Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti «falsafa tarixi va mantiq» kafedrasi



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/41
Sana17.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#383523
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
falsafa tarixi eng yangi davr garb falsafasi

N

EOKANTCHILIKNING 

M

ARBURG 

MAKTABI 

German 


Kogen 

(1842-1918) 

neokantchilikning  Margburg  maktabi  asoschisi  va  rahbari.  U  Margburg  shahri  universitetida 



о‘qituvchilik faoliyatini boshlaganligi uchun ham bu maktab falsafiy adabiyotlarda shunday deb 

ataladi.  U  1875  yil  F.A.Lange  vafotidan  sо‘ng  falsafa  kafedrasi  mudiri  lavozimini  egallaydi. 

1912 yilda Kogen istefoga chiqadi, Berlinga keladi va umrining oxirigacha shu yerda yashaydi. 

Margburg  maktabining  ahamiyati  shundaki,  Kogen  va  uning  izdoshlari  mehnati  tufayli 

Kantning  bilish  nazariyasi  ayrim  g‘oyalaridan  yangi  falsafiy  tizimning  asoslarini  tuzishga 

harakat qilindi. 

Kogen о‘zining ilmiy faoliyatini Kantning asosiy risolalarini talqin qilishdan boshlaydi. 

1871 yilda «Kantning tajriba nazariyasi»; 

1877 yilda «Kant axloqini asoslash»; 



 

14 


1883 yilda «Cheksiz zarralar tamoyili»; 

1889 yilda «Kant estetikasini asoslash»; 

1904 yilda «Immanuil Kant»; 

1907 yilda «Sof aqlni tanqidiga sharhlar» asarlarini chop ettirdi. 

Kogen  faoliyatining  ikkinchi  davri  uning  shaxsiy  falsafiy  ta’limotini  yaratish  bilan 

bog‘liq.  Aynan  ana  shu  ta’limot  neokantchilikning  Margburg  maktabi  falsafasini  tashkil  qiladi. 

Shu  davrda  yaratilgan  asarlarida  Kogenga  nafaqat  Kant,  Maymon  va  Fixtening  ta’siri,  balki 

Gegelning  ham  ta’siri  sezilib  turadi.  «Sof  bilish  mantig‘i»  (1902),  «Sof  hissiyot  estetikasi» 

(1912) kabi asarlarda Kogen qarashlari kantchilarning qarashlaridan kо‘p jihatdan farq qiladi. 

Kant  falsafasini  о‘rgana  turib,  Kogen  undagi  dualizmni  olib  tashlashga  harakat  qiladi. 

Shu bilan bir qatorda, Kogen Kantning bilish nazariyasidagi hissiyotning ahamiyati tо‘g‘risidagi 

fikrini  ham  olib  tashlaydi.  Idealizm  mantiqiylik  nuqtai-nazaridan  gnoseologik  ta’limot  sifatida 

talqin qilinadi. 

Xuddi  shunday  talqinni  Kogen  matematika  va  tabiatshunoslikni  «transsendental» 

asoslash  deb  ataydi.  Kogen  fikricha,  falsafa  ongning  borliqqa  munosabati  masalasidan  emas, 

balki  matematika,  tabiiyotshunoslik,  axloq  kabi  fanlarning  tushunchalarini  mantiqiy  asoslash 

masalasidan  kelib  chiqishi  zarur.  Shuning  uchun  ham  falsafaning  birinchi  va  asosiy  fani  bu 

mantiqdir,  aniqrog‘i  «sof  bilishning  mantig‘idir».  Uning  maqsadi  «falsafiy  tizimni  asoslashdan 

iboratdir».  Falsafa  nafaqat  uslubiy  jihatdan  ilmiy  bо‘lishi  kerak,  balki  predmeti  jihatidan  fan 

falsafasi bо‘lishi kerak. 

Kogen  falsafiy  ta’limotida  Kantning  hissiy  bilish  tо‘g‘risidagi  fikrlari  butunlay 

о‘zgartirildi.  Kant  uchun  makon  va  zamon  hissiyot  shakllari  edi.  Kogen  uchun  esa  bunday 

bо‘lishi mumkin emas. Kant uchun makon va zamon 2 xususiyatga ega, ya’ni ular ham hissiyot 

olamiga,  ham  aprior  bilish  apparatiga  tegishlidir.  Bularning  intuitiv,  mushohadaviy  xususiyati, 

aqliy bilish mantiG‘iga, tushunchalar, kategoriyalarga qarama-qarshi qо‘yiladi. 

Kogen  bо‘lsa,  Kantga  nisbatan  bilishning  hamma  shakllarini  idealizm  asosida 

birlashtirishga  harakat  qildi.  Bu  vazifani  bajarish  uchun  Kogen  hissiyot  bilan  aql  о‘rtasidagi 

farqni  silliqlaydi.  Kantning  «narsa  о‘zida»ni  hissiyotga  ta’siri  tо‘G‘risidagi  doktrinasidan  voz 

kechadi.  Borliq  Kogen  uchun  kategoriya  orqali  anglanadigan  borliqdir.  Makon  va  zamon  ham 

hissiy  intuitsadir.  Bunda  tafakkurning  aprior  kategoriyalari  va  shakllari  tufayli  «X»ning  yangi 

qirralari va munosabatlari ochib boriladi. Bilish predmeti hech qachon bizga tayyor, tugallangan 

holda  mantiqiy  tafakkurdan  tashqarida  berilmaydi.  Bilish  predmeti  «narsa»  emas,  balki  bilish 

vazifasidir. Bu vazifani hal qilish cheksizlikka olib keladi, lekin hech qachon о‘zining yakuniga 

yetmaydi. Bunda doim qandaydir  «irratsional»  qoldiq qoladi,  «narsa о‘zida» - bu  «chegaraviy» 

yoki oxirgi, hech qachon oxirigacha ochilmagan tushunchadir. 

Shunday  qilib,  bu  maktabning  falsafiy  fikrlari,  birinchidan,  Kant  falsafasidagi 

materializmdan  butunlay  voz  kechdi  va  dunyoni  butunlay  ong,  tafakkur  dunyosiga  aylantirdi, 

ikkinchidan, paydo bо‘layotgan yangi fanlarning tendensiyasini aks ettirdi. 

Kogen idealizmi bilish nazariyasidan tashqari, tajribani va borliqni ham о‘z ichiga oladi. 

«Ong - transsendental nuqtai nazardan о‘ylanadigan qonunning birinchi shakligina emas, balki 

uslublar yig‘indisi hamdir, jumladan, ilmiy tajriba va uning mazmuni hamdir». 

Tajriba  ilmiy  bо‘lishi  uchun  turli  mazmunlarni  bir  qonunga  birlashtiruvchi  qoidaga 

aylanishi  kerak.  Ana  shu  qonunlar  va  qoidalar  yuqoridagi  asoslardan  kelib  chiqishi  lozim.  Bu 

yerda Kogen birlik faqat ongda bо‘lishini ta’kidlaydi. Moddiylik hech qachon birlik bо‘lmagan, 

moddiylik  bu  agregatdir.  Shuning  uchun  ham  bilish  predmeti  «narsa»  emas,  balki  predmet 

haqidagi tushunchadir. Borliq о‘zidan о‘zi kelib chiqmaydi, balki u dastlab fikrda paydo bо‘ladi. 

Agar  fikr  «birlamchi  fikr»  bо‘lsa,  unda  buni  bilish  -  bilishning  ibtidosini  fikrdan  qidirishni 

anglatadi.  Shunday  qilib,  fikr  faqat  о‘zidagina,  uning  dastlabki  fikrida  mavjuddir.  Ana  shu 

dastlabki fikr butun borliqning ham asosidir, boshlang‘ichidir. 


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish