Grinokit – CdS. Kadmiy aldamchisi deyiladi va kamdan-kam uchraydi. Tarkibida – 77% kadmiy bor. Geksagonal singoniyada kristallanadi va bochkaga o`xshash yoki o`tkir piramida shakllarida bo`ladi. Ba`zan kukun, gard, tuproqsimon holatlarda topiladi. Uning rangi sariq, qizg`ish-sariq, to`q qizg`ish-sariq, yaltirashi olmosdek, qattiqligi 3-3,5. U mo`rt mineral, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og`irligi – 4,9-5,0. U kislotalarda eriyotganda H2S hidini chiqaradi. Kadmiyning salmoqli konlari yo`q. Grinokit polimetall konlarning oksidlanish zonalarida aniqlangan, bular - Qizil-Espe (Qozog`iston), (Sibilevsk koni J.Ural), Arshibram koni Chexoslovakiya, Pensilvaniya (AQSh).
Kinovar – HgS (nomi Hindistondan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi, ularda qizil smola, kinovar «ajdarho qoni» deyiladi). Simob sulfidi ikki modifikaciyada – kinovar va metacinabarit. Tarkibida Hg – 86,2%, S – 13,8%. Singoniyasi – trigonal, uning qalin tabletkasimon va romboedr kristallari uchraydi, ba`zan noto`g`ri shaklli, xol-xolli donalar holida, ba`zan kukinsimon gardlar, yupqa po`stloq tariqalarida bo`ladi. Rangi qizil, ba`zan qo`rg`oshindek kulrang bo`lib tovlanadi. U kuchli yarim metall kabi yaltiraydi. Uning qattiqligi – 2-2,5 mo`rt mineral. Ulanish tekisligi ba`zi yo`nalishi bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 8, u elektrni yomon o`tkazadi. Kinovar va metasenobarit–past haroratli gidrotermal (teletermal) jarayonda yuzaga keladi. Ba`zan vulkan jinslari natijasida ham ro`yobga keladi. Kinovar hosil qiluvchi teletermallardagi tog` jinslari kvarslashadi (jesperoidlar yuzaga keladi), sericitlashadi, kaolinlashadi va seolitlashadi.
Kinovar konlarida quyidagi yetakchi ma`dan minerallari – kinovar, metasenabarit, antimonit, realgar, auripigment, aynama ma`dan (bleklaya ruda) hamda kvarts mayda donalardan xalsedongacha, ba`zan fluorit, barit va karbonatlar birga uchraydi.
Dunyoda eng yirik konlari Almaden (Syudad-Real) Ispaniyada mavjud. Ushbu kondan 200 yildan ortiq simob olinmoqda, ma`lumotlarga qaraganda zaxirasi yana 100 yilga yetadi. Ukrainadagi Nikitovsk, Haydarkon qirg`iziston va Respublikamizning Turkiston tog`larining shimoliy etaklarida (Qorasuv, mix va boshqalar) topilgan. Kinovar simob olinadigan birdan-bir manba hisoblanadi. Simob oltinni amalьgamalashda, kimyoviy tayyorlashda, fizik asboblarda va portlovchi simob Hg(CNO) detonatorlar uchun portlovchi modda tayyorlashda ishlatiladi.
Realgar – AsS tarkibida As – 70% va S – 29,2% bo`ladi. Nomi arab so`zidan olingan realgar – «shaxta changi» ma`nosini anglatadi.
U monoklin singoniyali. Kristall tuzilishi prizmatik holda uchraydi. Odatda prizmaning cho`zinchoq o`qi bo`yicha chiziqchalar bilan qoplanadi, ba`zan donador agregatlar, ba`zan gard, po`st va tuproqsimon massalar hosil qiladi. Realgarning rangi sarg`ish-qizil, ba`zan to`q qizil, u yarim shaffov, olmosdek yaltiraydi. Realgar qattiqligi 1,5-2, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og`irligi 3,4-3,6. Realgar vaqt o`tishi bilan sarg`ish-qizil kukunga aylanadi. Elektr toki o`tkazmaydi. Tabiatda realgar har doim auripigment bilan birga uchraydi. Realgar konlarida uning yirik kristallari 1-2 sm kattalikda uchraydi (Luxumsk koni – Gruziya).
Do'stlaringiz bilan baham: |