process not accessible (jarayon mumkin emas).
Dasturning qadam-baqam bajarilishi jarayonini to`xtatish uchun Run menyusidan Program Reset buyrug’ini tanlanadi.
14.10-rasm. Qadamlab bajarishda o`zgaruvchilar qiymatlarini kuzatish
16-BOB. DASTURCHINING KOMPONENTALARI
16.1. Yangi komponenta yaratish
Delphi tili dasturchilarga shaxsiy komponentalarini yaratish, komponentalar palitrasiga joylash xamda boshqa standart komponentalar kabi foydalanishga imkon beradi.
Yangi komponenta yaratish jarayoni quyidagi bosqichlar yordamida amalga oshiriladi:
1. bazaviy klassni tanlash;
2. komponenta modulini yaratish;
3. komponentani testdan o`tkazish;
4. komponentani komponentalar paketiga qo`shish.
Yangi komponenta yaratish jarayonini kasr sonlarni kiritish uchun mo`ljallangan NkEdit komponentasi misolida bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |