O’z-o’zini baholash. Xodimlarning ijroni baholash jarayonida ishtirok etish imkoniyatlari, ayniqsa bu maqsadni belgilash bilan uzviy bog’liq holda amalga oshirilsa, ishga qiziqishni kuchaytirish bilan birga baholashga qarshilik ko’rsatishni kamaytiradi. Ikkinchi tomondan esa xodimlar odatda o’zlariga rahbarlariga nisbatan yuqoriroq baho berishlari bu usuldan personal bo’yicha qarorlar qabul qilishda foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi.
Mijozlar. Personalni baholashda mijozlar hamda korxona maqsadlari hamisha ham bir-biriga mos tushmasdan, ularning fikri xodimlarni xizmat vazifasida siljitish, ularni rivojlantirish, malakasini oshirish kabi qarorlar qabul qilishda muhim axborot manbai hisoblanadi.
Yuqoridagilar personalni baholashda turli manbalardan foydalanish imkoniyatlari mavjudligini ko’rsatib turibdi (10.3-jadval).
10.3- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |