0‘zbekistonda “yasbil energetika”ni rivojlantirish istiqbollari
XX asrning 70-yillaridagi xalqaro energiya inqirozi aksariyat mamlakatlarni iqtisodiyotda energiya iste’molini qisqartirish va energiyani tejash borasidagi chora-tadbirlarni qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Energiya iste’molining o‘sishi, energiya resurslarining kamayishi va qimmatlashishi, importga bog'liqligining kuchayishi, atrof muhitning ifloslanishi energiya tejamkorligiga erishish, an’anaviy energiya resursiaridan foydalanish sainaradorligini oshirish bilan bir qatorda tiklanadigan energiya manbalarini o*zlashtirish muammolarini hal etish zaruratini keltirib chiqardi.
5.1.1-jadval
2012-2040 yillarda dunyo energiya iste’molining o*zgarishi, 10ls BTUIU
Hududiar
|
2012 y.
|
2020 y.
|
2025 y.
|
2030 y.
|
2035 y.
|
2040 y.
|
2012-2040 yillarda o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlan, %
|
IHTT
|
238
|
254
|
261
|
267
|
274
|
282
|
0,6
|
Amerika qit’asi
|
1)8
|
126
|
128
|
131
|
134
|
138
|
0,6
|
Yevropa
|
81
|
85
|
87
|
90
|
93
|
96
|
0,6
|
Osiyo
|
39
|
43
|
45
|
46
|
47
|
48
|
0,8
|
IHTTdan boshqa mamlakatlar
|
311
|
375
|
413
|
451
|
491
|
533
|
1
1,9
|
Yevropa
|
51
|
52
|
55
|
56
|
58
|
58
|
0,5
|
Osiyo
|
176
|
223
|
246
|
270
|
295
|
322
|
2,2
|
Orta S'narq
|
32
|
41
|
45
|
51
|
57
|
62
|
2,4
|
Afrika
|
22
|
26
|
30
|
34
|
38
|
44
|
2,6
|
Amerika qit’asi
|
30
|
33
|
37
|
40
|
43
|
47
|
1.5
|
Dunyo
|
549
|
629
|
674
|
718
|
766
|
815_
|
1,4
|
Izoh*: BTU (British thermal unit) - BrHaniya issiqlik birligi. 1 BTU-2.52 * 10-* t.n.e. 2012yil amaldagi, 2020-2040yillar uchun prognoz ko 'rsatkichlar.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash va iqtisodiyotning rivojlanish darajasi ko‘p jihatdan energiya resurslari zahiralariga bog‘liq. Dunyoda aniqlangan tabiiy energiya manbalari zaxiralari energiya iste’molining hozirgi darajasi saqlanib qolsagina, keyingi 54 yil davomida energiyaga bo‘lgan ehtiycjni qondirish imkonini beradi128. Iqtisodiy rivojlanish esa energiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortishi va energiya tanqisligi muammosi xavfini yanada kuchaytiradi. AQSh Energiya departamenti mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo energiya iste’moli 2012 yilda 13,8 mlrd. tn.e. ga teng bo'lgan va ushbu ko‘rsatkich 2040 yilga qadar yiliga o‘rtacha l,4%ga o‘sib, 20,5 mlrd. t.n.e. ga tenglashadi (5.1.1-javdal).
Ekologlarning ta’kidlashicha, qazilma yoqilgl boyliklarining yarmi iqlim o‘zgarib ketishining oldini olish maqsadida qidirib topilmasligi zarur. Jahon xom ashyo bozorida resurslar narxining keskin tushib ketishi natijasida ro‘y bergan yirik sikl 2015 yilda o‘z nihoyasiga yetganligiga qaramasdan energiya tejaydigan texnologiyalar taraqqiyoti jadal sur’atlarda davom etmoqda. Ushbu holat dunyo mamlakatlarining “Yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirish borasida qabul qilgan majburiyatlariga to‘la mos keladi. McKinsey mutaxassislari ilg‘or texnologiyalaming rivojlanishida mo”tadil va jadal rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqishgan. Mo“’tadil ssenariyaga muvofiq 2035 yilga qadar energiyadan samarali foydalanish 43%ga, jadal rivojlanish ssenariyasi bo‘yicha esa 70%ga ortishi bashorat qilinmoqda.
Energiyadan samarali foydalanish hisobiga jahon iqtisodiyoti miqyosida 100 mln. terajoulga teng energiya yoki 0,2-1,2 trln. dollar tejalishi mumkin. XIX asrdan boshlab energiya ishlab chiqarishning yetakchi manbai hisoblangan qazib chiqariladigan yoqilg'i-energetika manbalari tiklanadigan energiya manbaiaridan foydalanish hisobiga o‘zgarib boradi. 2030 yilga qadar jahonda elektroenergiya ishlab chiqarishning 36%i shamol va quyosh elektr stansiyalari yordamida amalga oshiriladi (5.1.1-rasm).
“Yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar samarasi tufayli jahon iqtisodiyotining energiya sig‘imkorligi 2050 yilga qadar 50%ga qisqarishi, yaqin 20 yilda tabiiy resurslami iste’mol qilish hajmining kamayishi hisobiga 0,9-1,6
«0
Tikkwljgan*
Sw
mmm Atom
■■■ Qczib duqviladigaij yoqilg'i
— Jami
Tik laiwnjg.ta*
«■“ Atom
■mb QflzjV cja«>■-« Jami
rln. dollar mablag' tejalishi mumkin129.
*bioyoqilg'i, geotermal energiya, shamol va quyosh energiyalari.
rasm. Jahonda energiya manbalariga bo‘lgan talabning
o‘zgarish istiqbollari, mln. terajoul130
a) mol’tadil senariy b) jadal senariy
Dunyo energiya iste’molining ortib borishi, insoniyatning tabiatga salbiy ta'siri natijasida vujudga kelayotgan ekologik muammolaming keskinlashuvi jahon energetika balansida tiklanadigan energiya manbalari ulushining jadal suf atlarda oshishini ta’minlaydi. Jahondatiklanadigan energiya manbalariga ko‘proq e’tibor qaratishga quyidagi omillar ta’sir ko'rsatadi:
tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirishda ilg‘or tcxnologiyalami qo‘llash hisobiga narx raqobatining o‘sishi;
ushbu sohaning rivojlanishi uchun ijobiy ta’sir etuvchi siyosiy tashabbuslaming ommalashuvi;
sohani moliyalashtirish uchun qulay investitsiya muhitining yaratilishi;
energetik va ekologik muammolami hal qilish masalasi;
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida energiyaga bo‘lgan talabning ortib borishi;
barchaga energiyadan foydalanish imkoniyatini yaratish va energetik yetishmovchilikdan qutilish.
Shuningdek, BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) tomonidan ishlab chiqilgan energiya strategiyasi “yashil energetika”nirivojlantirishni qo'llab-quwatlaydi. Ushbu strategiyani amalga oshirishda quyidagi ustuvor vazifalar muhim ahamiyat kasb etadi
aholining kam daromadli qatlamini tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan zamonaviy energiya xizmatlari bilan ta’minlash darajasini oshirish;
sanoatda energiya sig’imkorligini pasaytirish evaziga sohaning raqobatbardoshlik darajasini kuchaytirish;
sanoatda issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish hajmini qisqartirish hisobiga iqlirn o'zgarishlariga salbiy ta’sirni kamaytirish va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag'batlantirish;
korxonalaming qishloq joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanish hisobiga uzoq muddatli faoliyat ko‘rstishini ta’minlash va samaradorligini oshirish.
Tiklanadigan energiya iste’molining holati, tarkibi va rivojlanish
istiq bollan
Iqtisodiy adabiyotda tiklanadigan energiya deyilganda tabiiy manabalar (quyosh, shamol, suv, suv to'lqini, biomassa, geotermal, suv satxining ko’tarilishi va tushishi) hisobidan olinadigan energiya tushuniladi. Aksariyat adabiyotlarda tiklanadigan energiya tushunchasi o‘miga muqobil energiya tushunchasi qo’llaniladi. An’anaviy tarzda qazib chiqariladigan yoqilg‘ini qayta ishlash hisobiga olinadigan energiyaga muqobil ravishda tiklanadigan manbalar hisobidan olinadigan energiya esa “muqobil energiya” deyiladi. Tiklanadigan energetika “yashil energetika” hisoblanib, energetikaning ushbu turi an’anaviy energetikaga nisbatan tabiatga juda kam zarar yetkazadi.
“Yashil energetika” -qazilmayoqilg’i sarfisiz, atmosferaga issiqxona gazlarini chiqarmaydigan va atrof muhit ekologiyasiga ziyon yetkazmagan holda energiya ta’minotini amalga oshirilishini ko‘zda tutadigan konsepsiyadir. Bunda iste’mol talabini imkon qadar tiklanadigan energiya manbalari evaziga qondirilishi maqsad qilingan. Energetikaning ushbu turi “musaffo energiya” ham deyiladi.
“Yashil energetika” atamasi quyidagi texnologiyalarga nisbatan qoMlaniladi:
yer va dengizga o‘rnatilgan shamol generatorlari;
turli quyosh elektrenergetikasi texnologiyalari — binolar va uylaming tomiga o'matilgan quyosh panellaridan tortib quvvati 50 MVt gacha bo'lgan quyosh elektrostansiyalari;
o'simlik moyi yoki o‘tinlami yoqish hisobidan ishlaydigan generatorlar;
yer ostidagi issiq suvlar yoki oqimiar hisobidan issiqiik va energiya ishlab chiqaradigan geotermal manbalar;
daryolarga o‘matilgan kichik gidroturbinaiar;
dengiz to'lqini, suvning ko‘tarilish yoki pasayishidan foydalanib ishlaydigan texnologiyalar.
Ushbu texnologiyalar elektroenergiyani qazib chiqariladigan tabiiy resurslardan foydalanmasdan va atmosferaga chiqarilayotgan CO2 miqdorini qisqartirish imkonini beradi. Yirik gidroelektrostansiyalar ham shu kabi imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, ulaming faoliyati suv, yer va daryo ekotizirniga salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli yirik gidroelektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektroenergiya ekologik toza hisoblanmaydi.
Turli xalqaro va nodavlat tashkilotlar tomonidan tayyorlangan hisobotlarda tiklanadigan energiya to'g'risidagi ma’lumotlar bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Ushbu holtni amaldagi hisobotlarni tayyorlashda qo‘llaniladigan hisob-kitob uslubiyoti bilan bog‘liq farqlar orqali izohlash mumkin. Jumladan, BP131 hisobotiarida faqat elektroenergiya ishlab chiqarishda foydalanilgan tiklanadigan energiya iste'moli to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. REN21132 hisobotiarida esa pirovard energiya iste’moiining tarkibi qazilma yoqilg'i, atom energiyasi, an’anaviy biomassa va zamonaviy tiklanadigan energiyaga bo'linadi. Zamonaviy tiklanadigan energiya turlariga shamol, quyosh, biomassa, geotermal. okean energiyasi yordamida ishlab chiqarilayotgan elektroenergiya; gidroenergetika; biomassa, quyosh, geotermal energiya yordamida olinayotgan issiqiik energiyasi; transport uchun bioyoqilg'ilar kiradi.
2020 yilda jahon bo‘yicha COVID-19 pademiyasi bilan bog'liq cheklovlami joriy etishning faollashuvi natijasida energiyaga bo'lgan talab keskin qisqardi. Jumladan, 2020 yilning birinchi choragida jahonning elektroenergiyasiga talabi 2,5%ga, ko'mir va neftga bo'lgan talabi esa mos ravishda 8 va 5%ga qadar qisqardi. Elektroenergiya ishlab chiqarishning yagona manbai hisobiangan tiklanadigan energiyaga bo‘lgan talab ekspluatatsiya xarajatlari va sohadagi imtiyozlar tufayli 0‘sganügini kuzatish mumkin. Jumladan, 2020 yil 10 martdan 10 aprelgacha EI va Buyuk Britaniyada ko‘mir yordamida ishlab chiqariladigan elektrocnergiya ishlab chiqarish hajmi 29%ga qisqargani holda, muqobil energiya manbalari jami elektroenergiya ishlab chiqarishning 46%ini ta’minlab 2019 yilga nisbatan 8%ga o’sgan133 134. Ushbu ma’lumotlar “yashil energelika” sohasi istiqbolda energetikaning yetakchi sohasiga aylanishini yana bir marta isbotlaydi.
BP ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda 692,2 mln. tonna neft ekvivalentiga teng bo’lgan miqdorda tiklanadigan energiya iste’mol qilingan bo‘Iib, ushbu ko‘rsatkich jami birlamchi energiya iste’moiining 5,0%iga tenglashdi. 1990-2019 yillarda tiklanadigan energiya iste’moli 18,4 martaga, muqobil elektroenergiya ishlab chiqarish miqdori esa 23,2 baravarga oshgan (5.2.1-rasm). 2019 yilda jahon bo'yicha 2805,5 TVt-soat miqdorida tiklanadigan energiya ishlab chiqilgan va ushbu energiyaning 51,0%i shamol, 25,8%i esa quyosh energiyasi hissasiga to‘g‘ri keJdi. Tiklanadigan energiya ishlab chiqarishning mintaqaviy tarkibida Osiyo mintaqasi ulushi 40,9%ga teng bo'lib, bu ko'rsatkichning 26,l%i Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yevropa mintaqasining ulushi 29,8%gateng bo'lib, jumladan, Germaniya (8,0%), Buyuk Britaniya (4,0%), Ispaniya (2,8%) kabi mamlakatlar muqobil energiya ishlab chiqarishda yetakchilik qilishadi. Shimoliy Amerika mintaqasi ulushi esa20,l%ga teng bo‘lib, uning 17,5%i AQSh hissasiga to'g'ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |