Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy unversiteti Biologiya fakulteti 204-guruh talabasining Umurtqasizlar Zoologiyasi fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:TAROQLILAR ( CTENOPHORA ) TIPI
Bajardi:Yuldashev B
Tekshirdi:Ibragimov Q
TAROQLILAR ( CTENOPHORA ) TIPI
Taroqlilar dengizlarda yakka yashovchi hayvonlar . Ko'pchilik turlari suv qa'rida , boshqalari suv tubida oʻrmalab hayot kechiradi . Tanasi bo'shliqichlilarga o'xshash ikki qavatdan , ya'ni ektoderma va endoder madan iborat . Bu qavatlar o'rtasida mezogleya bo'ladi . Ko'pchilik taro qlilarning yopishuvchi hujayralari bo'ladi . Shaklan o'zgargan kipriklar yordamida harakatlanadi . 90 ga yaqin turlari bitta sinfni tashkil etadi .
Tanasi odatda xaltaga o'xshash bo'lib , uning bir chetida og'iz teshigi ( oral qutbi ) , ikkinchi chetida chiqaruv teshigi ( aboral qutbi ) joylashgan . Tananing asosiy o'qi ana shu ikki qutbi orqali o'tadi . Asosiy o'q orqali ikkita har xil simmetriya yuzasini o'tkazish mumkin . Ana shuning uchun taroqlilarni ikki nurli simmetriyali hayvonlar deyish mumkin . Ammo ko'pchilik organlar ( taroq plastinkalar , radial naylar , jinsiy bezlar ) asosiy tana o'qi bo'ylab 8 tadan joylashadi . Shuning uchun taroqlilarda ikki nurli va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan . Taroqlilarda birin chi marta dastlabki embrion yaproqlari va alohida muskul to'qimasi pay do bo'ladi ; taroqsimon plastinkalar yordamida harakat qiladi . Muvozanat vazifasini maxsus aboral organ bajaradi
Taroqlilar tanasining ikki yonida shoxlangan ikkita uzun paypaslagichlari joylashgan . Paypaslagichlar cho'zilishi yoki maxsus xalta ichiga joylashib olib , qisqarishi mumkin . Paypaslagichlarda joylashgan juda ko'p yopishqoq hu jayralar oʻljasini ushlab turish uchun xiz mat qiladi . Ayrim taroqlilarning pay paslagichlari bo'lmaydi .
Taroqlilar tanasi sirtida oral qutbidan aboral qutbi yunalishida 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan . Har bir taroq plastinka asoslari orqali bir - biri bilan yopishgan qator kipriklardan iborat . Taroqchalami bir me'yorda silkinishi tufayli hayvon harakat qiladi . Mezogleyasi tiniq quyuq moddadan iborat . Mezogleyada muskul hujayralari to'p bo'lib , taroq plastinkalari va paypaslagichlari ostida joylashgan . Hazm qilish sistemasi . Og'iz teshigi ektodermal yassi halqumnga ochiladi . Halqum endodermal oshqozon bilan tutashgan . Oshqozon xalta ga o'xshab halqumga perpendikulyar yo'nalishda yassilashgan . Pay paslagichlari ana shu yuzada joylashganidan tananing bu qismi pay paslagichlar yuzasi deyiladi . Oshqozondan beshta nay boshlanadi . Shu jumladan ikkita uchi berk naylar halqumning ikki yoni bo'ylab og'iz teshi gi tomonga yo'naladi . Bitta ingichka nay aboral tomonga ko'tariladi . Bu yerda ikki marta shoxlanib , to'rtta kalta va ingichka naylarni hosil qiladi . Ulardan ikkitasining uchi berk ; ikkitasi esa ayirish teshigi orqali tashqari ga ochiladi . Oshqozonning yana ikkita nayi ikkita paypaslagichlar yuzasi tomonga ( tana o'qiga perpendikulyar yo'nalishda ) tarqaladi . Ular shox lanib , ikkitadan juft va bittadan toq naylarni hosil qiladi . Ikkita juft naylar yana bir marta dixotomik shoxlangach , sakkizta uchi berk meridional nay larga ochiladi . Meridional naylar taroqsimon plastinkalar ostiga joylash gan . Toq naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi .
Shunday qilib , halqum va oshqozonning yassilashganligi , oshqozondan boshlanadigan naylar va paypaslagichlarning joylashuvi taroqlilarda sim metriyaning ikki yuzasi borligini , ya'ni ular simmetriyasi ko'p nurli emas , balki ikki nurli simmetriyaga yaqin turishini ko'rsatadi . Nerv sistemasi . Taroqlilar nerv sistemasi ektodermada joylashgan nerv to'ridan iborat . Nerv hujayralari taroqsimon plastinkalar ostida tig'iz joylashib , aboral tomonga yo'nalgan nerv zanjirini hosil qiladi . Aboral or gan murakkab tuzilgan statotsistdan iborat . Uning statoliti kalsiy karbon at zarrachasidan iborat bo'lib , kiprikchalarning bir - biriga yopishishidan hosil bo'lgan to'rtta kamarchada osilib turadi . Ustki tomondan statolit qopqoqcha bilan yopilgan . Statolit kamarlaridan chiqadigan to'rtta egatcha dixotomik shoxlanib , sakkizta taroqsimon plastinkalarga keladi . Aboral or gan tana muvozanatini saqlash va harakatni boshqarish vazifasini bajaradi .
Ko'payishi va rivojlanishi .
Taroqlilar - germafrodit hayvonlar ; faqat jinsiy ko'payadi . Jinsiy bezlari kolbasasimon bo'lib , gastrovaskulyar siste masining meridional naylari endodermasi ostida joylashgan . Yetilgan jinsiy hujayralar endodermani yorib meridional naylarga , u yerdan og'iz orqali suvga chiqadi .
Tuxumlari suvda urug'lanadi ; to'liq lekin notekis maydala nadi . Natijada murtakning bir qutbi tez maydalanayotgan mikromerlar dan , ikkinchi qutbi sekin maydalanayotgan makromerlardan iborat bo'ladi . Mikromerlar ektodermani , makromerlar endodermani hosil qiladi . Halqumi birlamchi og'iz - blastopor ektodermasini tana bo'shlig'iga botib kirishi tufayli hosil bo'ladi . Gastral bo'shliq endodermasi hujayralarining bir qismi ektoderma va endoderma orasiga ( ya'ni blastotsel qoldig'iga ) botib kirib butsimon plastinkani hosil qiladi . Bu plastinkadan keyinchalik mezogleya ning hujayra elementlari va paypaslagich muskullari hosil bo'ladi . Shun day qilib , taroqlilarda birinchi marta dastlabki uchlamchi embrion qavati mezoderma kurtaklari hosil bo'ladi . Bu kurtaklar mezogleyaga botib kir gan butsimon plastinkadan iborat . Taroqlilar metamorfozsiz rivojlanadi . Klassifikatsiyasi . Taroqlilar paypaslagichlilar ( Tentaculata ) va pay paslagichsizlar ( Atentaculata ) kenja sinfiga bo'linadi . Ko'pchilik turlari paypaslagichlilarga kiritiladi . Ayrim paypaslagichlilar tanasi yassi tas maga o'xshash uzun bo'ladi . Masalan , zuhro kamari ( Cestis veneris ) ning uzunligi 1,5 m ga yaqin
Ayrim taroqlilarning tanasi tana oʻqi boʻylab yassilashgan bo'lib , ularning suzishi va og'iz tomoni bilan o'rmalashini yengillashtiradi . O'troq yashovchi Tjalfiella taroqlisi yosh davrida boshqa taroqlilarga o'xshash , lekin o'troq yashashga o'tgandan so'ng og'zining o'rta qismi substratga yopishib ketadi ; og'izning ikki cheti cho'zilib , oziq tutadigan uzun nayga aylanadi . Ktenoplana taroqlisining ta roqsimon plastinkalari bor . Paypaslagichsizlarning paypaslagichlari bo'lmaydi . Ularga misol tariqasida shimoliy va Uzoq sharq dengizlarida keng tarqalgan beroyo ( Beroe cucumis ) ni ko'rsatish mumkin . Ular boshqa taroqlilar bilan oziqlanadi . Filogeniyasi . Taroqlilar ayrim tuban tuzilish belgilarga ega . Masalan , kipriklar yordamida harakatlanish xuddi shunday belgilardan deyish mumkin . Rivojlanish davrida mezoderma qavatining hosil bo'lishi esa ul arni chuvalchanglarga yaqinroq ekanligini ko'rsatadi . Ana shu sababdan taroqlilar bo'shliqichlilar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan deyish mumkin .
FOYDALANINGAN ADABYOTLAR RÒYXATI.
O.Mavlonov;Sh.Xurramov;X.Eshova .”Umurqasizlar zoologiyasi” Toshkent 2006