Germaniyada tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi va energiya iste’motining maqsadli ko‘rsatkichlari2S3
|
Holati
|
Maqsadli ko’rsatkichlar
|
2018
X-
|
2019 y-
|
2020 _y-
|
2030 y-
|
2040 y-
|
1 2050 y.
|
Tiklanadigan energiya uiushi, ?'
|
|
Pirovard energiya iste’moli
|
16,5
|
17,5
|
18,0
|
30,0
|
45,0
|
60,0
|
Energiya quvvatlari
|
37,8
|
42,1
|
kamida 35,0
|
65,0
|
65,0
|
kamida 80.0
|
Lssiqlik energiyasi iste’moli
|
14,3
|
14,5
|
14,0
|
|
|
|
Transport sektori
|
5.6
|
5,6
|
10,0
|
|
|
|
Etierg
|
iya samaradorligi va iste’mol
|
Birlamchi energiya iste’moli (2008 yilga nisbatan %)
|
-8,9
|
-10,8
|
-20
|
-30
|
...
|
-50
|
Energiya ishlab chiqarish unumdorligi, %
|
1,0 (2008- 17 yy.)
|
...
|
2,1 (2008-2050 yy.)
|
Jami elektroenergiya iste’moli (2008 yilga nisbatan %)
|
-4,3
|
-6,7
|
-10,0
|
|
|
-25,0
|
Qurilishda birlamchi energiyaga talab (2008 yilga nisbatan %)
|
-25,1
|
...
|
|
|
|
-80,0
|
Qurilishda issiqlik energiyasiga talab (2008 yilga nisbatan %)
|
-6,9 (2017 y)
|
...
|
-20,0
|
|
|
|
Transportda pirovard energiya iste’moli (2005 yilga nisbatan %)
|
6,1
|
...
|
-10,0
|
|
|
-40,0
|
Germaniyada “yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirish COVID-19 pandemiya inqiroziga qarshi kurash dasturiarining ustuvor yo'nalishi sifatida baholanmoqda. Germaniya Iqtisodiyot va energetika, atrof muhit, tabiatni muhofazalash va yadro xavfsizligi kabi vazirliklari mutaxassislari “iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari iqlim o’zgarishlarining oldini olishga ko'maklashishi zarur. Iqtisodiy va iqlim siyosati o'zaro bog‘liq bo‘lishi” zarurligini ta’kidlashmoqda211.
Germaniya hukumatining 2020 yil iyun oyidaqabul qilgan pandemiya inqiroziga qarshi kurash dasturida “yashil o‘sish”ni ta’minlash masalasi markaziy o‘rin egallaydi. Pandemiya inqiroziga qarshi kurash dasturining umumiy qiymati 130 mlrd. yevroni tashkil etgani holda iqlim o’zgarishlari va energetika siyosati uchun 50 mlrd. yevro miqdorida mablag* ajratish rejalashtirilgan: Germaniyani vodorod ishlab chiqarish sohasida yetakchi mamlakatga aylantirish strategiyasi (9 mlrd. yevro); tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirish sohalarini kengaytirish, dengizda shamoldan energiya olish miqdorini oshirish; quwatlash stansiyalari infratuzilmasini rivojlantirish vaakkumlyatorlar ishlab chiqarish (2,5 mlrd. yevro); binolami qayta ta’mirlash dasturlari (2 mlrd. yevro); avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun investitsiyalar (2 mlrd. yevro); ilmiy-tadqiqot va tajriba konstuktorlik ishlarini moliyalashtirish (1 mlrd. yevro); energetika tizimi sektorini raqamlashtirish va o‘zaro bog'liqligini kuchaytirish bilan bog’liq tadqiqotlami kengaytirish (0,3 mlrd. yevro).
Germaniya “yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirish va “yashil o‘sish’’ni ta’minlashda aniq amaliy loyihalarni hayotga tatbiq etayotgan mamlakatlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Koreya Respublikasida “yashil iqtisodiyof’ga o‘tish omillari va rivojlanish istiqboilari
“Yashil o‘sish” yo’lini birinchilardan milliy strategiya sifatida tanlagan mamlakatlardan biri Koreya Respublikasi hisoblanadi. Ekologik sof iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirishda davlat yetakchi mavqeyga ega. Koreya Respublikasining “yashil iqtisodiyof’ga o‘tish strategiyasining maqsadi — energiya resurslaridan foydalanish, barcha turdagi energiya va resurslaming atrof muhitga ta’sirini qisqartirish, investitsiyalami tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga yo‘naltirish va iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish barobarida mamlakatning iqtisodiy ishlab chiqarish imkoniyatlari miqyosini saqlab qolish hisoblanadi.Koreya Respublikasining “yashil iqtisodiyof’ga o'tish tashabbusi 2008-2013 yillarda mamlakat Prezidenti Li Men Bak tomonidan ilgari surilgan. 2009 yilda issiqxona gazlari emissiyasini 2030 yilga qadar 30%ga qisqartirish rejasi qabul qilindi va 2009-2012 yillarda “yashil" tashabbus maqsadlari uchun mamlakat yalpi ichki mahsulotining 3%i miqdorida mablag1 ajratildi.
Koreya Respublikasining “yashil iqtisodiyot” strategiyasi quyidagi tarkibiy qismlarga ega:
atmosferaga chiqarlayotgan issiqxona gazlari miqdorini qisqartirish va iqlim o'zgarishlariga moslashish;
“yashil texnologiyalar’ga asoslangan yangi quvvatlami ishga tushirish;
aholining hayot tarzini “yashiilashtirish” orqali turmush darajasini oshirish va respublikani “yashil iqtisodiyof'ga ega namunaviy mamlakatga aylantirish.
Koreya Respublikasi “yashil iqtisodiyot" dasturi quyidagi maqsadlar va unga mos ko'rsatkichlarga erishishni nazarda tutadi:
energetika mustaqilliligiga erishish;
energetik tejamkor jamiyatga o'tish;
v) qayta tiklanadigan energiya manbalarini o'zlashtirish;
g) to‘liq energiya ta’minotiga erishish;
d) yashil texnologiyalami rivojlantirish asosida iqtisodiy o'sishga erishish va ish o‘rinlarini yaratish.
Koreya Respublikasi 2011 yildan ekologik innovatsiyalar yordamida i sill ab chiqarilgan tovarlar iste’moli (“yashil iste’mol'’)ni rag'batlantirish maqsadida “yashil to‘lov kartalari” tizimini joriy qildi. Ushbu kartalar yordamida “yashil” tovar va xizmatlar iste’moli, shaxsiy transport o'rniga jamoat transportidan foydalanish, energiya samaradorligi yuqori bo'lgan tovarlardan foydalanish darajasini hisobga olish mumkin. Aholi ekologik mahsulotlar xarid qilish, jamoat transportidan foydalanish yoki naqd puldan voz kechish orqali balllar yig'adi. Keyinchalik jamg‘arilgan ballami kommunal xizmatlami to‘lash yoki xayriya maqsadlarida ishlatishi mumkin bo‘ladi.
Koreya Respublikasida “yashil o‘sish” dasturi rasmiy jihatdan e’lon qilingan kundan boshlab "‘yashil biznes” sezilarli darajada rivojlana boshladi. Mamlakatdagi deyarli barcha tijorat kompaniyalari o‘z “yashil loyihalari”ni investitsiyalar sarflash lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarga yo'naltira boshladilar. 2008-2010 yillarda 30 ta yirik tijorat guruhlari tomonidan amalga oshirilgan kapital qo'yilmalar miqdori yiliga o‘rtacha 75%ga o‘sib bordi. Investitsiyalar ustun darajada qayta tiklanadigan energetika sohasi uchun zarur uskunalar. yuqori samaradorlikka ega elektr asbob-uskunalar, ekologik toza avtomobillar ishlab chiqarish kabi sohalami rivojlantirish uchun sarflandi.
Koreya Respublikasi yashil infratuzilma, ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlanmalariga sarflanadigan xarajatlar miqdorini oshirgan bo‘lsa-da, “yashil iqtisodiyot”ning barcha ustuvor yo‘nalishlarida o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshira olgani yo*q. Koreya Respublikasi energiya sig‘imkorligi, atmosferaga CO2 chiqarish va CO2 intensivligi kabi ko'rsatkichlar bo’yicha dunyoning birinchi o‘ntaligiga kiradi. Jumladan. 2019 yilda energiya sig‘imkorligi (0,147) yuqori mamlakatlar o'ntaligida 9- o‘rin, CO2ni atmosferaga chiqarish (620 mln. tonna) hajmi bo'yicha 7-o‘rin, CO2 intensivligi (0,321 CO2/doll.) ko'rsatkichi ho'yicha esa 10-o‘rinni egal lagan212.
Koreya Respublikasi 2015 yilda issiqxona gazlari emissiyasi darajasini 2030 yilgacha bo'lgan davrda 37%ga qisqartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi213. Ushbu qaror 2020 yilgacha issiqxona gazlari emissiyasini odatdagi darajadan 30%gacha qisqartirish borasidagi rejalarining bajarilishini kechiktirishga olib keldi. Natijada issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish to‘g‘risidagi 2020 yilgabelgilangan maqsad“Kam uglerodli va yashil o'sish to‘g‘risida” gi qonun asosida 2030 yilga belgilangan maqsad bilan almashtirildi214. BP ma’lumotlari ham Koreya Respublikasida issiqxona gazlari emissiyasi darajasini pasaytirishga qaratilgan maqsadli ko'rsatkichlarni bajarishda jiddiy muammolar mavjud ekanligini ko'rsatmoqda. Jumladan. mamlakatda atmosferaga chiqariladigan CO2 miqdori 2019 yilda 1990 yilga nisbatan 2,7 martaga oshgan (9.5.1-rasm).
rasm. Koreya Respublikasi issiqxona gazlari emissiyasi
miqdorining o‘zgarishi
Koreya Respublikasida issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish bo'yicha salmoqli ishlar amaiga oshiriimoqda. Jumladan, mamlakatda 2015 yilda issiqxona gazlari savdosi tizimi joriy etildi. Energetika sektorida ko‘mirda ishlaydigan eiektrslansiyalarining vaqtinchalik to'xtatilishi oqibatida issiqxona gazlari miqdori -8,6%ga yoki 245 mln. tonnaga qisqargan. 2020 yilda esa ushbu gazlar miqdorining qisqarishi tufayli ichki bozorda qo'shimcha 2,5 mln. tonna CO2 taklif etilishi mumkin. Koreya Respublikasi Atrof muhit vazirligi ma’lumotlariga ko'ra issiqxona gazlari savdosi mamlakatda atmosferaga chiqarilayotgan jami CO2 miqdorining 70%ini qoplaydi. Shuningdek, 2020 yilning may oyida Koreya Respublikasi hukumati 2020-2034 yillarga mo'ljallangan uzoq muddatli energetika rejasini e’lon qildi. Ungamuvofiq 2034 yilga qadar energetika quvvatlarida tiklanadigan energiya manbalarining ulushi hozirgi 15%dan 40%ga qadar oshirish, ko'mirda ishlaydigan barcha elektrsotansiyalami xizmat muddatining tugashi munosabati bilan yopish rejalashtirilgan259.
Do'stlaringiz bilan baham: |