yerga biz statik jarayonlarni ham (garchi kundalik hayotda bunday qilmasak-da) kiritishimiz lozim»1, deb qayd etadi. Pirovard natijasiga ko'plab omillar ta’sir ko‘rsatuvchi statistik jarayonlar moddiy tizim holatlarining har qanday (o'zgaruvchi va o‘zgarmas) ketma-ketligini anglatadi.
1Карнап P. Философские основания физики. - М., 1971. - 259,348 с.
55
Dinamik qonuniyatlarda dunyoga ilmiy yondashuv namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy ong shakli sifatidagi fanning boshqa bir o'ziga xos xususiyati shundaki, rang-barang fanlar borliqning obyektiv (insondan tashqarida, insonga ham, insoniyatga ham bog'liq bo'lmagan holda) mavjud hodisalari va jarayonlar ini o'rganishni nazarda tutadi. Butun olam tortishish qonuni, kvadrat tenglamalar, kimyoviy elementlar davriy jadvali, termodinamika qonunlari obyektivdir. Ularning amal qilishi fikrlar va kayfiyatlar bilan ham, olimning shaxsi bilan ham belgilan-maydi. Fan o‘z xulosalarini nazariyalar, qonunlar va formulalarda ta’riflaydi. Shu tariqa u olimning o‘rganilayotgan hodisalarga va u yoki bu kashfiyot olib kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy oqibatlarga individual, emotsional munosabatidan tashqariga chiqaradi. Oqilona ilmiy bilim predmetli va shaxssiz obyektivdir. Boshqacha aytganda, fan o‘z predmeti bilan bajaradigan barcha amallar qonuniyatlar va muntazam aloqalar nomidan yangi sifatda amal qiladi.
Obyektivlik doimo ilmiy bilim ideali va uning asosiy mezoni sifatida amal qilgan. Bunda obyektivlik, birinchidan, bilimning o‘z obyekti bilan mos kelishini qayd etuvchi taomil sifatida, ikkinchidan, subyekt va uning bilish faoliyati vositalari bilan bog‘liq barcha narsalarni bilimdan chiqarib tashlash taomili sifatida tasavvur qilingan. Obyektivlikning bu ikkinchi ma’nosi, V.Porus fikriga ko‘ra, Yevropa xristian madaniyati kontekstida insonning gunohkor, «buzuq» tabiati haqidagi tasawurlar bilan bog‘liq bo‘lgan\
Biroq amalda bilimni uni olish jarayonidan ajratish qiyin. Masalan, mikrofizika obyektlari kuzatish vaziyatining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bunga, jumladan, V.Geyzenberg ishora qiladi. F.Girenok obyektivlik tamoyilini quyidagicha ta’riflashni taklif qiladi: dunyo to‘la belgilangan, basharti uning to‘liqligi inson bilan birga, biroq tafakkurdan qat’i nazar shakllangan bo‘lsa2.
Bugungi kunda obyektivlik tushunchasining har xil talqinlarini qayd etish mumkin. Ba’zan obyektivlik bilan umumiy ahamiyatga moliklik va intersubyektivlik bog‘lanadi. Obyektivlik deganda ko‘pincha biron-bir vaziyatda o'zgarmaydigan, bir variantli jarayonlar nazarda tutiladi. Ko‘p sonli mantiqiy, metodologik, falsafiy omillar uyg‘unligi va muvofiqligi sifatidagi obyektivlik haqidagi tasavvur ayniqsa keng tarqalgan. Bunda subyektga bog‘liq emaslik obyektivlikning muhim va asosiy jihati bo'lib
Do'stlaringiz bilan baham: |