122. S: Velosport (shosse) velosipedning og‘irligi qancha?
J: 8,5 kg.
123. Velotrekdagi velosipedning og‘irligi qancha?
J: 6 kgni tashkil etadi.
124. Yengil atletika sport turi necha turga bo‘linadi?
J: 5 ta turga (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, ko‘p kurash).
125. S: Xalqaro yengil atletika federatsiyasi qachon tashkil topgan?
J: Xalqaro yengil atletika “Havaskorlar” jamiyati 1912 yili tashkil topgan.
126. S: Qisqa masofaga yugurishga qaysi masofalar kiradi?
J: 30, 60, 100, 200, 400 m.
127. S: Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari haqida nima bilasiz?
J: Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport” to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasida aks etib, quyidagilardan iborat:
insonparvarlik;
demokratizm;
fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |