Miqdorlar orasidagi bog`lanish turlari va ularga oid misollar.
Reja:
Miqdorlar orasidagi bog`lanish turlari
Miqdor tushunchasi.
Bog`lanish reaksiya kuchlari.
Barcha jismlar nazariy mexanikada ikki gruppaga ajraladi.
1. erkin jismlar
2. erkinmas jismlar
Miqdor (falsafada) — obʼyekt ning tashqi koʻrsatkichlari (uning kattaligi, soni, hajmi, xossalarining rivojlanish darajasi va h.k.)ni ifodalovchi tushuncha. Birinchi marta M. masalalarini pifagorchilar taxdil qilishga urinib, sonlar tabiatini oʻrganishgan. Aristotel M.ni alohida kategoriya deb hisoblagan. M. hodisalar, narsalar, jarayonlarning sifati bilan muayyan birlikni tashkil etib, bu birlik ularning meʼyori boʻladi. Narsalarning miqdoriy muayyanligi oʻzgarib maʼlum bir meʼyorga yetishi sifat oʻzgarishiga olib keladi. Yana q. Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuniAgar jism fazoning istalgan yo`nalishda harakatlana olsa bunday jismlar erkin jismlar deb ataladi.
Masalan. Havoda harakat qilayotgan samolyot, shar.
Agar jismning harakati biror yo`nalishda cheklangan bo`lsa, bunday jismni erkinmas yoki bog`lanishdagi jism deyiladi.
Masalan. Relesda turgan vagon stol ustidagi yo`q, osilgan doska va shu kabilar misol bo`ladi.
Relesda turgan vagoning vyertikal yo`nalishdagi harakati cheklangan. Bunda releslar vagon uchun bog`lanish vazifasini o`taydi, vagon esa bog`lanishdagi jismdir.
Bog`lanishning jismga ko`rsatadigan ta’sirini belgilovchi kuchga bog`lanish reaksiya kuchi yoki reaksiya kuchi deyiladi. Bog`lanish jismni qaysi tomonga ko`chishga yo`l kuymasa, reaksiya kuchi usha tomonga qarama-qarshi yo`naladi. Statikadan masala yechishda bog`lanish reaksiyasining yo`nalishini to`g`ri topish katta ahamiyatga ega. Shu sababli bog`lanishlarning asosiy turlarida reaksiya kuchlari qanday yo`nalganligini ko`rib chiqamiz.
1.Silliq qo`zg`almas tekislik ishqalanishni e`tiborga olinmaydigan darajajda silliq bo`lgan sirt odatda silliq sirt deb hisoblanadi. Jism silliq qo`zg`almas tekislik ustida muvozanatda tursa, yoki shu tekislikka nisbatan Harakatlansa, silliq qo`zg`almas tekislik jismni tekislikka perpendikulyar bo`lgan yo`nalishda harakat qilishiga to’sqinlik ko`rsatadi.
Silliq qo`zg`almas tekislikning reaksiya kuchi tekislikka perpendikulyar bo`lib, jism qaysi tomonga Harakat qila olmasa, shunga teskari yo`nalgan bo`ladi. (9-rasm a, b).
9-rasm
Bunda - silliq qo`zg`almas tekislikning reaksiya kuchi yoki normal reaksiya deb ataladi.
Agar jism sirt silliq bo`lmasa, A nuqtada normal reaksiya kuchidan tashqari urinma reaksiya kuchi ham bo`ladi (10-rasm). Bu kuch ishqalanish kuchi deb ataladi.
10-rasm
Bunda -normal reaksiya kuchi
-ishqalanish kuchi
Do'stlaringiz bilan baham: |