Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Reja: 1



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2022
Hajmi0,69 Mb.
#456530
Bog'liq
7. Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar



 
Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga 
oshirilayotgan ishlar. 
 
Reja: 
 
1.
 
 Milliy xavfsizlikni ta’minlash. 
2.
 
Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga 
oshirilayotgan ishlar. 


Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda 
qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» 
haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy 
bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday 
xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy 
rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo 
hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va 
boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, 
hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga 
qaratilgandir. 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining 
asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi: 
Quriqlikdagi qo‘shinlar. 
Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari. 
Maxsus qo‘shinlar. 
Milliy gvardiya brigadasi. 
Chegara va ichki qo‘shinlar. 
Milliy xavfsizlik xizmati. 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar. 
1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-
yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi. 
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari 
va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida 
ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va 
operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining 
Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va 
vazifasidan 
ozod 
qiladi, 
oliy 
harbiy 
unvonlar 
beradi. 
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini 
ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va 
mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini 
tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va 
buyruq beradi. 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-
dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur 
qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga 
qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan 
bo‘ldi. 
Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson 
huquqlari va erkinliklariga og„ishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy 
bag„rikenglik, tinchlik va osoyishtalik – demokratik huquqiy davlat qurishning hamda 
mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi. 
O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, 
suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki 
tahdidlardan 
himoya 
qilish 
tizimida 
alohida 
o„rin 
tutadi. 
Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini 
aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni 
ta‟minlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining 
barcha 
sohalariga 
asossiz 
aralashuviga 
shart-sharoit 
yaratib 
berdi. 
Mamlakatni r
ivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yo„nalishlar, davlat va ijtimoiy 
hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish 
davlat xavfsizligini ta‟minlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo 
etadi. 
O„zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va 
manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan 
takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-
yillarda O„zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga 
muvofiq: 
1. O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O„zbekiston Respublikasi Davlat 
xavfsizlik 
xizmati 
sifatida 
qayta 
tashkil 
etilsin. 
Belgilansinki, O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O„zbekiston 
Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari 
bo„yicha 
huquqiy 
voris 
hisoblanadi. 
O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O„zbekiston Respublikasining 
konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki 
tahdidlardan 
himoya 
qiluvchi 
maxsus 
vakolatli 
organ 
etib 
belgilansin. 
2. O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb 
yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo„nalishlari etib quyidagilar belgilansin: 


Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, 
vakolatlari va faoliyat yo„nalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik 
bazasini 
yaratish; 
bugungi kundagi xavf-
xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning ta‟sirchan shakl 
hamda 
uslublarini 
joriy 
etish; 
yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda 
davlat xavfsizligin
i ta‟minlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda 
vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish; 
Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini ta‟minlash ishlarining shakl va uslublari, 
shuningdek, Xizmat 
harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi ma‟lumotlar 
oshkor bo„lishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish; 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga og„ishmay rioya etilishini 
kafolatlaydigan 
ta‟sirchan 
mexanizmlarni 
joriy 
qilish; 
O„zbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har 
tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni 
tanlash 
va 
tayyorlashning 
mutlaqo 
yangi 
tizimini 
yaratish; 
mehnatga munosib haq to„lash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sog„liqni 
saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy 
himoyasini 
kuchaytirish. 
3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yo„nalishlari etib quyidagilar belgilansin: 
O„zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki 
tahdidlardan himoya qilishni ta‟minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun 
ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga 
barham berish; 
O„zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga 
tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo„yicha 
razvedka 
va 
kontrrazvedka 
faoliyatini 
amalga 
oshirish; 
O„zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo„riqlash va himoya qilish; 
O„zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat 
xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa 
qo
biliyatini mustahkamlash bo„yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok 
etish; 


terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-
yarog„, giyohvandlik vositalari va 
psixotrop 
moddalarning 
noqonuniy 
muomalasiga 
qarshi 
kurashish; 
davlat m
anfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ„ib 
etishga qaratilgan buzg„unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham 
berish; 
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsiz
ligini ta‟minlash, 
O„zbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma‟naviy merosini himoya 
qilish; 
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid 
soluvchi 
korrupsiya 
holatlariga 
qarshi 
kurashish; 
telekommu
nikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta‟minlash, favqulodda 
holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish; 
Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari bo„yicha tergovga qadar tekshiruv 
va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish; 
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa 
xavfsizligining ta‟minlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish 
ustidan 
nazoratni 
amalga 
oshirish; 
davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon 
beradigan 
sabab 
va 
shart-sharoitlarni 
aniqlash 
hamda 
bartaraf 
etish; 
Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab 
turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy 
qilingandagi 
harakatlarga 
tayyorlash. 
4. 
2018-yil 
1-apreldan 
quyidagi 
funksiyalar: 
O„zbekiston Respublikasining o„ta muhim va toifalangan obyektlarida qo„riqlashning 
texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta‟mirlash va ularga texnik xizmat 
ko„rsatish bo„yicha ishlarni bajarishga ruxsat berish – O„zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar 
vazirligiga; 
rejimli mudofaa obyektlarini 
loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta‟mirlash 
uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilganligi haqida ma‟lumotnoma berish – 
O„zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga o„tkazilsin. 


5. 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2018-yil 
22-yanvardagi 
PF
–5308-son “2017-2021-yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion 
g„oyalar va texnologiyalarni qo„llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat 
dasturi to„g„risida”gi Farmoniga muvofiq O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “O„zbekiston Respublikasining 
Milliy xavfsizlik xizmati to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab 
chiqilganligi 
ma‟lumot 
uchun 
qabul 
qilinsin. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mazkur Farmon 
qoidalaridan kelib chiqqan holda qonun loyihasini qayta ishlash tavsiya etilsin. 
6. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xizmat bilan birgalikda bir oy muddatda 
2018-2022-
yillarda O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy 
xizmatchilari uchun arzon uy-joylarni qurish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 
7. O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog„i va emblemasi 
namunalari 

va 
2-ilovalarga 
muvofiq 
tasdiqlansin. 
Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
8. 
Xizmat 
ikki 
oy 
muddatda: 
Xizmat 
faoliyatini 
tashkil 
etish; 
Xizmatn
ing 
ta‟lim 
muassasalari 
faoliyatini 
takomillashtirish; 
O„zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo„riqlash tizimining samaradorligini 
oshirishni nazarda tutuvchi O„zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini 
kiritsin. 
9. O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xizmat va boshqa manfaatdor idoralar bilan 
birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan 
o„zgartish va qo„shimchalar to„g„risidagi takliflarni O„zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga 
kiritsin. 
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasining Bosh vaziri 
A.N.Aripov va O„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi 
V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qo„shnilar bilan konstruktiv va 
o„zaro manfaatli munosabatlar o„rnatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni 


mustahkamlash O„zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo„nalishi sifatida belgilab 
berildi. 
Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo„lida amalga oshirilgan sa‟y-
harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik 
masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida 
yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo„layotgan edi. O„tgan yili 
O„zbekistonning qo„shni davlatlar bilan o„zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o„sib, 
qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari 
rahbarlarining Ostona shahrida bo„lib o„tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda 
o„zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo„ljallanayotganini ta‟kidladi. 
Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo„shni 
Afg„onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog„liqdir. Binobarin, 
ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo„lgan hamda shunday bo„lib 
qolajak. 
Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta‟minlash, savdo-
sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg„oniston Markaziy 
Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko„rfazi portlariga eng qisqa yo„lini ta‟minlashi, 
Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog„lashi 
mumkin. 
Shuning uchun ham Afg„onistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida 
emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o„rinli. Bu esa, o„z 
navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni 
rivojlantirishga turtki beradi. 
O„tgan davr mobaynida O„zbekiston Afg„oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni 
sezilarli darajada kengaytirdi, afg„on muammosini hal qilish bo„yicha xalqaro sa‟y-
harakatlarga faol qo„shildi. O„zbekiston — Afg„oniston munosabatlari yuqori sur‟atlarda 
rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bo„lib o„tgan Markaziy 
Osiyo bo„yicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bo„lib o„tgan 
mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan O„zbekistonning 
yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir. 
Bugun Toshkent Afg„oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-
gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish bo„yicha izchil hamda qat‟iy siyosat 
olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan o„zaro 
muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bo„lmoqda. Prezidentlar do„stona va 


samarali, o„zaro ishonchga asoslangan muloqotni yo„lga qo„yishga erishdilar. Shu 
ma‟noda aytganda, o„tgan yili dekabr oyida Afg„oniston Prezidenti Ashraf o„anining 
mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom ma‟noda tarixiy voqea bo„ldi. Tashrif davomida 
siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga 
chiqdi. 
Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab 
olgan 20 ta qo„shma hujjatni, shuningdek, qo„shni mamlakatga yarim milliard dollarga 
teng bo„lgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bug„doy, maishiy texnika, 
avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi. 
Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. O„tgan bir yarim yil 
ichida Afg„oniston Islom Respublikasidan O„zbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali 
delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu o„zbek — afg„on munosabatlari 
tarixida oldin kuzatilmagan. 
Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo„yicha O„zbekiston — 
Afg„oniston qo„shma komissiyasining ilk majlisi bo„lib o„tdi. Uchrashuvda terrorizm va 
ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining 
noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama 
qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining 
siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bag„ishladi. 
Birinchidan, 2017 yilning o„zida o„zaro savdo aylanmasi 15 foiz o„sib, qariyb 600 million 
dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida 
tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz o„sdi. Va e‟tiborlisi, bu bir yilning alohida 
ko„rsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirig„iga ko„ra, 
2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning “yo„l xaritasi” qabul qilindi. Bu 
hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda o„zaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 
milliard dollarga yetkazish imkonini beradi. 
Kobulda O„zbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda “O„zbekistonda ishlab 
chiqarilgan” nomi ostida tovarlar ko„rgazmasi faoliyat yuritadi. 2017 yilning sentyabr 
oyida Mozori Sharifda “UzTrade” shourumi (ko„rgazma zali) ochildi. Unda o„zbekistonlik 
ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari o„rin olgan. Bugungi kunga qadar “UzTrade” 
kompaniyasi afg„onistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. 
Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani beg„araz 
yetkazib berdi. 
Termizda faol hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona 
terminaliga ega bo„lgan xalqaro logistika markazi tashkil etildi. U ikki mamlakat 


o„rtasida eksport-import hamda tranzit yuk oqimlariga va Yevropa hamda Osiyo 
bozorlariga chiqishga ko„maklashadi. 


Bundan tashqari, O„zbekistondan Afg„onistonga yiliga 300 ming tonna mineral o„g„it, 2 
ming dona qishloq xo„jaligi texnikasi, 250 ming tonnagacha g„alla va afg„on bozorida 
talab yuqori bo„lgan boshqa mahsulotlarni uzoq muddatli yetkazib berish bo„yicha 
kelishuvlarga erishildi. 
Shu bilan birga, avtomobil, qishloq xo„jaligi mashinalarini ishlab chiqarish hamda 
to„qimachilik sohalarida hamkorlikni yo„lga qo„yish masalalari ko„rilayapti. 
O„zbekistonlik mutaxassislarning Shimoliy Afg„onistonda istiqbolli neft va gaz konlarini 
o„zlashtirishga ko„maklashishi imkoniyatlari o„rganilmoqda. 
Ikkinchidan, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlik natijasida Mozori Sharif — 
Hirot yo„nalishi bo„yicha transafg„on transport yo„lagini yaratish bo„yicha muhim 
kelishuvga erishildi. Ushbu yo„lak ilgari O„zbekiston tomonidan qurilgan birinchi 
transport yo„lagi — Hayraton — Mozori Sharif temir yo„lining davomi hisoblanadi. U 
Afg„oniston iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda mazkur 
magistral orqali Afg„oniston importining katta qismi olib kirilmoqda. Ular orasida 
insonparvarlik yuklarining hajmi katta o„rin tutadi. 
Osiyo taraqqiyot banki hisob-kitoblariga ko„ra, Hayraton — Mozori Sharif temir yo„li 
foydalanishga topshirilishi natijasida mingdan ortiq kishilar ishli bo„lishdi. Temir yo„l 
bo„ylab afg„onlar bandligi o„sish sur‟atlari yiliga 10-11 foizni tashkil etdi. Mozori Sharif 
— Hirot temir yo„li loyihasini amalga oshirish Afg„oniston iqtisodiyotini tiklashga katta 
hissa qo„shadi. Qatnovning yo„lga qo„yilishi Afg„oniston tashqi savdo aylanmasini 50 
foiz ko„paytirish imkonini beradi. Jumladan, temir yo„l liniyasi qurilishi yakunlanganidan 
so„ng birinchi yilda yuklar tranziti hajmi taxminan 5,3 million tonna, istiqbolda esa yiliga 
15 million tonnaga yetishi mumkin. 
Shu bilan birga, Afg„oniston bilan transport hamkorligining boshqa yo„nalishlari ham 
jadal kengayib bormoqda. Masalan, 2017 yilning noyabridan Toshkent va Kobul 
o„rtasida doimiy aviaqatnovlar yo„lga qo„yildi. Avtomobil tashuvlari sohasida ham 
hamkorlik faol rivojlanmoqda. O„tgan yili 2016 yildagiga qaraganda O„zbekiston hududi 
orqali olib o„tilgan Afg„oniston yuklari hajmi 70 foiz oshdi. 
Uchinchidan, Afg„onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash ishlarining muvaffaqiyatli 
kechishida energetika sohasidagi aloqalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi sir emas. 
O„zbekiston 15 yildan ortiq muddat davomida elektr energiyasi yetkazib berish 
borasida Afg„onistonning ishonchli sherigiga aylandi. Afg„onistonga yetkazib 
berilayotgan elektr energiyasi hajmi 2002 yildagiga qaraganda 30 baravar ko„paydi. 


2018 yilning yanvaridan O„zbekiston Afg„oniston uchun eksport qilinayotgan elektr 
energiyasi narxini 35 foiz arzonlashtirdi. 
Afg„oniston Prezidentining O„zbekistonga tashrifi davomida 260 kilometrlik Surxon — 
Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo„yicha bitim 
imzolandi. Uning 45 kilometri O„zbekiston hududidan o„tadi. Loyihalash uchun 
trassaning koordinatlari kelishildi. Hozirgi paytda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi 
ishlab chiqilayapti. 
O„zbekiston va Afg„oniston o„rtasida energetika sohasida amalga oshirilayotgan 
qo„shma loyihalar ko„p jihatdan multiplikativ samara beradi. Ya‟ni Kobulga elektr 
uzatish liniyasi qurilishi aholi uchun o„tkir — elektr tanqisligi muammosini hal qilibgina 
qolmasdan, ishlab chiqarish quvvatlarini, yangi korxonalarni ishga tushirish, ish o„rinlari 
yaratishda qo„shimcha imkoniyatlar eshigini ochadi. 
To„rtinchidan, ta‟lim sohasidagi hamkorlik aloqalari ham sifat jihatidan yangi bosqichga 
chiqmoqda. Masalan, O„zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Termizda Afg„oniston 
fuqarolarini o„qitish ta‟lim markazi ochildi. Unda Afg„oniston turli sohalari uchun 
malakali kadrlar tayyorlanadi. Bu borada istiqbolli yo„nalish sifatida temir yo„l transporti 
va servisi sohasi uchun kadrlar tayyorlash belgilab olingan. 
O„zbekiston erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmoqchi emas. Toshkent 
umummintaqaviy ahamiyatga ega transport loyihalarini amalga oshirish, kadrlar 
tayyorlash, Afg„onistondagi mojaroni siyosiy yo„l bilan hal qilish jarayonini qo„llab-
quvvatlagan holda, mamlakatning tinch-osoyishta ravnaqiga ko„maklashish bo„yicha 
sa‟y-harakatlarini davom ettiradi. Bular esa pirovardida butun Markaziy Osiyo mintaqasi 
xavfsizligi hamda taraqqiyotining garoviga aylanadi. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish