Hisor rayoni 1983-yilda tashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv vazirligiga qarashli, absolyut balandligi 1150-4349 m. bo‘lgan, 870 xil o‘simlik, 140 xil hayvonot olamiga yega, maydoni 80,9 ming ga bo‘lgan Hisor davlat qo‘riqxonasi mavjud. Bu rayonda yekoturlarni mahalliy aholining madaniyatini aks yettiruvchi "Boysun" yetnografik folklor ansambli chiqishlari bilan uy g‘unlikda olib borish sayohlarni o‘ziga ko‘proq jalb qilish imkoniyatini beradi.
Surxandaryo ekoturistik rayonida Ko‘hitang tog‘li hududda 1987-yilda tashkil yetilgan, 53,7 ming ga maydonda 800 xil o‘simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan «Surxon davlat qo‘riqxonasi» mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning o‘ziga xos rayonlaridan biri, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko‘p oylarida yekoturlar uyushtirish imkoniyati bor. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda yekoturizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yetarli, imkoniyatlar katta. Yekoturni yilning barcha fasllarida o‘tkazish va uni tarixiy, diniy turizm bilan qo‘shib olib borish mumkin.
Toshkent shahriga yaqin bo‘lgan Xumson-Oqtosh zonasining turistik salohiyati tur mahsulot xizmatlarining narxi uncha baland yemasligi va xududning katta imkoniyatlari bilan farqlanadi. Xumsonga qilinadigan tashriflarning o‘rtacha soni har mavsumda 10 ming kishiga yetadi, Xumsonning-Oqtosh zonasiga bir kunlik tashriflarni ham qo‘shib hisoblaganda kamida 120 ming kishiga yetishi mumkin.
Xumson xalqaro turizm yo‘nalishida kam tilga olinadi. Chet yel sayohatchilari bu yerlarga faqat Toshkentga qilgan tashriflari doirasida kelishadi (ularning ulushi atigi 2% ni tashkil qiladi, bo‘lish muddatlari 2 kungacha). Bu hol xalqaro miqiyosda reklama ishlari hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligini anglatadi. Shu bilan birga, Xumson-Oqtosh turistik zonasiga qiziqish bildiradigan mahalliy turoperatorlar mavjud. Masalan, Asia rast, Yecosan tour, Yelena tour, AST, Ark-Osiyo firmalari shular jumlasidandir. Xumson-Oqtosh zonasi bo‘yicha tavsiya qilinadigan turistik mahsulot yo‘nalishlari:
Yuqorida ko‘rsatilgan marshrutlar o‘tkazish uchun eng qulay vaqtlar:
trekkinglar-aprel-iyun oxiri va sentyabr-oktyabr o‘rtalari;
tog‘larga chiqish-may-sentyabr;
suvda sayr qilish-may-iyul;
otda sayr qilish iyun-iyul va sentyabr-oktyabr;
iznes iva sayr qilish-may-oktyabr;
paraglayding va deltaplenerlik-may-oktyabr;
tog’ chang‘isi va taxtalari (snoubording)-yanvar-mart oxiri.
Do'stlaringiz bilan baham: |