Xitoyda tiklanadigan energiya ishlab chiqarish quvvatlarini o'rnatish va elektroenergiya ishlab chiqarish istiqbollari
Maqsadli ko‘rsatkichlar
14-besh yillik
15-besh yillik
16-besh yillik
Tiklanadigan energiya ishlab chiqarish quvvatlarini o'matish, GVt
Jami
1481
2718
4108
Gidro
386
438
455
Shamol
507
1109
1763
Quyosh (fotoelektrik)
532
1109
1825
Quyosh (issiqlik energiyasi)
4
9
11
Biomassa energiyasi
51
54
54
Tiklanadigan energiya manbalari hisobidan elektroenergiya ishlab chiqarish, TVt-soat
Jami
3662
6416
9308
Gidro
1397
1576
1625
Shamol
1347
3160
5053
Quyosh (fotoelektrik)
694
1448
2393
Quyosh (issiqlik energiyasi)
11
22
28
Biomassa energiyasi
214
210
210
Transport. Xitoyning jadal sur’atlarda o'zgarayotgan transport modeli “yashil iqtisodiyot” strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xitoy tezyurar ternir yo'llar tarmog‘i, métro tizimi va elektromobillar sonining o'sish mur’atlari bo'yicha jahonda yetakchi mavqeyga ega. Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yiida Xitoyda ishga tushirilgan tezyurar ternir yo'llar tarmog'i 30 000 kilometrga etdi. Bundan tashqari mamlakatda elektromobillar savdosi 2017 yildayoq 500 ming donadan ortib ketdi. Bu ko‘rsatkich AQSh va Yevropada 200 ming dona atrofida saqlanib qolmoqda. Xitoyda 300 milliondan ortiq avtomobillar ro'yxatdan o‘tkazilgan. Shuningdek, 2050 yilga qadar yo'lovchi tashiydigan avtomobil transport to‘liq elektrlashtiriladi va elektromobillar soni 400 milliondan oshib ketadi.
Urbanizatsiya.Prognozlarga muvofiq Xitoyda shahar aholisi ulushi 2050 yilga qadar 60%dan 80%gacha ko'payadi. Bu boradagi muhim jihat mamlakatda yangi shahar modeli - eko-shaharlar tizimini joriy etishga aiohida e’tibor qaratilayotganligi bilan bog‘liq. Bunday shaharlar yuqori energiya samaradorlikka egaligi bilan bir qatorda jamoat transport! tarmog‘ining rivojlanganligi, uy-joylarni qurishda yashil zonalami optimal joylashtirilganiigi bilan ajralib turadi. Pekin shahrining janubida joylashgan yo‘ldosh shahar Syun’an’ shunday shaharlar qatoriga kiradi. Tyanszin va Xaynan kabi eko-shaharlar esa ekologiyaga zarar keltiruvchi transport vositalaridan butunlay voz kechmoqchi. Xitoyda yaqin istiqbolda 250 dan ortiq eko-shaharlar barpo etish rejalashtirilgan.
Xitoy yaqin istiqbolda jahonda barqaror rivojianishni “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida ta’minlash tendensiyalarini belgilab beradigan mamlakatga aylanishi shubhasiz.
Мavzu: MDH mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish
strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari Rossiya MDH. MDH mamlakatlari “yashil iqtisodiyof’ga o'tish masalasini jahon tendensiyasiga hamohang hal etishga harakat qilishmoqda. Ushbu mamlakatlarda iqtisodiyotni “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida rivojlantirishda umumiy va o'ziga xos xususiyatlar ham mavjud. Bunda dunyo hamjamiyatining tarkibiy qismi sifatida global moliyaviy inqiroz sharoitidan iqtisodiyotning energiya sig'imkorligi drarajasini pasaytirish, iqtisodiyotni yangi texnologiyalar asosida modemizatsiyalash orqali chiqib ketish, Ming yillik rivojlanish maqsadlari, Barqaror rivojlanish maqsadlari, Parij bitimi ko'rsatkichlariga erishish kabi umumiy xususiyatlarni ajratib ko'rsatishimiz mumkin.
MDH mamlakatlari ni ng aksariyati iqtisodiyotning energiya sig'imkorligi va CO2 gazini atmosferaga chiqarish intensivligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyo reytingida birinchi o'ntalikdan joy oigan (9.3.l.l-jadval).
MDH mamlakatlarining barchasi “Barqaror rivojlanish milliy dasturlari”ga ega va Parij bitimini ratifikatsiya qilishgan. Shuningdek, MDHning aksariyat mamlakatlarida (Qozog‘iston, Belarus, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ukraina) “yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirishning maqsadli dasturlari qabul qilingan. Ushbu dasturlaming ayrimlarida iqtisodiy resessiya sharoitida resurs va energiya samaradorligi yuqori texnologiyalami joriy etish orqali iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlash, ba’zilarida ekologik muammolami hal etish, boshqalarida esa energetika sohasini modemizatsiyalashga ustuvorlik berilmoqda. Rivojlangan mamlakatlardan farqli ravishda MDH mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot” asosida barqaror rivojianishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish jarayoni hali boshlang'icb bosqichida turibdi.