Mirzo ulug bek nomidagi



Download 2,22 Mb.
bet125/257
Sana21.04.2023
Hajmi2,22 Mb.
#930952
TuriУчебник
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   257
Bog'liq
82613 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Shermuhamedova N.A

218

o'tmish, hozirgi zamon va kelajakni o‘z mulohazamizda, ya’ni diskursda birlashtiramiz. M.Fuko diskurslami geterogen, y a ’ni birlashtirib bo'lmaydigan narsalar va hodisalarni birlashtirish usullari sifatida





  1. rganadi. Diskursni tahlil qilishning tartibga solish tamoyillari orasida Fuko quyidagilarni ajratadi: voqea tushunchasi, seriya tushunchasi, muntazamlik tushunchasi va imkoniyat sharoitlari tushunchasi. Voqea ijodga qarama-qarshi qo'yiladi, seriya yagonalikka qarama-qarshi qo'yiladi, originallik o'rniga muntazamlik, ifoda o'rniga - imkoniyat sharoiti paydo bo ‘ladi.



Shu tariqa odatdagi tushunchalar g'ayritabiiy narsalar va hodisalarni tushuntirishga asos bo‘ladi. Avval tarixda shaxsning roli haqida va inson imkoniyatlari doirasini kengaytirgan buyuk allomalar haqida mulohaza yuritgan bo‘lsalar, keyinchalik tarix va jamiyatni, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy institutlami, madaniy qadriyatlami yara­ tuvchi xalq ommasinmg roli haqida ko‘proq gapira boshladilar. Fuko g'oyalar tarixi misolida madaniyatda mazmunning amal qilish jarayo-niga yangicha nuqtai nazarni taklif qildi. Ammo ayni shu mantiqni ijti­ moiy munosabatlaming shakllanishiga tatbiq etish ham o‘rinli bo‘ladi. Diskurs so‘zlar va narsalami alohida yo‘l bilan bog‘laydi, belgilar va ularning ifodalari o‘rtasidagi munosabatlaming andozalarini belgilaydi.

Mishel Fuko (1926-1984) - fransuz strukturalizmi namoyanda-laridan biri. Asosiy asarlari: «So‘zlar va narsalar», «Bilim arxeo-logiyasi», «Nazorat qilish vajazolash», «Seksuallik tarixi».


Fuko ijodida uch davr: 60-yillar - «arxeologik» (bilim arxoologiyailini o'rganish); 70-yillar - «genealogik» (hokimiyat genealogiyasinl o'rganish); 80-yillar - «estetik» (mavjudlik estetikasini


o'rganish) davrlari farqlanadi.




Fuko o'z ijodi markaziga tilni qo'yadi va uni so ‘zlashuvchi odamlarga bog'Uq ho 'Imagan, ontologik nuqtai nazardan bazis xususiyatini kasb etadlgan muayyan borliq sifatida о ‘rganadi. Tilni o'rganishda mazkur darajaga ko'tarilish uchun tushunchalaming konkrct mazmunini «qavsdan tashqari»da qoldirib, «reduksiyalash»ni amalga oshirish talab etiladi. Natijada tildan materialdagi farqlar bilangina bog'liq bo*Igan va nutqda borliqning mutlaq sharti hisoblanadigan «sof struktura»glna qoladi. Shundan kelib chiqib, Fuko madaniyatning tarkibiy tuzilishi va asosiy qatlamlarini aniqlash maqsadida uning rivojlanishi tarixiy jarayonini tiklashga qo‘l urdi.

219


Ijodning birinchi davrida uning bosh maqsadi - bilish va madaniyatning tarixan o‘zgaruvchan asoslarini o‘rganuvchi fan - bilim arxeologiyasini tuzish. Mazkur asoslar u yoki bu davrda hukm suruvchi semiotik munosabat (so‘zlar va narsalar o‘rtasidagi munosabat) tipi bilan belgilanadi. Yevropa tarixida bunday munosabatlaming uch tipi (epistemalar): Uyg‘onish (narsa sifatidagi til), klassik ratsionalizm (fikmi ifodalash vositasi sifatidagi til) va hozirgi zamon (mustaqil kuch sifatidagi til) ajratiladi. Tilning oxirgi modifikatsiyalari shunga olib keladiki, insonning mohiyati haqidagi masala o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. 0 ‘rganish obyekti va subyekti sanalgan mavjudot - «inson» hayot, mehnat va til haqidagi yangi diskursning qo‘shimcha mahsulidir. Fuko gumanitar fanlar boshqa predmetga ega bo‘lishlari lozim, deb hisoblaydi. Uning fikricha, soxta predmet - «inson» tez orada yo‘qoladi va uning o‘mini «inson» tushunchasiga xos boigan subyektivlik va obyektivlikning qarama-qarshiligiga barham berish uchun imkoniyat yaratadigan diskurs egallaydi.





Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish