Kirish
Kurs ishining dolzarbligi : 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida boshlangan va 2020-yil 11- martda Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti tomonidan Pandemiya deb belgilangan Covid-19 nafaqat insonlarning kundalik hayot tarziga, balki butun dunyo davlatlari o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy diplomatik va boshqa aloqalarga katta ta’sir ko’rsatdi. Bir tomondan Covid-19 Pandemiyasi juda ko’plab sohalarga zarar yetkazgan, davlatlar o’rtasidagi savdo-iqdisodiy aloqalarning pasayishiga, chegaralarning yopilishiga sabab bo’lgan bo’lsa, boshqa tomondan Pandemiya davlatlarning Pandemiya va uning oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiy inqirozdan chiqish borasida hamkorlikni kuchaytirishiga sabab bo’ldi. Bu O’zbekiston Respublikasining asosiy savdo-iqtisodiy va siyosiy hamkorlaridan bo’lgan Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi bilan aloqalarida yaqqol sezildi. Lekin shuni aytish kerakki o’tgan 3 yil davomida Xitoy Xalq Respublikasi O’zbekistonning eng katta savdo sherigi maqomini saqlab qoldi.Pandemiyadan oldin ikkitomonlama savdo hajmi bir yilda o;rtacha 30-40 foizga o’sdi. 2020-yilda Covid19 kelib chiqishi natijasida esa o’zaro savdoda kichik pasayish yuz berdi. Bundan tashqari Xitoy O’zbekiston uchun eng katta bozor bo’lib turibdi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra 2020-yil Xitoy bilan savdo O’zbekiston tashqi savdosining 12,8 foizini tashkil etdi.[3] Yaqin vaqtgacha Strategik materiallar qatoriga kiruvchi deb qaraladigan tovarlar (tabiiy gaz, mis, uran, paxta tolasi, mineral o’g’itlar ) savdosi O’zbekiston va Xitoy iqtisodiy hamkorligining eng daromadli yo’nalishi bo’lib qolmoqda edi. Ushbu turdagi tovarlar savdosi O’zbekiston eksportining 50 foizidan ko’proq qismini tashkil etadi. Xitoy uchun bu tovarlarning ichida eng muhimi tabiy gaz bo’lib 2011-yildagi ikki davlat o’rtasidagi o’zaro shartnomaga ko’ra 25 yilga yetkazib berish mo’ljallangan. Shuningdek Szin Pinning 2013-yil sentyabrda O’zbekistonga davlat tashrifi davomida tomonlar O’zbekiston-Xitoy gaz quvurini qurish bo’yicha Protokol imzolangan bo’lib bu quvur 25 mlrd kub metr gaz o’tkazish quvvatiga ega bo’lishi mo’ljallangan edi va bu Markaziy Osiyo_XXR o’rtasidagi sig’imi bo’yicha to’rtinchi gaz quvuri hisoblanadi. Bularning barchasi Xitoyning mintaqaviy gaz tranportirovka sohasida siyosatida O’zbekistonning roli oshayotganini ko’rsatmoqda. Bundan tashqari Koronavirus pandemiyasining tashqi bozorlarga ta’siri sababli O’zbekistonda olinadigan tabiiy gazning Xitoyga eksporti 3 baravarga qisqardi. Bundan tashqari 23-may sanasida 2020-yilning oktyabr oylarida ham Koreya Respublikasidan gumanitar yordamlar jo’natildi. Gumanitar yordamlar uchun mablag’larni jalb qilishda, yuklarni yetkazib berishni tashkillashtirishda O’zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasidagi elchixonasi va turli hamkor kompaniyalar, Koreya Respublikasida tehsil oluvchi talabalar va mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi O’zbekistonlik migrantlar ham faol ishtirok etdilar