Mintaqaviy turizmning konseptual asoslari


II bob bo’yicha xulosalar



Download 0,74 Mb.
bet23/28
Sana16.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#675962
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Mintaqaviy turizmning konseptual asoslari

II bob bo’yicha xulosalar
1. О‘zbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga kо‘tarish borasida, avvalo kо‘hna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bо‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda jahon ahlini hayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos kо‘p. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har bir inson bu shaharlarni о‘z kо‘zlari bilan kо‘rish orzusida yashaydilar. Kо‘p mamlakatlarda О‘zbekiston о‘zining ana shu shaharlari bilan mashhurdir. О‘zbekistonning ana shu tarixiy shaharlarini bemalol “Sharqning javohirlari” deb atash mumkin. О‘zbekistonda mintaqaviy turizmni rivojlantirishda viloyatlardagi imkoniyatlarni о‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
2. Mamlakatimizda turizm sohasini iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy jihatdan jadal rivojlantirish, hududlarning turizm salohiyatidan yanada samarali foydalanish, turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qashqadaryo va Surxondaryo zamini o‘zining boy tarixi, qadimiy osori-atiqalari, o‘tmish yodgorliklari, betakror tabiati bilan soha rivojida muhim o‘rin tutadi. 
3. Mamlakatimizning diqqatga sazovor joylarida turizmni rivojlantirish, sayyohlarga xizmat kо‘rsatishni jahon talablari darajasiga yetkazish maqsadida Ispaniya, Portugaliya, BAA, Yaponiya, Germaniya, Avstriya, Gollandiya, Vengriya, Chexiya, Turkiya kabi qator davlatlar tajribasi о‘rganilib, amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.


III bob. MINTAQAVIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI


Bugungi kunda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan. Turizm – iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o‘zi taqozo etmoqda,
Mamlakatimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo‘nalishlarda keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi yillarda alpinizm, otda, tuyada, velosipedda sayohat qilish, off-road sayyohatlari, baliq ovi, rafting, xeliski, geoturizm, ta’lim turizmi, tibbiy turizm kabi yangi sayyohlik yo‘nalishlari ommalashmoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni1 turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishni ta’minlash, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishda muhim omil bo‘lmoqda. Farmonda belgilab berilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi. O‘tgan qisqa davr mobaynida O‘zbekiston turizm salohiyatini kompleks rivojlantirishga qaratilgan 16 normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ushbu hujjatlar asosida turizm sohasi subyektlariga sezilarli soliq va bojxona imtiyozlari hamda boshqa yengilliklar taqdim qilindi. 
Mamlakatimiz turizm tarmog‘ini Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) talablariga mos kelishini ta’minlash maqsadida turizm terminologiyasi va mehmonxona xo‘jaliklari xavfsizligi talablari bo‘yicha yangi 2 ta davlat standarti ishlab chiqildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bulardan tashqari, Prezidentimizning tegishli qarori bilan hududlarda turizm sohasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Xiva va Shahrisabz shaharlari hokimlarining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi. 
O‘tgan davr mobaynida davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish hamda hududlarning turizm salohiyatini keng targ‘ibot qilishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi. Jumladan, Buxoro va Samarqand shaharlarida sayyohlar uchun kunu tun faoliyat ko‘rsatuvchi, har birining hududi 10 gektardan iborat "Qadimiy Buxoro" va "Samarqand siti" turizm hududlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. 
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron-Angren turizm klasterlari hududlarida mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha komlpeks chora-tadbirlar ishlab chiqildi va bugungi kunda amaliyotga joriy etilmoqda. 
Prezidentimizning 2017 yil 16 avgustdagi “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Qarorga ko‘ra, 2018-2019 yillarda soha oldida turgan muhim masalalar yechimiga bag‘ishlangan alohida dastur tasdiqlandi va uning to‘liq ijrosini ta’minlash va sohada olib borilayotgan ishlarni idoralararo muvofiqlashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashi tuzildi. 
Dastur asosida yuqoridagi kabi alohida turizm hududlari Toshkent, Urganch shaharlarida va Farg‘ona viloyatida tashkil etilishi belgilangan. Shuningdek, dastur doirasida turizmning tibbiy, rekreasiya, agro va ekoturizm yo‘nalishlari bo‘yicha alohida dasturlar qabul qilinishi ham belgilab qo‘yildi. 
Zamonaviy turizm istiqbollaridan biri – noyob tabiiy maskanlar hisoblanadi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ekoturizm eng rivojlangan yetakchi davlatdir. Yurtimiz boy hayvonot va o‘simlik dunyosi, betakror landshaft manzarasi, milliy an’analar va taomlar oshxonasi bilan sayyohlar e’tiborini qozonib keladi. Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i, uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va Chimyon-Chorvoq kurort-rekreasiya zonalarida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik obyektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 
“O‘zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lgan ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan. Ular qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta. Sohani yanada rivojlantirish uchun, avvalo, zarur infratuzilmani takomillashtirish shart. Birinchisi, transport, ikkinchisi logistika”1, deb ta’kidladi Prezidentimiz yig‘ilishda. Davlatimiz rahbari yig‘ilishda har bir yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni Yevropa, Osiyo va boshqa qit’alardan keladigan sayyohlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish, charter reyslar va temir yo‘llarda qatnovlar sonini ko‘paytirish, turizm rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini mukammal o‘zlashtirish, ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlik obyektlarini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 
Mamlakatimizda turizm yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi 5 oliy o‘quv yurti, jumladan, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda o‘ndan ortiq o‘rta maxsus bilim yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlik sohasida ta’lim olayotgan yoshlar, sohada mehnat qilayotgan mutaxassislarning Yevropa hamda Osiyoning yirik sayyohlik markazlari va o‘quv yurtlarida malaka oshirishiga ko‘maklashmoqda. 
Soha istiqbolida yana bir muhim jihat – bu hududlardagi barcha madaniy-tarixiy meros obyektlari, tabiiy o‘lkashunoslik, milliy qo‘riqxona hududlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mintaqalarda turizmni rivojlantirish uchun joylardagi mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilik kuchlarini birlashtirishdan iborat. Bu boradagi izchil ishlarni amalga oshirishda mamlakatimizda mustahkam huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, hududlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan va jarayon izchil davom etmoqda. 
Mamlakatimiz turizm industriyasi jadal rivojlanishida xususiy sektorning ustuvor ishtirokini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozir yuzlab tadbirkor va hunarmandlar turizm sohasiga jalb qilingan bo‘lib, ular suvenir mahsulotlari ishlab chiqarish, mehmonxona xo‘jaligi, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. 
Turizmni rivojlantirishda xorij mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan sayyohlik ko‘rgazma va anjumanlari muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz milliy madaniy merosini chet ellarda ommalashtirish, mamlakatimizga xorijlik sayyohlarni ko‘proq jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlari Madrid, Riga, Berlin, Parij, Tokio, London, Moskva, Istanbul kabi dunyoning yirik shaharlarida qator ko‘rgazmalar tashkil etmoqda yoki xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashmoqda. Bu, albatta, o‘z samarasini berib, xorijiy sayyohlarning yurtimizga oqimi tobora ko‘paymoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi katta turistik salohiyatga ega. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari, BMT qoshidagi YUNESKOning butun Dunyo tarixiy va madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Mamlakatimizda faqatgina tarixiy, madaniy, meyoriy, arxeologik ahamiyatga ega bo‘lgan turistlarni jalb qilish mumkin boTgan ob’ektlar soni 7,0 mingdan ziyodni tashkil qiladi. Ulardan 545 tasi me’moriy, 575 tasi tarixiy, 1457 tasi san’at, 5500 tasi arxeologik obidalardir. Ulardan turistik ob’ekt sifatida qamrab olingani atigi 140 ta. Bu ko‘rsatkich bor- yo‘g‘i 2,0 foizni tashkil qiladi, xolos. Qolgan turistik ob’ektlar, qimmatli obidalar haqida reklama ham, aniq ma’lumotlar ham yetarli emas. Demak, ko‘rinib turibdiki, hali bu borada ancha ishlarni amalga oshirish lozimga o‘xshaydi. Bunda tarixchi, arxiolog, qadimshunos kabi olimlaming ham xizmatlari yetarli bolishi lozim.
O‘zbekistonning turistik salohiyati katta ekanligi bilan birga, ularning ayrim turistik mintaqalari o‘ta diqqatga sazovordir. Masalan, turistlarning ko‘rishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni bo‘yicha Xiva shahari birinchi o‘rinda turadi. Unda 310 ta ob’ekt, ikkinchi o‘rinda Buxoro shahri boTib, unda 221 ta ob’ekt, Toshkent shaharida 144 ta va Samarqandda 118 ta ob’ekt mavjud. Ushbu mavjud turistik ob’ektlardan tashqari yana bir qancha ob’ektlarni birpo qilish mumkin. Birgina Samarqand viloyatini oladigan bo‘lsak, uning Urgut, Omon-qo‘ton, Ohalik, Mironqul kabi manzarali tog‘-daralari borki, bu joylarga piyoda marshrutlarni tashkil qilish mumkin.
Albatta yoz fasllarida shu daralarda odamlar juda gavjum bo‘ladi. Lekin bular o‘z ixtiyori bilan borgan dam oluvchilardir. Tashkiliy tarzda bu tog‘ manzaralariga sayohatlar uyushtirish hamon yo‘lga qo‘yilmagan. Bunday ob’ektlar Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin, Forish tumanlarida, vodiy viloyatlarida, Toshkent viloyatining ko‘plab manzaralari tumanlarida ham mavjuddir. Gap ularni ishga solib, aholi va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun foydalanishda.
Mintaqalarining asosiy belgilarini hamda 0‘zbekiston Respublikasi hududidagi ma’muriy chegaralarni hisobga olgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘rtta: Farg‘ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro, Xorazm va kelajakda rejalashtirilayotgan uchta Jizzax, Qarshi-Termiz, O‘rta-Qoraqalpoq turizm rayonini ajratib ko‘rsatish mumkin. Farg‘ona turizm rayoni respublikaning Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarini qamrab oluvchi sharqiy qismida joylashgan. Tabiiy-iqlimiy sharoitlarning turli-tumanligi ko‘plab turizm ob’ektlari bilan birgalikda bu mintaqadan o‘quv-sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish maqsadida foydalanish imkoniyatini beradi. Arxeologik va me’morchilik yodgorliklar, sanoat komplekslari va xalq xunarmandchiligi Farg‘ona hududida turizm kompleksini shakllantiruvchi asosiy turizm ob’ektlaridir. Tumanda Sux daryosi yoqasidagi Sariqurg‘onda, Oydinko‘l ko‘lida, Andijonning janubiy-sharqida «Bog‘ishamol», Karkidon suv omborida tabiiy dam olish hududlari tashkil qilingan. G‘oyatda qulay tabiiy imkoniyatlar, daryolar, ko‘llar va suv omborlarining ko‘pligi tog‘- iqlim sharoitlari bilan birgalikda tumanni katta maydondagi yagona turizm hududiga aylantiradi.
Farg‘ona tumanidan turizm maqsadlarida foydalanishga temir va avtomobil yo‘llarining keng tarmog‘i mavjudligi yana bir qulaylik tug‘diradi va b u tumanning hamma joyida turizm va dam olish bazalarini joylashtirishga imkon beradi.
Toshkent turizm rayoni Toshkent viloyatini qamrab oladi. Bu tuman turizmning barcha turlari uchun universal imkoniyatlarga egadir. Toshkent turizm rayonining diqqatga sazovor bo‘lishidagi muhim omili uning boy landshaftli tabiati, rang-barang o‘simliklar va hayvonot dunyosidir. Tumandagi Tuyabug‘iz va Chorvoq suv omborlarida dam olish hududlari tashkil etilgan. «Chimyon» kompleksi bazasida tog‘-piyoda va tog‘-changi turizmi yetarli rivoj langan. Yaxshi tarmoqlangan avtomobil va temir yo‘llari Toshkent turizm rayonining turizm markazlarini bir-biri bilan bog‘laydi va shahar atrofidagi temir yo‘l va avtomobil turizmning rivoj lanishiga imkon yaratadi.
Samarqand-Buxoro turizm rayoni Samarqand, Buxoro va qisman Navoiy viloyatlari hududini o‘z ichiga oladi. Bu tumanda turizmning rivojlanishi Samarqand va Buxoroning butun dunyoga mashhur me’morchilik obidalari asoslangan. Cho‘lning issiq iqlimini hisobga olgan holda yagona bosh reja asosida bunyod etilgan Navoiy shahri ham ta’limiy ahamiyatga ega. Tumanning geografik joylashuvi turizmni rivojlantirish uchun juda qulaydir. Zarafshon daryosi bo‘ylab o‘tkazilgan temir yo‘l, keng rivojlangan shosse yo‘llari tarmog‘i, Zarafshon orqali unchalik baland boTmagan dovonlar va yaxshi suqmoqlaming mavjudligi tumandan turizm maqsadlarida foydalanishni g‘oyatda osonlashtiradi.
Xorazm turizm rayoni O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy qismida, Amudaryoning chap qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, Xorazm viloyatining hududini egallagan. Tumandan turizm maqsadlarida foydalanish asosan Ichanqal’a me’morchilik qo‘riqxonasida joylashgan Xiva tarixiy-me’morchilik yodgorliklariga asoslanadi. Ko‘plab tarixiy madaniy yodgorliklari butun rayon bo‘ylab joylashgan. Xivadan janubi-sharq tomonda Sho‘rko‘l ko‘li bor. Rayondagi taraqqiy etgan aloqa yotlari tizimi kelajakda bu yerda rayon va rayonlararo ahamiyatga ega bo‘lgan turli xil turizm marshrutlarini o‘rnatishga imkon beradi.
Jizzax turizm rayoni Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududlarini o‘z ichiga oladi. Mazkur rayonning transport bilan yaxshi ta’minlanganligi va unda tabiiy resurslarining mavjudligi undan turizm maqsadlarida foydalanish istiqbollarini belgilab beradi. Bu yerda shu yerlik va yaqinda joylashgan turizm rayonlari aholisi uchun mo‘ljallangan dam olish kunlari marshrutlarini va qisqa muddatli dam olishni tashkil qilish mumkin.
Qarshi-Termiz turizm rayoni Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlaridan iborat. Shahrisabz, Qarshi va Termiz shaharlaridagi arxeologik va tarixiy-arxeologik yodgorliklar, Kitobdagi astronomik kenglik, Dendropark rayonida turizmni rivojlantirishning asosini tashkil qiladi. Qashqadaryo, Surxondaryo, amudaryo qirg‘oqlarida, Chimqo‘rg‘on, Pachkamar va Janubiy Surxondaryo suv omborlarida turizm va dam olish maskanlarini yaratishning istiqbollari bor. Hisor tog‘ tizmasi yonbag‘irlarida tog‘ turizmi bazalarini joylashtirish mumkin.
Kelgusida O‘zbekistonning yana bir O‘rta Qoraqalpoq rayonini ham o‘zlashtirish mumkin. Bu hududni o‘zlashtirish kommunikatsiyalar qurish uchun katta kapital mablag‘larni, katta hajmdagi obodonlashtirish ishlarini talab qiladi. Bu yerda Tuproqqal’a, Burgutqal’a, Gildursun qal’alari, Qiyot shahri kabi ekskursiya ob’ektlari joylashgan. Bu arxeologik yodgorliklar qadimgi Xorazm sivilizatsiyasiga oid bo‘lib, ta’limiy turizm resurslari sifatida tarixiy-me’morchilik ahamiyatiga ega bo‘lgan Xorazm turizm rayoni bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu yodgorliklar majmuasiga borish uchun bu hududda yaxshi transport yo‘llari mavjudligi ularni Xorazm rayonining turizm resusrslariga kiritilishini taqozo qiladi.
O‘zbekistonda turistik hududning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan yangicha nazariy yondashuvlarni ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj, dunyo tajribasini o‘rganib chiqishni talab etmoqda. Ushbu muammoga oid ilmiy ishlarda hududiy raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha turli xil nazariy qarashlar mavjud. Bu borada to‘plangan nazariy va amaliy tajribalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, innovatsion yondashuvlarga asoslangan hududiy klasterlar hudud raqobatbardoshligini oshirishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Prezidentimiz tomonidan 2017 yilning 30 iyunida qabul qilin­gan “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘­risi­da”gi farmoni1 mazkur yo‘nalishdagi dolzarb masalalarni hal etishda mu­him ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir­ga, O‘zbekiston turizm bo‘yicha xal­qaro yarmarkalarning doimiy ishtirokchisi ekanligi, Toshkent shah­rida har yili muntazam o‘tkazilayotgan «Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab turizm» xalqaro yarmarkasi o‘zbek turizmi imkoniyatini, uning ma’lum bir qir­ralarini namoyish etmoqda. Shunday ko‘rgazmalar jahon turistik kompaniyalarini mamlakatimizda turizm­ning rivojlanishi bilan yaqindan tanishtirish va hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishi uchun zamin yaratadi. 
 O‘zbekistonda transport kommunikatsiyalari va infratuzilmalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli, so‘nggi yillarda qiymati uch mlrd dollarlik investitsiyalar hi­so­bidan uzunligi 2600 km bo‘lgan za­monaviy avtomobil yo‘llarini qu­rish va rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, kempinglar, ovqatlanish va mai­shiy xizmat ko‘rsatish maskanlaridan ibo­rat ko‘plab yo‘lbo‘yi infratuzilma obektlari barpo etildi. Jumla­dan, samarali faoliyat ko‘rsa­tayotgan 11 ta xalqaro aeroportda eng zamonaviy avialaynerlar, tezyurar poyezdlar tu­ristlarga o‘z sayohatla­rini tez, qulay va xavfsiz tashkil etish imkonini bermoqda.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish