koʻrsatadi. "Samarali talab" 2 omillar guruhiga — isteʼmol tovarlari bozori va i.ch.
vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi "isteʼmolga moyillik" va "asosiy
ruhiyat qonuni" bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra,
jamiyatning ruhiyati
shundayki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu
oʻsish daromadlar oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam
beradigan jamgʻarmalar hosil boʻladi.
Keyns oʻzining "bandlik nazariyasi" asosida iqtisodiyotni tartibga solish
tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini
ishlab chikdi. Muvozanat holatida aholining ish bilan taʼminlanishi, bandlik darajasi
umumiy taklif, isteʼmolga moyillik va investitsiya hajmiga bogʻliq. Bandlik darajasi
isteʼmolga moyillik
ortgan sharoitlarda, investitsiyalar hajmi koʻpayganda ham roʻy
beradi, isteʼmol tovarlari va i.ch. vositalariga talabning ortishi taklifning oʻsishiga
olib keladi, oʻz navbatida, oʻsib boruvchi taklif yanada bandlik ortishini
taʼminlaydi.
Mehnat taklifi unga boʻlgan talabdan oshib ketsa ishsizlik kelib chiqadi. Uning
fikricha, ishsizlikning boʻlishi bozor iqtisodiy tizimining oʻzida mavjud. Ishsizlik
tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi
va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat isteʼmol va
investitsion tovarlar haridori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga taʼsir etishi
mumkin. Fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy
talabni
oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan bandlik
sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin.
Keyns investitsiyata katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investitsiyalar i.ch.
isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni tiklash
vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy
bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (qarang
Multiplikator
nazariyasi
). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta
solishtirma hissasi va oʻsish surʼatlariga qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning
koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi.
Shu sababli
investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini
kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish
va ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi.
Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi
investitsiyalar uchun mablagʻlar topish, imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band
qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik
past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat shunchalik koʻpayadi,
investitsion talab oshadi,
bandlik oʻsadi, ishsizlik kamayib boradi. I.ch. omillari (kapital, mehnat, yer)
qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning
miqdoriy nazariyasi). Resurslar toʻliq foydalanilmagan paytda ham narxlarning
moʻʼtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta
oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3—6% ishsizlik norma deb
qaraladi va "toʻla bandlik" sifatida talqin etiladi.
Keyns gʻoyalari oʻz davrida, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillari katta
taʼsirga ega boʻldi, ammo bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. Ayniqsa,
urush bilan
bogʻliq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi,
urushdan keyingi tiklanish yillari ham bu gʻoyalar ustun boʻldi (Germaniya, Italiya,
Ispaniya).
20-asrning 70-y.larida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy
yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari
koʻpaydi, ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar
yuz berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana
shunday sharoitda liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda
reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning
iqtisodiyotga aralashuvini
minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. K. gʻoyalari neokeynschilik
vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: