P, PA, PB – turdosh tovarlar bahosi;
I – aholining pul daromadlari;
T – aholining didi va nimani afzal ko’rishi;
S – mulkiy jamg’arma.
Agar tovarlar bahosidan boshqa jami omillar o’zgarmas deb olinsa, talab funktsiyasi faqat baho funktsiyasiga teng bo’ladi. Ya’ni,
QD = f/ P ga teng bo’ladi.
Tovar mahsuloti ishlab chiqarilishidan oldin uning iste’mol hususiyatlari tahlil qilinadi, hamda raqiblarning mahsulotlari nimaga sotilayotganligi sabablari o’rganiladi.
O’rganish amaliyoti shu narsani ko’rsatdiki, iste’mol hususiyati, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarishi uning hayotdagi o’rnini beqiyos qilib belgilaydi.
Tovarning xususiyatlari ham inson ehtiyojlariga ko’ra uch turga ajratiladi:
Tovarlarning moddiy ehtiyojlarini qondira olish xususiyatlari;
Ularning ma’naviy extiyojlarini qondira bilishligi;
Tovarlarning ijtimoiy extiyojlarni to’ldiruvchi erganomik hususiyatlari.
Birinchi xususiyat tovarlarning inson hayotida muayan vazifani bajarib, uning moddiy extiyojini qondirish tushuniladi.
Tovarlarning estetik xususiyati esa shakli, tuzilishi, pardozi va xidi kabi tomonlarini hisobga olsa, erganomika qismida insonning unumli ishlashi uchun qulaylik yaratish imkoniyatlari o’rganiladi.
Yakka tartibdagi ehtiyojlar quyidagi tartibda aniqlanadi:
Oiladagi roli, majburiyat doirasiga ko’ra;
Boshqa odamlar bilan munosabatiga qarab;
Guruhning shaxsga va shaxsning guruhga talabi bilan;
Katta jamoatchilikka qo’shilishi bilan va hakozolar.
Hozirda talab va taklifni o’rgangan holda mahsulot ishlab chiqarish korxonalarning gullab
- yashnashi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Mahsulot, ish va xizmatlarga bo’lgan bozor talabining maksimal darajada qondirilishi bozor mexanizmining zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Korxona faoliyati eng avvalo, bozor regulyatorlari asosida tartiblanadi. Bunda iqtisodiy manfaatlar mushtarakligi e’tiborga olinadi.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida bozordagi talab orqali xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatiga hamda ishlab chiqarish hajmlariga ta’sir ko’rsatiladi. Bu esa ma’lum darajada iqtisodiyot tarmoqlarida talab va taklif muvozanatlashuviga zamin yaratib berishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidan shu narsa ko’rinadiki, bozorbop mahsulot etishtirish uchun o’rtacha 60 ga yaqin yangi g’oyani o’rganib chiqish lozim va u quyidagi chizma ko’rinishida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |