Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/83
Sana20.05.2023
Hajmi1,87 Mb.
#941637
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Sanskritcha so‘zlar. 
Qadimgi turkiy bitiglarda sanskrit tilidan kirib kelgan 
so‘zlarning rang-barang bo‘lganligi “Qadimgi turkiy lug‘at”ni varaqlash asosida 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tabiiyki, bunda sanskrit tilidan turkiy tilga qilingan 
tarjimalar muhim rol o‘ynagan. Eski turkiy tilda sankskritcha o‘zlashmalar son 
jihatdan kamaygan. Keyingi davrlarga kelib, ularning aksariyati iste’moldan 
muqim o‘rin egallay olmadi. Turkiy tilda saqlanib qolganlari ham deyarli o‘z 
so‘zga aylanish darajasiga yaqinlashgan

änätkäk 
– 
Hindiston, 
nirvan 
– budda 
ta’limotida qutlugʻ yer (TT), she’r nomlari: 
šlok, padak, karant 
(Oltun yorugʻ), 
kavi 
“epos” (SK), 
ačari 
“murabbiy, ustoz (TT), fil (Ahmad Yugnakiy).
Yunoncha so‘zlar
. Eramizdan avvalgi VI – V
asrlar, ya’ni ahamoniylar 
davrida grek karvonlari Buyuk ipak yo‘li, Eron va Markaziy Osiyo orqali 
Hindiston, Xitoy, Oltoy, Janubiy Sibirgacha borib savdo-sotiq ishlari bilan 
shug‘ullanganligi tarixiy manbalarda aks etgan. Shu o‘rinda yana ta’kidlash 
lozimki, turli sohaga oid qadimgi yunon manbalarining arab tiliga tarjima 
qilinganligi ilm ahliga yaxshi ayon. Demak, turkiy tillar so‘z boyligidagi yunoncha 
o‘zlashmalar asrlar mobaynida olib borilgan madaniy munosabatlar va arab tili 
ta’sirida kirib kelgan. Masalan: zumrad, marmar, daftar, dirham, qandil, piyla, 
iqlim singari.
 
Fors-tojikcha so‘zlar
. O‘zbek va tojik xalqlari juda uzoq davrlardan beri 
yonma-yon yashab, bir-birlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatda 
bo‘lib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida ularning tillariga ta’sir etmay qolmadi. 
Natijada, tojik tilidan o‘zbek tiliga ko‘pgina so‘z, so‘z shakllari va turli iboralar, 


40 
qo‘shimchalar kirib kelgan. Shuningdek, o‘zbek tilidan tojik tili va shevalariga 
ham talaygina so‘z va iboralar, affikslar o‘zlashgan. Forsiy so‘zlarning o‘zbek 
tiliga o‘zlashishida quyidagi omillar muhim rol o‘ynagan: a) o‘zbek va tojik 
xalqlarining qadimdan bir (yoki qo‘shni) hududda, bir xil ijtimoiy tuzum, iqtisodiy 
va madaniy-ma’naviy muhitda yashab kelayotganligi; b) o‘zbek-tojik va tojik-
o‘zbek ikki tilliligining (bilingvizmining) keng tarqalganligi; v) tojik va fors 
tillarida ijod qilish an’analarining uzoq yillar davom etganligi; g) Qo‘qon xonligi 
va Buxoro amirligida fors-tojik tilining alohida mavqega ega bo‘lganligi; d) 
adabiyot, san’at, madaniyat, urf-odatdagi mushtaraklik
6

Ma’lumki, IX asr oxiriga kelib, O‘rta Osiyoda arablar hukmronligi susaya 
boshlaydi. Ana shu davrda poytaxti Buxoro bo‘lgan somoniylar davlati barpo 
bo‘ldi. Ismoil Ahmad Samoniy (874-907) va uning avlodlari hukmronligi (999 
yilgacha) davrida dariy tili, ya’ni fors-tojik adabiy tili davlat tili va adabiy til 
sifatida mavqei va ahamiyati ko‘tarildi. Hatto, turkiy qabilalardan bo‘lgan 
G‘aznaviylar va Saljuqiylar ham davlat tili va adabiy til sifatida dariy tilini qabul 
qildilar. Bu davrda fors-tojik adabiyoti rivojlanib, dariy tili she’riyat tiliga aylandi. 
Bu esa o‘z navbatida Movarounnahr va Afg‘onistonda, Ozarbayjon va 
Hindistonning Shimoliy tumanlarida fors-tojik adabiy tili an’anasining keng 
yoyilishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun ham ulug‘ ozarbayjon shoiri Nizomiy 
Ganjaviy “Layli va Majnun” dostonining muqaddimasida o‘z asarlarini ona tilida – 
ozarbayjon tilida yozolmay, fors tilida yozishga majbur bo‘lganini achinish bilan 
ta’kidlagan edi”. Hatto, Navoiy yashagan davrda – Xurosonda ham dastlab fors-
tojik tili
an’anasi kuchli edi. Navoiy zamonida Movarounnahr va Xurosonda 
forsiyning mavqei baland bo‘lgani, turkiyda ijod qilgan adiblar undan andoza 
olgani uchun bu tildan turkiyga so‘z o‘zlashtirishga hech kim monelik qilmagan. 
Shu bois Alisher Navoiyning poetik va ilmiy asarlari so‘z boyligining taxminan 
30-33 foizini arab tilidan kirgan so‘zlar tashkil qiladi. Fors-tojik leksik zlementlari 
18-20 foizgacha boradi. Bahrom Bafoevning yozishicha, Navoiy arab-fors 
tillaridan foydalanganda, ularning turkiy tilga o‘zlashib, singib ketadiganlariga 
6
Жамолхонов Ҳ.А. Ҳозирги ўзбек адабий тили. 2-қисм. –Т.: Низомий номидаги ТДПУ, 2004. –Б. 55. 


41 
ko‘proq murojaat qiladi. Shu bilan birga, shoir har uch tilning imkoniyatlaridan 
foydalanib, yangi ma’noli so‘zlar – neologizmlar yaratadi. Alisher Navoiy yaratgan 
yangi so‘z, yangi ma’nolar turkiy tillar doirasidan chiqib, fors-tojik tilining ham 
lug‘at fondini boyitgan.
Temuriylar davrida hukm surgan til vaziyati va uning Navoiy tiliga ta’siri 
masalasi, turkiy shoirlarning ko‘pchiligi fors tilida ijod qilganligi, ularning o‘z ona 
tilidan ko‘ra forsiyda qalam tebratishining sabablari, fors tilida yozish odat, 
an’anaga aylanganligi haqida “Muhokamatul-lug‘atayn”da quyidagilarni o‘qiymiz: 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish