Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft
Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft
miya gangliylari va ulardan tana bo‘ylab orqaga ketadigan nerv stvollaridan iborat. Nerv stvollari ko‘ndalang nervlar bilan o ‘zaro qo‘shilib, ortogon sistemasini hosil qiladi.Tananing ikki уonida joylashgan ikkita nerv
stvollari boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan. Nerv stvollaridan
tarqalgan tolalar teri ostida qalin nerv to‘rini hosil qiladi. Sezgi organlari
tana yuzasida tarqoq joylashgan sezgir hujayralardan iborat. Bunday hujayralar skoleksda ayniqsa ko‘p bo‘ladi;
Jinsiy sistemasi germafrodit, so‘rg'ichlilarnikiga o ‘xshash tuzilgan.
Tasmasimon chuvalchanglarning harbirbo‘g imidajinsiy organlar takrorlanadi. Bo‘g‘imlarga bo'linmagan tasmasimonlaming (Caiyophyllaeus))xnsiy sistemasi bitta boladi. Quyida tanasi ko‘p bolg‘imlardan iborat bo‘lgan
qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus) ning jinsiy
sistemasini ko‘ribchiqamiz. Bo‘yindan keyin joylashgan yosh bo‘g'imlaming
jinsiy organlari rivojlanmagan. Bunday organlar tanasining о‘rtaqismida, taxminan 200 segmentdan boshlab rivojlangan boladi. Bu bo‘g'imlarda erkaklik
jinsiy organlari parenximada sochilgan juda ko‘p urug‘donlar; ulardan boshlanadigan urug‘ chiqarish naylai i va naychalar birlashib, hosil qiladigan umumiy
urug‘ yolidan iborat. Uryg‘ yo‘li bo‘g‘im chetidajoylashgan kuyikish organi
ichidan o‘tadi. Kuyikish organi muskulli naydan iborat bo‘lib, u yon tomondagi chuqurcha - jinsiy kloakaga kirib turadi (58-rasm).
Ayirish sistemasi protonefridiy tipidagi buyraklar tana bo‘ylab
o'tadigan ikkita ayirish naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi
qismidan boshlanadi; oldingi bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga
burilib, tanasining keyingi qismiga ketadi va u yerda tashqariga ochiladi.
Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish nay lari o ‘zaro ko‘ndalang
naylar orqali qo‘shilganidan ayirish sistemasi narvon ko‘rinishga ega.
Tananing keyingi tomonida ayirish naylari birlashib kichikroq qovuqni hosil
qiladi. Tasmasimon chuvalchanglar tanasining keyingi yetilgan bo‘g limlari
bilan birga qovuq ham uzilib tushadi; yangi qovuq hosil bo‘lmasdan yon
naylar to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri tanadan tashqariga ochiladi.
Tasmasimon chuvalchanglar teri-muskul xaltasi, tana qoplag‘ichi va
i.egumentining tuzilishi kiprikli chuvalchanglar va monogeneyalarga
o ‘xshash bo‘ladi. Ulardan sitoplazmatik qoplam yuzasida juda ko‘p
o ‘simtalar (mikrotrixiyalar) bolishi bilan farq qiladi. Faqat elektron mikroskopda ko‘rinadigan mikrotrixlar oziqlanish vazifasini bajaradi. Bazal
membrana ostida tashqi halqa muskullar va ichki bo‘ylama muskullar
joylashgan. Ko‘pincha bu ikki qavatga uchinchi halqa muskullar qavati
va orqa - qorin muskul qavati ham qo‘shiladi. Chuvalchanglar parenximasida zaxira modda glikogen to‘planadi.
Tasmasimon chuvalchanglar hazm qilish sistemasi reduksiyaga
uchragan. Ular ichak bo‘shliglida hazm bo‘ladigan oziq moddalami butun tana yuzasi bilan solrib oladi. Mikrotrixlarga ega bo4gan tegument
bunga yordam beradi.