Mintaqaviy turizmning konseptual asoslari


III bob bo’yicha xulosalar



Download 0,74 Mb.
bet24/28
Sana16.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#675962
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Mintaqaviy turizmning konseptual asoslari

III bob bo’yicha xulosalar
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yara­tilayotgan shart-sharoitlar va qu­layliklar natijasida mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyoh­lar soni ikki million nafardan oshmoqda. Ayni paytda, respublikamiz­da turizm sohasida 200 mingdan ziyod kishi mehnat qilayotgani, har yili ular safi muntazam kengayib borayotgani to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning kelajakda dunyoning turizm sohasi rivojlangan mamla­katlar qatoriga qo‘shilish uchun astoydil harakat qilayotganidan dalolat beradi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda say­yoh­lik industriyasining jadal rivojlantirilishi bo‘yicha amalga oshi­rilayotgan barcha say-harakat­lar, hududlarning tabiiy va ijtimoiy resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlayotgan mahalliy das­turlar ijrosi yaqin kelajakda o‘z natijalarini berishi shubhasiz. 
Har jihatdan imkoniyatlarga boy bo‘lgan yurtimizning jahon turizmining muhim markazlaridan biriga aylanishida, uning barqaror rivojlanishida davlat hamda ma­halliy dasturlar ijrosi maqsadni amalga oshirishda dasturilamal bo‘­ladi.


XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakatimizda turizm sohasining milliy iqtisodiyotga ta’sirini quyidagi funksiyalarda ifodalash mumkin:

  • milliy foydani yaratish;

  • yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish;

  • davlat byudjetiga valyuta tushumini ta’minlovchi manba;

  • aholi farovonligini oshirish;

  • iqtisodiy infrastrukturaning rivojlanishiga ko‘maklashish;

  • mintaqaviy rivojlanishni tenglashtirish;

  • investitsiyalarni jalb qilish jumladan, xorijiy investitsiyalarni;

  • tibbiy va madaniy yodgorliklardan foydalanishga ko‘maklashish.

Mintaqaviy turizm iqtisodiyotning o‘ziga xos bo‘lgan sohasi bo‘lib, ushbu soha ham boshqa sohalar singari mamlakat iqtisodiyotiga, uning yalpi ichki mahsulotining ko‘payishiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadigan soha hisoblanadi. Hozirgi paytda turizm juda muvozanatsiz holatda rivojlanmoqda.
Mintaqalarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvifaqligi belgilangan: 

  • O‘zbekistondagi muqaddas qadamjolarga ziyorat turizmi yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlarni jalb qilish, bunda logistika, jumladan, charter reyslarni tashkil etish masalalarini hal qilish; 

  • Buxoro va Samarqand shaharlaridagi turizm hududlari tajribasi asosida Urganch, Toshkent shaharlari va Farg‘ona viloyatida turizm hududlari, shuningdek, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tog‘ klasterlarini bosqichma-bosqich tashkil etish; 

  • tashkil etilayotgan turizm hududlari va tog‘ (tog‘oldi) turizm klasterlariga chet el sarmoyadorlarini jalb qilish, shuningdek, yangi mehmonxonalar qurish uchun yurtimizga yetakchi mehmonxona brendlarini taklif qilish yoki mamlakatimizdagi mehmonxona xo‘jaliklarini ular boshqaruviga topshirish. 

  • tadbirkorlik subektlariga yangi mehmonxonalar va turizm infratuzilmasining boshqa inshootlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun uzoq muddatli (15-yilgacha) kreditlar ajratish amaliyotini joriy qilish, bunda kredit va foizlarni qoplash uchun mehmonxonalarning moliyaviy tushumi va mavsumiy sharoitidan kelib chiqadigan talablar taqdim etiladi; 

  • tadbirkorlik subektlariga chet el valyutasidagi mablag‘larni o‘tkazish va soloqlar bo‘yicha imtiyozlar brlgilash; 

Bu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimiz turizm sohasining yanada rivojlanishiga yangi sur’at baxsh etib, unda belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga xorijlik turistlar oqimi va turizm xizmatlari eksportini kengaytirish, tarmoqda yangi ish o‘rinlari yaratish asosida aholining bandlik darajasini oshirish, mehmonxonalar, sayyohlarni joylashtirishning boshqa vositalari va turizm faoliyati subektlari sonining ko‘payishiga xizmat qiladi.
Mamlakatda mintaqaviy turizmning tez sur’atlarda rivojlanishiga erishish uchun Respublika bo‘yicha faqat Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkentga e’tibomi kuchaytirmasdan balki boshqa mintaqalar bo‘yicha ham turizmni rivojlantirishning tegishli chora tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uning ijrosi yuzasidan nazoratni kuchaytirish lozim bo‘ladi. Bunda albatta mintaqalarda turizmning rivojlanishi, turistik resurslardan samarali foydalanish va turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyatini tartibga solib turuvchi boshqaruv organlarining samaradorligini oshirish lozim.
Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlariniga ko‘ra turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi firma va tashkilotlar soni Jizzax va Namangan viloyatlarida atigi 1 tadan ekanligini, ushbu yilda sotilgan turlar soniga e’tibor beradigan bo‘lsak Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida turlar sotilishi ham qoniqarli emas.
Bundan xulosa qilish mumkinki, yuqorida qayd qilingan viloyatlarda turizm sohasi tashkilotlari qoniqarsiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga ushbu viloyatlar hokimliklari o‘z viloyatlarida turizm tadbirkorligini tashkil qila olmaganlar.
Demak, mintaqaviy turizmni rivojlantirish uchun quyidagi dolzarb muammolarning yechimini ishlab chiqish lozim bo‘ladi:

  • turizm boshqaruv organlari tarkibini soha bo‘yicha kuchli bilimga ega bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlash;

  • mintaqalarning turistik resurslarini xalqaro va ichki turizm darajalariga ajratish va ularni mukammal o‘rganib ma’lumotlar bazasini yaratish;

  • hali o‘rganilmagan resurslarimiz ko‘pligi nuqtai nazardan ularni o‘rganib, tavsiflarini yaratib tegishli turistik marshrutlarni ishlab chiqish;

  • turizmi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganib ularning o‘zimizda qo‘llash mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini olib amaliyotga joriy etish;

  • soha bo‘yicha kadrlar bilim va malakalarini oshirish maqsadida xalqaro tajribalar almashinishni yo‘lga qo‘yish;

  • mintaqalarda turizmni rivoj lantirish chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishni jadallashtirish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha doimiy monitoring olib borish;

  • mintaqaviy turizm organlarining mutaxassis kadrlar yetkazib beruvchi o‘quv yurtlari bilan aloqalarini kuchaytirish;

  • xalqaro darajadagi reklama mahsulotlarini ishlab chiqish va turizm bozoriga chiqarish va boshqalar.

Ushbu vazifalarni hal qilinsa mintaqalarda turizmning tez sur’atlarda rivojlanishiga erishishimiz mumikin.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish