Mirzo ulug bek nomidagi


«Hokimiyat genealogiyasi»ning vazifasi - turli tarixiy davrlarda insonni



Download 2,22 Mb.
bet126/257
Sana21.04.2023
Hajmi2,22 Mb.
#930952
TuriУчебник
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   257
Bog'liq
82613 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Shermuhamedova N.A

«Hokimiyat genealogiyasi»ning vazifasi - turli tarixiy davrlarda insonni о ‘rganishga nisbatan yondashicvlami belgilovchi bilim-hokimiyat majmualari (hokimiyat strategiyalari va diskursiv amaliyotlar)ni tahlil qilishdir. Fuko fikriga ko‘ra, hokimiyat nafaqat tazyiq o‘tkazadi, balki voqelikni va uni anglab etish usullarini ma’lum darajada yaratadi. Bilim-hokimiyatning hozirgi tipi XVIII-XIX asrlar chegarasida paydo bo‘lgan va to'laqonli nazorat, intizom va me’yorga solish prinsiplariga asoslanadi. Bu taomillaming eng yorqin ifodasi - ijtimoiy institut sifatidagi turma, lekin shunga o‘xshash munosabatlar butun ijtimoiy hayotni qamrab oladi (oiladagi, maktabdagi, klinikadagi munosabatlar va h.k.).

0 ‘z ijodining so‘nggi davrida Fuko individuallashuvga, belgilangan xulq-atvor kodlari va strategiyalari «tizgini»ni uzishga qodir bo‘Igan insonning «erkin» xulq-atvor shakllari va usullarini tahlil qiladi. Seksuallik tarixiga oid materialga tayanib, Fuko hozirgi davrda kodlar va qoidalar axloqi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, bu yerda konkret qilmish axloqi (mavjudlik estetikasi) birinchi o‘ringa chiqadi. Ushbu axloq amaliyot taklif qiluvchi refleksiyalangan muqobillami tanlash sifatida tushuniladi.


Fuko o‘zining aqlsizlik, ijtimoiy fanlar, tibbiyot, turmalar va seksuallik haqidagi kitoblari bilan hozirgi zamon fransuz adabiyotining eng nufuzli mutafakkirlari qatoridan o‘rin oldi.____________________



220


Xabitus tushunchasining tahlili. Sotsiologiyaga Burde kiritgan xabitus (habitus) tushunchasi alohida diqqatga sazovor. «Yaratuvchi sxemalaming o'zlashtirilgan tizimi sanalgan gabitus uni yaratishning alohida sharoitlariga xos bo‘lgan doiradagi har qanday fikrlar, sezgilar va harakatiar bilan erkin ish ko‘rish imkoniyatini beradi, deb yozadi Burde o‘zining «Amaliy mazmun» kitobida. - Gabitusni yaratgan struktura amaliyotni boshqaradi, lekin bu jarayon mexanik-determinisiik yo‘l bilan emas, balki awalboshdanoq uning topqirligi bilan belgilangan majburlash va cheklashlar orqali amalga oshiriladi»1.


Shunday qilib, xabitus - bu amaliyotni boshqaruvchi alohida stixiya. Mazkur stixiya o'z turi va xiliga xos bo‘Igan belgilar orqali tavsiflanishi mumkin emas. Uni genetik yoki ostensiv jihatdan tavsiflashning ham iloji yo ‘q. Xabitus ratsionallikning bir vaqtda amal qilicvchi, muttasil ravishda birikuvchi va parchalanuvchi tiplari to'plamini o'zida ifodalaydi. Nazariya mulohaza yuritish usullaridan birini tozalashga, uni aqliy xulosalar zanjiriga aylantirishga va oxir-oqibat bilimning chiziqli tizimini olishga harakat qiladi. Bu haqiqiy borliq sifatidagi abadiy, o'zgarmas va barkamol borliq g'oyasiga muvofiq keladi. Bu yerda soddalik - murakkablikni o‘lchash va baholash uchun tayanch nuqtasi va mezondir. Bunda o‘lchash va baholash murakkablikni soddalikka nisbatan reduksiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tahlilning odatdagi strategiyasi shuni nazarda tutadi. Jamiyat kommunikativ nazariyasi teskari harakat - soddalikda murakkablikning abstraksiyasinigina ko‘rishni amalga oshiradi. Bu erda murakkablik har qanday soddalikni tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.




Nazariyani amaliyot uchun andoza sifatida tushunishdan voz kechishni birinchi bo'lib Kant taklif qilgan. U amaliy aqlni nazariy aqldan shu m a’noda ustun qo‘yadiki, nazariy aql maqsadlarini aynan amaliy aql belgilaydi. Fransuz ma’rifatchilari nazariy tafakkur kashf etilgunga qadar amaliy fikrlash insonga yashab qolishga yordam bergan, lekin nazariy tafakkur kashf etilgach, o‘z ahamiyatini butunlay yo'qotgan, deb hisoblaganlar. Teskari tezisni isbotlashni Kant boshladi, Gusserl esa oxiriga yetkazdi. Nazariy bilim amaliy bilimning «hayoti»ga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Gap shundaki, amaliy bilim hayot qonunlariga muvofiq mavjud bo‘ladi, u doim vaziyatga moslashib, o‘z shakl-shamoyilini o'zgartiradi. Amaliy bilim o'z-o'zidan kontekstual xususiyat kasb etadi. Tematik bilim esa relevantlikka intiladi.
' Бурдь П. Практический смысл. - М., 2001. - 106 с .

221


Inson hayotida yuz beruvchi hodisalar va jarayonlar uzoq vaqtgacha muayyan ideal sxemalarga muvofiqlik yoki muvofiq emaslik nuqtai nazaridan baholab kelingan. Bunga sarflangan kuch-g‘ayrat amalda erishish moijallangan natijaga muvofiq keladimi, degan savol misol bo‘lishi mumkin. Maqsadlar va vositalaming o‘zaro nisbati - ijtimoiy yoki oqilona harakatlar tahlilining alfa va omegasi. Ammo bu ko‘p darajali voqelikda tahliliy ajratilgan bir yo‘nalish, xolos. U foydali bo‘lsa-da, lekin voqelikni aks ettirmaydi.


Vaqtning nazariy tavsifi xususiyatlarini o‘rganish nazariy va amaliyot o‘rtasidagi alohida mimosabatni aniqlash imkoniyatini beradi. Fan o‘z vaqtiga ega va u amaliyot vaqti bilan muvofiq kelmaydi.




Xabitus va vaziyatning o'zaro nisbati diqqatga sazovordir. U notematik bilimga tematik tus berish konsepsiyasini eslatadi. Bunda vaziyat katalizator sifatida amal qiladi. Xabitus hech qachon sodir etmaydigan xatti-harakatlar ham yo ‘q emas, deb yozadi Burde. Uning aytishicha, bunday xatti-harakatlar sodir etilishi uchun xabitusning yaratuvchilik imkoniyatlari o‘ta aktuallashuviga zamin yaratuvchi alohida vaziyat talab etiladi.



Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish