Molibdenit – MoS2. Grekcha «molibdos» qo`rg`oshin degan so`zni anglatadi. Tarkibida Mo – 60%, S-40%. Izomorf aralashma sifatida Re – 0,1-2,0%, Tu – 2% gacha va boshqalar bo`ladi. Molibden geksagonal singoniyada kristallanadi, u odatda qavat-qavat bo`lib uchraydi. Har qaysi qavatlardagi ionlar bir-biri bilan mustahkam bog`lanish hosil qilmaydi. Kristallari geksagonal taxtachalar qiyofasida uchraydi. Prizmatik kristallari kam uchraydi. Ko`proq varaqsimon, tangachasimon, sferolit ko`rinishlarda, qoramtir rangli tuproqsimon hollarda uchraydi. Molibdenit rangi qo`rg`oshindek kulrang, havorang bo`lib tovlanadi. U metalldek yaltiraydi, yupqa varaqchalari egilgan va bukilgan, qattiqligi – 1, solishtirma og`irligi – 4,7-5,0, molibdenitning asosiy belgilaridan - qo`lga yog`langandek tuyulishi va qog`ozda iz qoldirishidir. Molibdenitning elektr tokini o`tkazish qobiliyati o`zgaruvchan. Oddiy haroratda past darajada o`tkazsa, harorat ortishi bilan o`tkazmaydi.
Tabiatda uchraydigan aksariyat molibdenit konlari nordon intruziv jinslar bilan genetik bog`liq. Molibdenit gidrotermal jarayonda kvars tomirlarida kassiterit – volframit, ba`zan muskovit, topaz va vismutinlar bilan bir formatsiya hosil qiladi. Karaoba Qozog`iston, Beluxa va Bukuka Chita viloyati Rossiya, Xermingi, Gavay, Birma. Bulardan tashqari, dunyodagi eng yirik konlari yuqori haroratli gidrotermal mahsuloti – mis porfirli. Bunda molibdenit, xalkopirit, bornit va piritlar bilan birga uchraydi. (AQSHning Kolorado shtatidagi kon – Klaymaks, Kadjaran Armaniston, Kounrad Qozog`iston, Olmaliq O`zbekiston). Ushbu genetik turdagi konlar dunyoda qazib olinadigan molibdenning 80-90% beradi.
Pirit – FeS2. Yunoncha «piros» olov demakdir (urganda uchqun chiqadi). Tarkibida Fe – 46,6%, S – 53,4% tashkil etadi. Bulardan tashqari, 10% gacha kobalt, Ni, Hg – 2% atrofida 0,2-0,5% hisobida, ba`zan Cu, As, Zn, Pb, Ti bo`ladi. Nisbatan kamroq miqdorda Au, Sb, Cd, Ge va boshqalar aniqlangan (5-rasm).
5-rasm. Pirit.
Pirit kub singoniyali. Odatda to`g`ri tuzilgan kristallari uchraydi. Ma`danlarda uchraydigan pirit kubik, pentagondodekaedr, ba`zan oktaedr ko`rinishda yuzaga keladi, bulardan tashqari tog` jinslarida xol-xol holda uchratish mumkin. Piritning rangi och mis-sariq, sarg`ish-qo`ng`ir ola-bula bo`lib tovlanadi. Bu metall kabi yaltiroq, qattiqligi 6-6,5, u elektr tokini yaxshi o`tkazmaydi. Keng tarqalgan pirit koni miskolchedanli (Urup – Karachay – Cherkesda, Sibay, Gay, Degtyarka, Karabash, Uchali Markaziy Ural). Kolchedan polimetalli (Buryatiya, Orlovsk, Tishinsk, Altay, Jeyran Qozog`iston, Rio-Tinto, Uelva Ispaniya), oltingugurt kolchedanli (rifey-vend jinslardagi (Kareliya, Rossiya) bulardan tashqari, pirit skarn, oltin-sulьfidli, qo`rg`oshin, rux ma`dan konlarida yuzaga keladi.
Albatta, turli genetik konlardagi pirit turining fizik xossalari bilan farqlanadi. Ushbularni e`tiborga olgan holda formatsiya turlarini ajratishda foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |