Ishlab chiqarish usullari. Davriy klassik usul . Karboksimetilsellyuloza olishning texnologik jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topgan: sellyulozani ishqor bilan ishlash: karboksimetillash: quritish: Na-KMS ni maydalash va qadoqlash Sellyulozani ishqor bilan ishlov berish. Sellyulozani ishqor bilan 18-22 0Cda 1 soat davomida press vannalarda ishlov beriladi, so`ng siqiladi va davriy ravishda ishlaydigan apparatlarda maydalab titiladi. Normal reaktsion faollikka ega bo`lgan sul`fit sellyuloza ishqoriy ishlov jarayonidagi ishqor eritmasining kontsentratsiyasi 220-225 g/l ni, quyi reaktsion faollikdagi sellyuloza ishlatilganda ishqor kontsentratsiyasi 230-250 g/l gacha ko`tarilishi mumkin. Sellyulozani karboksimetillash jarayoni geterogen sharoitlarda amalga oshadi, shuning uchun reaktsion aralashma sellyuloza tolasining ichiga karboksimetillovchi qattiq reagentni diffuziyasini ta`minlash uchun aniq miqdorda suv bo`lishi kerak. Biroq ishqoriy sellyuloza ko`p miqdorda suv bo`lishi MXSK ni intensiv gidrolizlanishiga olib keladi va Na-MXSKni intensiv gidrolizlanishiga olib keladi va Na-KMSni almashinish darajasi kamayib ketadi.