan yo’l ocha olish;
Yonib turga o’tga o’zini otish ,
Ko’zning milki bilan cho’g’ terib o’tish,
Yuz tuya yukini yelkaga olish,
Sharqdan g’arbga qadar yugurib yelish,
Barchasi Jomiyga ko’rinar har on
Pastlar minnatini tortishdan oson.
-deb aytgan edi shoir Jomiy. Haqiqatdan ham barcha odam bir xil bo’lmagani kabi inson harakterlari ham xar-xil yaratilgan . Bazida insonlar orasida shunday salbiy harakterga ega insonlar ham uchrab turadi. Jumladan ko’rinib turibdiki o’sha davrlarda ham bunday insonlar bo’lgan ekan. Shoir Jomiy esa bunday insonlardan ehtiyot bo’lishni , ularning gap-so’zlariga qolmaslikni uqtirishga harakat qilgan. Bu
hikmatlar ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan hikmatli so’zlar oldida dengiz suvidan bir tomchi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1.Hikmatlar xazinasi. (Ergash Ochilov)
2.Hikmatlar xazinasi. (Mirzaahmad Azamatov)
3.Hikmatlar xazinasi. (Muhammad Sobir)
4.www.wikipedia.uz
5.www,kitobxon.uz
6.www.ziyouz.com
7.www.mohiyat.uz
8.Ajdodlar merosi.(pdf)





Download 38,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish