Qisqacha xulosalar
Bozor munosabatlari davrida jamoa shartnomalarining ahamiyati ortib boradi. Ijtimoiy sheriklik va uning tamoyillari, ijtimoiy sheriklikning sub’ektlari hamda ob’ekti yoritib berilgan.
Mehnat munosabatlari barcha taraflar manfaatlarini hisobga oladigan ahdlashuvlarga asoslangan bo’lishi talab etiladi.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy tamoyillari ko’rsatib berilgan.
Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi asosida, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilgan holda belgilanadi. Bundan tashqari, mehnat shartnomasi qaysi sabablarga ko’ra bekor qilinishi keng yoritilgan.
Ishga tiklanganda ish beruvchi xodimga etkazilgan zararni qoplash yo’llari ko’rsatib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |