Vertikal kar’era deyilganda xizmat lavozimi pillapoyalaridan bevosita yuqoriga ko’tarilish tushuniladi. Lavozimda o’sish mehnatga to’lanadigan haq oshishi bilan bog’liq bo’ladi.
Gorizontal kar’era. Bu faoliyatning boshqa turi bilan shug’ullaniladigan lavozimiga siljitishni yoki korxona xizmat lavozimlari tizimida qat’iy belgilab qo’yilmagan muayyan xizmat vazifasini (masalan, muvaqqat guruh, bo’linma, loyiha rahbari) bajarish yuklatilishini anglatadi. Egallab turgan lavozimida avval belgilab qo’yilgan vazifalarning qoida bo’yicha ish haqi miqdori oshirilgan holda kengaytirilishi yoki murakkablashtirilishi ham gorizontal kar’era turiga taallukdidir. Ya’ni gorizontal kar’era xizmat lavozimida muttasil yuqoriga ko’tarilishni anglatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |