Apatit – Ca5[PO4]3(F, Cl). Tarkibida SaO – 55,5%, R2O5 – 42,3%, ftor – 3,8%, xlor – 6,8% va tarqoq elementlardan Cl2O3 – 5% gacha bo`ladi. U geksagonal singoniyali, igna shaklida, kalta ustunsimon va tabletkasimon kristallari holida uchraydi.
Apatitning magmatik intruziv jinslarda qilsimon nayzadek va ba`zan qisqa tabletkasimon kristallari mavjud. U rangsiz, shaffof, oq, och-yashil, havo rang, qo`ng`ir, ba’zan binafsha, shishadek yaltiraydi, notekis yuzalar hosil qilib sinadi. Qattiqligi – 5, solishtirma og`irligi – 3,2, mo`rt, ulanish tekisligi yo`q. Apatitning yirik konlari nefelinli sienit va ularning pegmatitlari bilan uzviy bog`liq. Bu jinslar tarkibidagi yaxlit donador massalarda nefelin, sfen, evdialit, ishqorli amfibollar, egirinlar bilan bir assotsiasiyada bo`ladi (Kola yarim oroli, Rossiya – mashhur Xibinsk apatit koni). Bulardan tashqari, apatit uyumlari kontakt-metasomatik jarayonlarda vujudga keladi.
Vanadinit – Pb5(VO4)3Cl. Tarkibida PbO – 78,3%, V2O5 – 19,3% va Cl – 2,4% bo`ladi. Aralashma holda R2O5, Al2O5 uchraydi. U geksagonal, prizma va ignasimon qiyofalarda uchraydi. Ba`zan radial shu`la, tola-tola holida aniqlangan. Vanadinitning rangi sariq, qo`ng`ir va qizg`ish tuzlarda bo`ladi. Uning yaltirashi shishadek, yog`langandek tuyuladi, qattiqligi – 3, solishtirma og`irligi – 7, mo`rt, notekis yuzalar bilan sinadi. Vanadinit qo`rg`oshin-rux konlarining oksidlanishi zonalarida hosil bo`ladi. U vanadiy manbai sifatida sanoat ahamiyatiga ega.
Annabergit – Ni3[AsO4]2. Nomi Saksoniyadagi Annaberg konidan kelib chiqqan. Tarkibida – NiO – 37,5%, As2O5 – 38,5%, N2O – 24%. U monoklin singoniyali, prizmatik kristallar hosil qiladi, ba`zan tuproqsimon massalar yuzaga keladi.
Annabergit yashil, to`q yashil ranglarda uchraydi. Yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi mukammal, kislotalarda asosan eriydi.
B o r a t l a r
Boratlar bor kislotasining tuzlari, ularning soni 40 dan oshmaydi va yer po`stida kam tarqalgan. Borning asosiy minerallari silikatlar sinfiga kiradi. Boratlar kalsiy, magniy va natriyli turlarga bo`linadi va ularning aksariyatini tarkibida suv bo`ladi. Boratlar shaffof, oq rangli, qattiqligi va solishtirma og`irligi past, kislotalarda va ba`zan suvda eriydi.
Tarkibi – MgO – 47,9%, V2O3 – 41,4% va N2O – 10,7%. Rombik singoniyali, oq rangli, shaffof, shishadek yaltiraydi, sochiluvchan ba`zan qo`lga yuqadi. Uning qattiqligi – 3,5, solishtirma og`irligi – 2,6, ancha mo`rt mineral.
Ashorit ikkilamchi mineral sifatida tuz qatlamlarida paydo bo`ladi. Boratlar yuqori miqdorda vulqon mo`rilarida aniqlangan (Italiya, Kamchatka), ba`zan nurash zonalarida boratlarni uchratish mumkin. Boratlarning yirik uyumlari bor olish uchun manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |