Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан


Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlar bo’yicha bekor qilinishi



Download 2,65 Mb.
bet388/414
Sana21.07.2021
Hajmi2,65 Mb.
#124767
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   414
Bog'liq
PERSONALNI

Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlar bo’yicha bekor qilinishi.

U quyidagi hollarda bekor qilinadi:



  1. xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda;

  2. shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda;

  3. xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo’lsa, shuningdek, xodim sudning qaroriga binoan ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yo’llangan taqdirda;

  1. ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yo’l qo’yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo’lmasa va u ishni davom ettirishga to’sqinlik qilsa;

  1. xodimning vafoti munosabati bilan;

  2. qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.

Mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o’zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim.

Nizoni ko’rish vaqtida, ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni boshqa ishga o’tkazishning asosliligini isbotlab berish mas’uliyati yuklatiladi.

Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib olish nazarda tutilgan bo’lsa, sud kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligi olingan-olinmaganligini aniqlaydi.

Ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga etkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatiladi. Zararni qoplash:



  • majburiy progul vaqti uchun haqto’lash shartligidan;

  • mehnat shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim boshqa ishga o’tkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog’liqqo’shimcha xarajatlar (mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va boshqalar) uchun kompensatsiya to’lashdan;

  • ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to’lashdan iboratdir. Ma’naviy zarar uchun to’lanadigan kompensatsiyaning miqdori, ish beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilanadi, lekin bu mikdor xodimning oylik ish haqidan kam bo’lishi mumkin emas.

Xodimning iltimosiga ko’ra sud ishga tiklash o’rniga uning foydasiga kamida uch oylik ish haqi miqdorida qo’shimcha haq undirib berishi mumkin.

Mehnat shartnomasini g’ayriqonuniy ravishda bekor qilishda yoki xodimni g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazishda aybdor bo’lgan mansabdor shaxs zimmasiga xodimga ish haqi to’lanishi munosabati bilan ish beruvchiga etkazilgan zarar o’rnini qoplash majburiyati yuklanadi.

Bunday majburiyatni yuklash uchun mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga o’tkazish qonunni ochiq-oydin buzgan holda amalga oshirilganligi yoki mansabdor shaxs sudning xodimni ishga tiklash to’g’risidagi qarori ijrosini kechiktirishi asos hisoblanadi.

Etkaziladigan zarar o’rnini qoplash uchun to’lanadigan haq miqdori amaldagi qonunchilikka muvofiq mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan oshib ketmasligi kerak.




Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish