Xodimning bevosita rahbari. U xodim ishi bilan yaxshi tanish, uning mehnat faoliyatini baholashda yaxshiroq imkoniyatlarga egadir. Bundan tashqari, u shaxsiy ijroni korxona maqsadlari bilan bog’lay oladi. Bu rahbar xodimni rag’batlantirish (jazolash) uchun mas’ul hisoblangani sababli uni ijroni baholash uchun mas’ul qilish ham mantiqan to’g’ridir.
Hamkasblar. Mehnat faoliyatining shunday turlari (masalan, huquqiy faoliyat, ta’lim) borki, rahbar mazkur faoliyat turi bilan band bo’lgan xodim ishini kuzatish uchun kamdan-kam imkoniyatga ega bo’ladi. Bu faoliyat turlarida ish natijalari ijroni baholash uchun muayyan axborot bersa ham, mazkur xodim bilan yonma-yon ishlayotgan hamkasblarining baholari salmoqpiroqbo’ladi. Shunday bo’lsa-da, hamkasblar fikr-mulohazalariga, ijroni baholash tizimining bir qismi sifatida qarash va baholash uchun boshqa ko’rsatkichlardan ham foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |