Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz.
Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogiya.
Induktiv xulosa chiqarish – bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o‘tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi.
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi.
Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba’zi bir belgilari o‘xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ba’zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi.
Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |