Tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish rejasi 3020 (“RE3020”). 2017 yilda qabul qilingan dasturga muvofiq 2030 yilga qadar mamlakatda ishlab chiqariladigan energiyaning 20%ini tiklanadigan energiya manbalari hisobidan qoplash rejalashtiriigan217218. BP ma’lumotlariga ko'ra Koreya Respublikasida tiklanadigan manbalar hisobidan ishlab chiqarilayolgan energiya miqdori 2009-2019 yillarda 2,6 TVt-soatdan 29,2 TVt-soatgacha yoki 11 martaga oshgan. Mamlakatda elektroenergiyaning 5,0%i tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilmoqda. Tiklanadigan energiya manbalarining 51%i quyosh va shamol energiyasi hissasiga to'g'ri keladi (9.5.2-rasm).
«Gaz ^Ko*mir » Atom «Gidro »Tiklanadigan
Koreya Respublikasida qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ishlab chiqariladigan elektroenergiya ulushi 2019 yilda 5%ni tashkil etdi. Vaholanki, ushbu ko'rsatkich dunyo bo‘yicha o‘rtacha - 10,4%ni, Yevropa Ittifoqida - 23,9%ni, Germaniyada - 36,6%ni, Buyuk Britaniyada - 35,0%ga tenglashadi. rasm. Koreya Respublikasida
biriamchi energiya iste'moli
tarkibining 0‘zgarishi, %26J
manbalarining ulushi, % 2019
y264. “Vodorod iqtisodiyoti bo‘yicha yo‘l xaritasi”. Koreya Respublikasi hukumati 2019 yil yanvarda 2040yilga mo‘ljallangan “Vodorod iqtisodiyoti bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni e’lon qildi. Unga muvofiq vodorodda ishlaydigan 6,2 mln. elektomobillar va kamida 1200 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari qurilishi rejalashtiriigan. Bundan tashqari rejaga muvofiq vodorod yoqilg‘isida ishlaydigan avtobuslar sonini 2022 yilgacha 2000 taga, 2040 yilga qadar esa 41000 tagcha yetkazish maqsad qilingan.
Koreya Respublikasi “yashil o‘sish” strategiyasini yanada takomillashtirish va mavjud muammolami istiqbolda hai qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda:
eiektr energiyasi narxini energetika tizimi xarajatlarini qoplash maqsadida bosqichma-bosqich oshirib borish;
atrof muhitni muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash xarajatlarini qoplash maqsadida eiektr energiyasini ishlab chiqarishda foydalaniladigan qazib chiqariladigan yoqilg‘ilarga soliqlami oshirish;
energetika íizimining shaffofligi va barqarorligini ta’minlash;
dizel yoqilg‘isidan undiriladigan aksiz solig'i miqdorini oshirish; jamoat transporti tizimi va yerdan foydalanishni rejalashtirishni integráis iyalash;
innovatsiya va atrof muhit siyosati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni muntazam baholab borish;
uglerodni sanoat va energetika manbalaridan ajratib olish va uni atmosferadan uzoq muddat izolyatsiyalash uchun maxsus joylarda saqlash miqyosini kengaytirish va rivojlantirish.
Nazorat savollari
IHTT mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish dasturlarining umumiy va farqli jihatlarini tavsiflab bcring.
“Yashil iqtisodiyof’ga o‘tishning AQSh tajribasigaxos xususiyatlar nimalardan iborat?
Yevropa Ittifoqida ‘‘yashil o‘sish”ni ta’minlash strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini sharhlang.
Germaniyada “yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirish xususiyatiari va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlang.
Koreya Respublikasida “yashil iqtisodiyof'ga o‘tish omillarini tavsiflang va 2040 yilgacha bo‘lgan dastuming ustuvor yo'nalishlarini sharhlang.