Abdurauf Fitrat
(1886 – 1938) arab, fors, rus, turk tillarini mukammal
bilgani holda, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga, o‘zbek
tilining turkiy tillar tizimidagi o‘rnini va bundan keyingi istiqbolini belgilab
berishga intildi. U jonkuyar tilshunos sifatida 20-yillar til siyosati qozonida
qaynadi va turkiy tillarni birlashtirish siyosatining oqibatlarini sezgani holda har
qaysi turkiy tilning umumiy jihatlari bo‘lishi bilan birga, o‘ziga xos xususiyatlari
ko‘pligi, shuning uchun har qaysi turkiy til mustaqil ravishda rivojlanishi va o‘z
xalqiga xizmat qilishi lozimligini angladi. Uning ta’kidlashicha, har bir tilning
boyligi u tildagi so‘zlarning ko‘pligi (kasrati kalimot), yasalish kengligi (undirish
kengligi), bog‘lanish imkoniyati (vus’ati ishtiqoq), qoidalarining mukammalligi
(mukammaliyati qavoid) bilan o‘lchanadi. Turkcha (o‘zbek tili) bularning har
152
uchalasi bo‘yicha ham arab va fors tillaridan qolishmasligi, ayrim o‘rinlarda
ulardan ustun kelishini ta’kidlaydi. O‘zbekcha ekvivalenti bo‘lmagan arab va fors
so‘zlarini o‘zbekchalashtirish asosida, ya’ni o‘zbek tili fonetik va grammatik
xususiyatiga moslashtirish asosida qabul qilishni tavsiya etadi. «Hozirgi
so‘zlarimizdagi arabcha, forschalardan bir nechasi uchun turkcha topilmaydir
desangiz to‘g‘ridir. Biz ham ularni chiqarmoqchi emasmiz. Unlarni olurmiz, lekin
o‘zimizniki qilurmiz. Turkchalashtiramiz. «Qoida»ning turkchasi yo‘qdir.
«Sarf»ning-da turkchasini topolmadik. Ikkisin daxi olurmiz. Lekin siz kabi
«qovoidi sarfiya» demasdan, «sarf qoidalari» dermiz».
Fitratning «O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba» nomli kitobi alohida
qimmatga ega va o‘zbek tilining fonetikasi, sarf va nahvini izchil ravishda
tavsiflovchi birinchi grammatikadir. Ikki kitobdan iborat (sarf va nahv) bo‘lgan
mazkur asar 25 – 30 yillar ichida olti marta nashr qilindi va bir necha yil davomida
maktablarda darslik sifatida qo‘llandi. Ta’kidlash kerakki, o‘zbek tili ko‘p
shevaliligidan yangi o‘zbek adabiy tili qanday bo‘lishi, qaysi shevalarga ko‘proq
tayanmog‘i lozim degan muammo bu davrda muhim masalalardan edi. Fitrat
mazkur muhim masala bo‘yicha fikr yuritib, shahar shevalariga arab, fors tillari
ta’siri kuchli ekani, shuning uchun bu shevalarga emas, balki qishloq shevalariga
tayanish lozimligini bayon qiladi. «...Bizning shaharlarimiz ko‘plab yillardan beri
arab, forsiy adabiyotning hukmi ostida yashaydir. Shuning uchun bizda shahar tili
buzulg‘ondir. Tilimizning sof shaklini daladagi elaymoqlardan ko‘ra olamiz».
Shuning uchun «el-aymoqlar orasida ularning jon ozig‘i bo‘lib turg‘on» dostonlar,
ertaklar, matallar, laparlar, ashula-qo‘shiqlarni xalq og‘zidan qanday talaffuz
qilinsa, shundayligicha yozib olish, ularni sinchiklab o‘rganish va shu asosda
ma’lum ilmiy xulosaga kelish lozimligini ko‘rsatadi. Fitrat yuqoridagi fikrlari
asosida singarmonizmli shevalar o‘zbek adabiy tilining tayanch shevalari bo‘lishi
kerak, degan xulosaga keladi.
Fitrat o‘zbek adabiy tilida 23 ta unsiz fonema mavjudligini ko‘rsatadi. Ular
quyidagilardan iborat: b, l, t, ch, j, x, d, r, z, s, sh, g, f, k, k, g, n, l, m, n, v, x, y.
Ulardan x, h, f fonemalari asl turkcha so‘zlarda kam uchrashi, shuning uchun ham
153
ular asl turkcha emasligini ta’kidlaydi. Fitrat o‘zbek tili unlilar tizimi masalasida
ikki xil fikr yuritadi. 20-yillar boshlaridagi til-imlo qurultoyida so‘zlagan nutqida
o‘zbek tilida oltita unli fonema mavjudligi haqida fikr yuritsa, «Sarf» asarida
to‘qqizta unli haqida bahs qiladi. Singarmonizm qonuniyati so‘z yasalishi va
so‘zlarning morfologik shakliga ham ta’sir etishini, shu qonuniyat ta’sirida
qo‘shimchalar ham yo‘g‘on va ingichka variantlarga ega bo‘lishi, yo‘g‘on variant
yo‘g‘on o‘zaklarga, ingichka variant esa ingichka o‘zaklarga qo‘shilishi, shu
asosda ohangdoshlikning amal qilishi haqida to‘xtaladi. Masalan, sin- o‘zagi
yo‘g‘on bo‘lgani uchun unga qo‘shimchalarning ham yo‘g‘on varianti qo‘shiladi:
sing‘an, sinmoq, siniq
kabi; min- o‘zagi ingichka bo‘lgani uchun unga
qo‘shimchalarning ingichka varianti qo‘shiladi:
mingan, minmak
. Fitrat quyidagi
fonetik sharoitlarda tovush o‘zgarishlari ro‘y berishini ko‘rsatadi: 1)
o‘g‘ul, o‘run,
ko‘ngul, buyur
singari ikki bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilib kelganda,
ikkinchi bo‘g‘indagi tor unlining tushib qolishi bayon qilinadi. Masalan,
o‘g‘lim,
o‘rni, buyruq
kabi; 2) asos qismi «p», «t», «ch», «x», «k», «s», «sh» kabi jarangsiz
undosh bilan tugagan so‘zlarga «d», «g‘», «g» singari jarangli undosh bilan
boshlanuvchi qo‘shimchalar qo‘shilsa, qo‘shimchadagi jarangli undoshlarning
jarangsizlanishi aytiladi. Masalan,
toshtim, ochtim, ekti; boqqa, ochkuchi, oskuchi;
eshitkan, ichkan, teshkan
kabi. Lekin yozuvda jarangli holda yozilishi ta’kidlanadi;
3) «q», «g‘» undoshlari bilan tugagan so‘z asosiga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi
qo‘shilganda «g‘» undoshining «q» ga aylanishi ko‘rsatiladi: tog‘-toqqa, bog‘-
boqqa kabi; 4) «q», «k» kabi jarangsiz undosh bilan tugagan ikki bo‘g‘inli
so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikki unli o‘rtasida qolgan «q», «k»
undoshlarining jaranglilashishi ta’kidlanadi:
tuproq-tuprog‘im, oyoqo -yog‘im,
tilak-tilagim
kabi; 5) nima so‘zining qisqaroq shakli ne so‘ziga uchun, etmak
ko‘makchi so‘zlari qo‘shilganda ko‘makchi so‘zlar boshidagi unlining tushib
qolishi aytiladi:
neuchun-nechun, ne etay-netay
kabi.
Fitrat o‘sha davr adabiy tilining morfologik xususiyatlari haqida gapirar
ekan, -cha, -gina, -g‘ina, -kina, -qina, shuningdek, -chiq, -choq, -chak, -loq
qo‘shimchalari otlarda kichraytirish, erkalash shakllarini hosil qilishini uqtirib
154
o‘tadi:
og‘acha, kitobcha, kelincha, qizg‘ina, qushqina, qizaloq, kelinchak,
qopchiq
kabi.
Uning fikricha, yasama sifatlar quyidagicha hosil bo‘ladi: 1) -li
qo‘shimchasi yordamida: bilimli, otli, oqchali, enli kabi; 2) -siz qo‘shimchasi
yordamida:
oqchasiz, bilimsiz, otsiz
kabi; 3) -ki, -qi, -gi, -g‘i qo‘shimchalari
yordamida:
tashqi, ichki, kechagi, shahardagi, keyingi, burungi
kabi; 4)
sarg‘imtil,
qizg‘imtil, ko‘kimtil
kabi bo‘yoqning kuchsizligini bildiruvchi sifatlar sifatdan -
(i)mtil qo‘shimchasi qo‘shish bilan hosil qilinishi aytiladi. Shuningdek, -ish
qo‘shimchasi yordamida ham yuqoridagi kabi ma’noli sifat hosil qilinishi
ta’kidlanadi. Masalan,
sarg‘ish, qizg‘ish, ko‘kish, oqish
kabi; 5) -ma
qo‘shimchasini qo‘shish bilan «bir narsaning bir turli ishlatilganini bildiradi»gan
sifat hosil qilinadi:
yozma kitob
(yozilg‘on kitob),
bosma kitob
(bosilg‘on kitob),
qo‘shma ot
(qo‘shilg‘on ot) kabi. Bundan tashqari, shaxs oti yasovchi -chi, ismi
foil yasovchi -vchi hamda zamon bildiruvchi -moqchi va -makchi qo‘shimchalari
ham sifat yasovchilar qatorida beriladi:
temirchi, ko‘mirchi, yozuchi, bosuchi;
yozmoqchi, ketmakchi, o‘qimoqchi
. Fitrat sifatlarning kuchaytiruv shakllarini ham
yasama sifatlar qatorida beradi va ular «bir narsaning sifatiga kuch berib aytilgan
so‘zlar» sifatida qaraladi:
oppoq, yop-yolong‘och, qop-qora, qip-qizil
kabi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda numerativ so‘zlar qatorida o‘rganilayotgan
o‘lchov bildiruvchi so‘zlar bilan birga qo‘llaniluvchi sonlarni bir butun holda
o‘lchov sonlari deb hisoblaydi. Masalan,
bir yutum suv, o‘n qop arpa, bir chekim
tamaki, ikki qadoq uzum
kabi birikmalarda
yutum, chekim, qadoq so‘zlari «o‘lchov
otlari»
sanaladi. Ulardan keyin kelgan suv,
arpa, tamaki, uzum
so‘zlari esa o‘lchov
sonlarining sanalmishi hisoblanadi.
Shart fe’li -sa qo‘shimchasi, hozirgi zamon fe’llari -yotir, -moqda hamda -
(y)dir, -(a)dir qo‘shimchalari yordamida ifodalanishi bayon qilinadi va har qaysi
shaklning shaxs-son bo‘yicha paradigmasi beriladi. Masalan, 1 –
yozadir,
yozayotir, yozmoqda
(dir) 2 –
yozaman, yozayotirman, yozmoqdaman
3 –
yozasan,
yozayotirsan, yozmoqdasan
. -(i)l qo‘shimchasi ishtirok etgan fe’llar majhul fe’l, -
155
(i)n qo‘shimchasini olgan fe’l o‘zlik fe’l deyilishi ta’kidlanadi. Masalan,
yuvildi-
yuvindi
.
Fitrat ijodida hozirgi tilshunoslikda yuklama, bog‘lovchi, ko‘makchilar
hamda modal, undov so‘zlar tarkibida o‘rganilayotgan lisniy birliklarning hammasi
Do'stlaringiz bilan baham: |