Milliy parklar – bu tabiiy landshaftni har taraflama muhofaza qiluvchi va dunyoning ko‘plab davlatlari yekoturizmda foydalanayotgan, biri-birini quvvatlab kelayotgan tabiiy majmualardir. Hozirgi vaqtda dunyoda 3,4 ming milliy parklar mavjud.
Tabiat qo‘riqxonalarining tabiatidagi umumiy jozibador, betakror ko‘rinishlarining reklamasini ishlab chiqishda ham turizm bozori, turizm haridori talab qiladigan shartlari bor. Ular quyidagilar:
tabiat qo‘riqxonalarida yekoturizm so‘qmoqlari, marshrut yo‘llari atrofida o‘zgaruvchan tabiiy landshaft uchastkalari ajratiladi (archali soy, qoyatoshli dara, tog‘ yoki soydagi buloq, tekis o‘tloqzor va h.k.).
agar tabiat qo‘riqxonasi tog‘larda joylashgan bo‘lsa qo‘riqxona hududidagi soylar, daralar ko‘p bo‘lib o‘simliklari, rel’efi tuzilishi bo‘yicha o‘xshash bo‘lsa, bu ko‘rinishlardan yeng jozibadori, betakrori reklamaga olinadi.
qo‘riqxonalarimizning tashkil qilinganiga 60 yillardan ko‘proq vaqt o‘tdi. Shuning uchun ham ko‘plab qo‘riqxonalarimizda 100, 200 hatto ming yillik daraxtlar bor. Anashu daraxtning hozirgi ko‘rinishi va xalq so‘zlari bilan ifodalanadigan qisqacha tarixi bilan tabiatning umumiy ko‘rinish reklamasiga alohida rasm va lavhalar bilan qo‘shiladi.
agar tabiat qo‘riqxonasida bir necha tabiat lanshaftlari bo‘lsa har bir tabiat landshaftlaridan yeng chiroyli ko‘rinishlari reklamada berilishi kerak.
O‘zbekistonda yekologik sayohatni rivojlantirish borasida mahalliy aholini jalb qilish loyihalari ishlab chikilmoqda. TASIS tashkilotining moliyalashtirishga asosan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston davlatlari davlatlararo G‘arbiy Tyan-Shan bioxilmaligini saqlash bo‘yicha loyiha tuzdilar. Bu Nurota-Qizilqum tabiatni muhofaza qilish kompleksida, ruxsat yetilgan jonivorlarni ov qilish faoliyatidan daromad keltirib va bu jonivorlarning ko‘payishini va tiklashga yordam beradigan harajatlarga ishlatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining mutaxassislari O‘zbekistonning ekoturistik rayonlari haritasini ishlab chiqishgan. Haritaga muvofiq, butun mamlakatimiz hududi XIV ekoturistik rayonga ajratilgan. Har bir ekoturistik tumanga ekoturistik zona deb ham qarash mumkin. Ular jumlasiga Ustyurt, Orol va Orolbo‘yi, Amudaryo, Qizilqum, Nurota, Zarafshon, Aydarkul, Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron, Farg‘ona, Turkiston, Qashakadaryo, Hisor, Surxondaryo ekoturistik rayonlari kiritilgan.
3-rasm. O‘zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari
Har bir rayon o‘zining ekoturistik holati, imkoniyatlari, shart-sharoitlari va rivojlanish istiqbollari nuqtai nazaridan ajralib turadi. Masalan, Ustyurt ekoturistik rayonini oladigan bo‘lsak, u O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy Qoraqolpog‘istonda joylashgan plato bo‘lib, uning umumiy maydoni 200 ming km2 ni tashkil yetadi. Bu joylar dunyoda yeng katta va yagona 60-150 metrlik tik qoyali jarlari, davolash xususiyatiga yega bo‘lgan juda katta-1000 km tuzli Borsakelmas sho‘rxoki bilan mashhur. O‘simlik qoplami siyrak, osh tuzi va balchiqli tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi qurib bitkazilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi aynan ana shu tuzlar hisobiga ishlaydi. Neolit davridan qolgan «Ustyurt makoni» ham noyobdir. Unda 60 ga yaqin qadimiy odamlar yashagan tabiiy ob’ektlar aniqlangan. Ularning ichida ham tarixiy, ham ekoturistik ahamiyatga moyil «Tempa» makoni bo‘lib, undan Xorazm arxeologiya yekspeditsiyasi qadimiy mehnat va ov qurollarini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |