Yosh mutaxassis bosqichi. O’qishni tugallagan yoshlar bazaviy bilimlariga, yangi axborotlarni qabul qilish qobiliyatlariga hamda katta salohiyat kuchiga ega bo’ladilar. Lekin ko’p hollarda ular o’z korxona yoki tashkilotlari talablarini yaxshi bilmaydilar. Yosh mutaxassislarni sifatli kompaniya yoki firma uchun foydali salohiyatlarga aylantirish menejerlarning asosiy vazifasidir. Bu bosqichda yosh mutaxassislarning mehnat jamoasi muhitiga ko’nikish jarayoni kechadi. Ular kelgusida lavozimda o’sishlari uchun mazkur bosqichda o’zgalarga bog’liqliklari va bo’ysunishlari zaruratini tushunib etishlari talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |