Mir Arab madrasasida o’qitilgan diniy darslik va adabiyotlar hamda ularning tahlili.
TDSHI 1- bosqich magistranti
Idiyev Akbar
Biz bilamizki, Mir Arab madrasasi 1530-1539 yillar davomida Buxoro hukmdori Ubaydullaxon tomonidan bunyod etilgan yirik ilm dargohi hisoblanadi. Madrasa binosini milodiy 1530–1536 (hijriy 936–942) yillari shayx Mir Arab qurdirgan. Xalq orasida “Mir Arab” nomi bilan mashhur bo‘lgan bu olimning asl ismi Sayyid Abdulloh Yamaniydir. U yigirma ikki yoshida ilm izlab Samarqandga keladi va Xoja Ahror Valiyga shogird tushadi. Xoja Ahror Valiy vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Muhammad Bakr Sayyid Abdullohni Buxoro amiri Ubaydullaxon bilan tanishtiradi. Tez orada u ilm-ma’rifati bilan el orasida taniladi, hurmat qozonadi. Hozir bilim yurtida yuzdan ortiq talaba o‘qiydi. Ularga yigirma uch nafar malakali mudarris va o‘qituvchi ta’lim-tarbiya beradi. O‘qish muddati to‘rt yil. Madrasani bitiruvchilarga islomshunos, imom-xatib va arab tili o‘qituvchisi mutaxassisliklari bo‘yicha diplom beriladi.O‘quv dasturi Davlat ta’lim standarti talablari asosida tashkil etilgan. Talabalar Qur’oni Karim, hadis, fiqh, Islom tarixi, arab tili, sarf va nahv, shuningdek, ona tili va adabiyot, ingliz tili, fizika-matematika, jug‘rofiya, astronomiya hamda informatika kabi fanlarni o‘rganishadi. Zamon talablariga javob beradigan sinfxonalar, internetga ulangan kompyuter markazi talabalar xizmatida.Madrasa kutubxonasida yigirma mingdan ortiq kitob bor. Ayniqsa, kutubxonaning nodir qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanayotgan manbalar ma’naviy merosimiz durdonalari sanaladi.1
Bu ilm maskani bunyod etilganida to hozirgi kunga qadar diniy sohada ta’lim oluvchilar uchun eng yirik maskanlardan biri sanaladi. Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 10-11 mart sanasidagi Buxoroga tashrifidan so’ng bu ilm dargohi oliy ta’lim muassasasiga aylantirilishi haqida ko’rsatma berilishi bejizga emas edi, shu munosabat bilan bu dargoh 9.06.2017 kuni Adliya vazirligi davlat ro’yxatidan o’tkazilib yangi tartibda o’z faoliyatini yuritishni boshladi, biz ham ushbu maqolada aynan shu dargohda o’qitilgan darsliklar haqida fikr yuritamiz.2
Ushbu ta’lim dargohi tashkil etilganidan buyon asosan diniy (islomiy) bilimlar berish bilan shug’ullangan bunga asosiy sabab, Mir Arab (Bakr Sayyid Abdulloh)ning o’zi aynan din peshvolaridan biri sanalgan, shuningdek bunga turtki bergan ikkinchi omil esa Buxoro islom olamida IX asrdan boshlab “Qubbatul islom” (islom gumbazi) nomi ostida tanilgan (muallif fikri). Bugungi kunga kelib yurtimizda diniy sohada qator islohotlar amalga oshirilayotganligi bu sohadagi ilmlarning tarixiy ildizlarini izlashga undaydi. Jumladan: 2017-yil 14-fevral, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori imzolandi. 2017-yil 27-iyul, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan tafsir, aqida, fiqh, hadis sharhi, tajvid va arab tili fanlaridan onlayn darslar tashkil etildi. 2017-yil 2-avgust. «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.3
Madrasada asosoan islom ilmiga urg’u berilishi asosiy sabab, o’rta asrlardan buyon asriy an’analarga sodiqlik hamda, xalq orasida diniy ilmlarga bo’lgan talab, shuningdek, hayotiy masalalarning aksar qismi diniy ilmlar asosida yechilganligi va unga javob olinganligi bunga asosiy sabab bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |